Yuklanmoqda...

Dunyoning siyosiy xaritasi va toponimika 

318

Dunyo siyosiy xaritasi turli tarixiy voqealar, siyosiy o'zgarishlar natijasida o'zgarib turadi. Bunday o'zgarishlar ayrim yangi nomlarni paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. 

Dunyo tarixida siyosiy xaritaning o'zgarishi bir necha bosqichlarga bo'linadi. Ayniqsa, ikkinchi jahon urishidan so'ng, XIX asrning 60-yillarida ko'plab mamlakatlarning ozodlikka erishishlari va nihoyat 90-yillarda bir qancha mustaqil davlatlarning paydo bo'lishi dunyo siyosiy xaritasiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Bu hodisa tabiiyki joy nomlarining o'zgarishiga ham sabab bo'ldi. 

Yevropada Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, yagona Germaniya davlati paydo bo'ldi.

Chexoslovakiya ikkiga bo'lindi va Chexiya (poytaxti Praga) hamda Slovakiya (poytaxti Bratislava) davlatlari paydo bo'ldi.

Yugoslaviya parchalanib ketishi natijasiida Sloveniya (Lyubyana), Xorvatiya (Zagreb), Serbiya (Belgrad),Bosniya va Gersegovina (Sarayevo), Makedoniya (Skope) kabi mustaqil davlatlar paydo bo'ldi.

Yaman Arab Respublikasi va Yaman Xalq Demokratik Respublikasi yagona Yaman Arab Respublikasiga (Sana) birlashdi.

SSSR ning parchalanishi natijasida uning o'rnida Rossiya (Moskva), Estoniya (Tallin), Litva (Vilnyus), Latviya(Riga), Ukraina (Kiyev), Belorus (Minsk), Moldova (Kishinyov), Gruziya (Tbilisi), Ozarbayjon (Boku), Armaniston (Yerevan), Qozog'iston (Ostona), O'zbekiston (Toshkent), Qirg'iziston (Bishkek), Tojikiston (Dushanbe) va Turkmaniston (Ashgabad) mustaqil davlatlari paydo bo'ldi. 

Sharqiy Yevropadagi davlatlarning nomlari quydagicha o'zgartirildi: Polsha Xalq Respublikasi–Polsha Respublikasi, Vengriya Xalq Respublikasi–Vengriya Respublikasi, Bolgariya Xalq Respublikasi–Bolgariya Respublikasi, Ruminiya Sosialistik Respublikasi–Ruminiya Respublikasi.

Bundan tashqari, Osiyodagi Birma davlati nomi Myanma, poytaxti Rangun shahri esa Yangon deb o'zgartirildi. 

Kampuchiya o'zining avvalgi Kombodja nomini qayta tikladi.

Efiopiyadan Eritreya davlati ajralib chiqdi.

MDH hududidagi bir qancha shaharlar va boshqa ob'yektlarning nomi ham o'zgartirildi.
 Ilgargi va hozirgi nomi
 
Leningrad - Sankt-Peterburg
Kalinin - Tver
Gorkiiy - Nijniy Novgorod
Kuybishev - Samara
Sverdlovsk - Yekaterinburg 
Jdanov -  Mariupol
Selinograd - Ostona
Krasnovodsk - Turkmanboshi
Chorjo'y - Turkmanobod 
Ribache - Baliqchi
Prjevalsk - Qorako'l
Jambul - Taraz
Kommunizm ch. - Somoniy ch.
Gurev - Atirau
Aktyubinsk - Atirau
Shevchenko - Oqtov
Kushka - Sarxatobod
 
Mirali MIRAKMALOV
geografiya fanlari nomzodi, dotsent
O`zbekiston Milliy Universiteti

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив