Xorvatiya 

9 262

  Rasmiy nomi — Xorvatiya Respublikasi. Poytaxti — Zagreb. Hududi – 56,6 ming km.kv. Aholisi – 4, mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — xorvat. Dini — katoliklar (11%), pravoslavlar (12%), musulmonlar (1,5%). Pul birligi — kuna.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning janubi sharqida, Bolqon yarimorolida joylashgan davlat. Sharqda va janubi sharqda Bosniya va Gersogovina (chegara uzunligi — 842 km), shimolda Sloveniya (455 km) va Vengriya (292 km), sharq va janubda Serbiya hamda Chernogoriya (254 km) bilan chegaradosh. Xorvatiyaga Adriatika dengizidagi eng yiriklari Krk, Sres, Xvar, Korchula, Brach kabi bir qator orollar tegishli. Chegarasining umumiy uzunligi — 1843 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 5090 km (materik qismi — 1078 km, orollarniki — 4012 km). Mamlakat hududi asosan tekislik va pasttekisliklardan iborat. Adriatika dengizi sohilida Dinor tog‘i (eng baland nuqtasi — Troglav cho‘qqisi — 1913 m), Velebet tizmasi va Kapela tizmasi joylashgan. Asosiy daryolari: Sava, Dunay. Xorvatiya neft, tabiiy gaz, ko‘mir, marganes, xrom, temir rudalariga ega. Hududning 32% i haydaladigan yerlar, 18% i o‘tloq va yaylovlar, 15% i o‘rmon va to‘qaylardir.
  Iqlimi — O‘rtayer dengizi tipidagi iqlim. Hududning katta qismi ignabargli o’rmonlar bilan qoplangan. Bargli o’rmonlar ham uchraydi. Adriatika dengizi sohillarida asosan butalar o‘sadi. Hayvonot olami boy. Dalmatin orollarida mangustlar uchraydi.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzumi — parlament respublikasi. Mamlakat tarkibiga 102 jupaniy (ma’muriy hudud) kiradi. Xorvatiya mustaqillikka 1991-yilning 26-iyunida erishdi (avval YSFSR tarkibida bo‘lgan). Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig‘i) va rais boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Xorvatiya Sobori (yuqori va quyi palatadan iborat). Yirik siyosiy partiyalari: Xristian-demokratik hamdo‘stlik, Sotsial-demokratik partiya, Xalq partiyasi, Demokratik partiya, Sotsial-liberal partiya, Sotsialistik partiya, Xristian-demokratik par­tiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.Yugoslaviya tarqalguncha Xorvatiya Sloveniya kabi iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan hudud hisoblanardi. Serbiya bilan urush tugagandan so‘ng Xorvatiya katta miqdordagi tashqi qarz, vayron etilgan infrastruktura, sobiq yugoslav respublikalari bilan iqtisodiy aloqalarning uzilganligi kabi muammolarni muvaffaqiyatli bartaraf etdi. Sanoatning taraqqiy etgan tarmoqlari: kemasozlik, neftni qayta ishlash, mashinasozlik, kimyo, yog‘ochni qayta ishlash, elektrotexnika, elektronika, farmatsevtika, oziq-ovqat, to‘qimachilik. Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik (makkajo’xori, bug‘doy, qandlavlagi, kungaboqar, kanop) yetakchi. Uzum yetishtirish rivojlan­gan. Etnik guruhlar o’rtasidagi nizolar tugagandan so‘ng turizm mamlakatning asosiy daromad manbayiga aylanmoqda. 2012-yil YIM miqdori 66,8 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 15,1 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI davlatlari, Sobiq Yugoslaviya Res­publikalari.
  Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 2698 km, avtomobil yo‘llari — 32071 km (23305 km qattiq qoplamali), ichki suv yo‘llari — 785 km. Portlari: Dubrovnik, Riyeka, Split (dengiz), Vukovar, Osiyek (daryo).
  Tarixi. I asrda hozirgi Xorvatiya hududi Rim provinsiyasi Pannoniya tarkibiga kirgan. VII asrda Karpat tog‘laridan ko‘chib kelgan xorvatlar bu hududda 925-yili Xorvat qirolligiga asos soldi. 1102-yilda Xorvatiya Venger qirolligi tarkibiga kiradi va turk (1526-1599) hamda fransuz (1809-1813) okkupatsiyalarini hisoblamaganda 1918-yilgacha bu qirollikka tobe bo’ladi. 1919-yilda mamlakat serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi tarkibiga kiradi. 1941-yilda Pavelich rahnamoligidagi ustashlarning millatchilik harakati Germaniya va Italiya tan olgan mustaqil Xorvatiya davlatini tashkil etadi. Fashist Germaniyasining magiubiyatidan so‘ng Xorvatiya Yugoslaviya tarkibiga kirdi. 1991-yilda Xorvatiya o‘z mustaqilligini e’lon qiladi, natijada serblar va xorvatlar o‘rtasida harbiy nizo kelib chiqadi. Qator janglar natijasida serblar ustidan g‘alaba qozongan xorvatlar 1998-yilda mamlakat chegaralarini toiiq tiklashga muvaffaq bo`lishdi. 2005-yili Xorvatiya YI ga kirishga rozilik oldi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.