Chernogoriya
Rasmiy nomi — Chernogoriya Respublikasi. Poytaxti — Setine. Hududi – 29,1 ming kv.km. Tili — serb. Dini — pravoslav. Pul birligi — yevro (milliy valutasiga ega emas).
Geografik joylashuvi va tabiati. Bolqon yarimorolining shimoliy qismida joylashgan. Shimoli g’arbda — Xorvatiya (chegara uzunligi — 14 km) shimolda Bosniya va Gersegovina (225 km), sharqda — Serbiya (203 km), janubda — Albaniya (172 km) bilan chegaradosh. G‘arbiy sohillarini Adriatika dengizi suvlari yuvib turadi. Chernogoriya hududi sohilbo‘yi, tekislik, yassitog‘lik va tog‘li hududlardan iborat. Chemogoriyaning katta qismi Dinara togiigida joylashgan, eng baland joyi — Durmitor cho’qqisi (2522 m), janubi g’arbida Chernogoriya karstli platosi bor. Iqlimi — mo‘tadil kontinental.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Konstitutsiyasiga ko‘ra Chernogoriya demokratik ijtimoiy va ekologik davlat hisoblanadi. Hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga bo‘linadi. Davlat boshlig‘i prezident bo‘lib, umumiy saylov yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ — Skupchina (parlament). Ma’muriy-hududiy jihatidan 21 obshinaga bo’linadi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Qishloq xo‘jaligi yaxshi rivojlangan. Alp togiarida chorvachilik, g‘allakorlik, bog‘dorchilik, uzumchilik taraqqiy etgan. Sanoati mineral xomashyo qazib olish va unga ishlov berish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Boksit, qo‘rg‘oshin, rux rudalari, qo‘ng‘ir ko‘mir, tuz qazib olinadi. Metallurgiya, aluminiy, yog’ochsozlik, elektrotexnika, kema ta’mirlash, to‘qimachilik va tamaki korxonalari bor.
Tarixi. I asrda Chernogoriya hududi Rimning Dolmatsiya, 297-yildan Prevalitana provinsiyasiga qo‘shilgan. 493-yildan Chernogoriya bir qismi ostgotlar davlatiga, 536-yildan esa Vizantiya tarkibiga kirdi. VII asrda Chernogoriya hududida slavyanlar joylashgan. IX asrda xristiyanlik qaror topdi. 1499-yilda Chernogoriya hududi Usmoniylar imperiyasi tarkibiga qo‘shib olindi. Napoleon urushlari va serblarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlarida (1804-1805) Chernogoriya Rossiya va Serbiya tomonida bo‘ldi. 1852-yil Chernogoriya merosiy knyazlik deb e’lon qilindi. 1878-yili Berlin kongressi qaroriga binoan mustaqil davlat deb tan olindi. Chernogoriya 1918-yilda Serb, Xorvatva Slavyanlar qirolligi tarkibiga kirdi. 1945-yili 19-noyabrda YSFR e’lon qilingach, Chernogoriya Yugoslaviya tarkibiga kirdi. XX asrning 90-yillari boshlarida YSFR parchalanishi oqibatida Chernogoriya Serbiya bilan birgalikda yagona konfederatsiyaga birlashdi. 2006-yil 21-mayda o‘tkazilgan xalq referendumi natijalariga ko‘ra, Chernogoriya mustaqil davlatga aylandi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.