18-yanvar Fransiyaning Taraskon shahrida “Orxideya gullari” festival kuni 

1 918

18-26-fevral kunlari Fransiyaning katta bo‘lmagan Taraskon shaharchasida har yilgi orxideya gullari festivali bo‘lib o‘tadi. Festival bu go‘zal gullarning 20 mingdan ortiq turi va 100 mingdan ortiq chatishmalari to‘liq ochilgan paytda o‘tkaziladi. Bu ajoyib gulning barcha turlari, har hil shakl va ranglari festivalga keltirilib , Taraskon festivalida o‘ziga xos favvoralar og‘ushi, sharsharalar, yorug‘lik effeklari va turli hil o‘simliklar olami atrofida namoyish etiladi. Orxideyalar - gullar ichida eng nafis va nazokatlisi hisoblanib, huzur -halovat va  boylik timsolidir. Uning nozik gullari shirin orzu va xayoliy baxtga o‘ralib turibdi. Taraskon festivali - chindan ham go‘zal tomosha bo‘lib, aynan bu yerda sayyoramizning eng nafis gullari keltirilgan, uning yaproqlarini qadimgi donishmand - Konfutsiy sevishganlar so‘zlariga qiyoslagan. 

18-yanvar - Nardugan bayrami
Nardugan - so‘zining turkiy tilidan tarjimasi "quyoshdan tug‘ilgan”  degan ma’noni bildiradi va  quyoshga sajda qilish ramzi hisoblanadi. Bayramni nishonlash vaqti kun uzayishi paytiga to‘g‘ri keladi. Bayram qishki quyosh turishi kunida boshlanib, tabiatning uyg‘onishi va hayot tantanasining  ramzi hisoblanadi. Bayramda milliy liboslarda kishilar marosim qo‘shiqlarini kuylashib, barchaga quvonch, sog‘liq ,mo‘l-ko‘lchilik tilab uyma - uy yurishadi. Uy egalari ularni mehmon  qiladilar.Bu bayramning nomlari turlicha  bo‘lib,  Rossiyaning barcha sharq xalqlariga xosdir. Tatarlar, boshqirdlar va udmurtlar bu bayramni nishonlaydilar.

 18-yanvar Bentley Motors kompaniyasini tashkil etgan kun
1919-yil 18-yanvar kuni Kriklvudda aviakonstruktor Uolter Ouen Bentli avtomobil ishlab chiqarish - Bentley Motors kompaniyasini tashkil etgan.

Aviakonstruktor Uolter Ouen Bentli Kriklvudda (Londonning shimoliy–sharqiy hududi) avtomobil ishlab chiqarish - Bentley Motors kompaniyasini tashkil etgan, eng nufuzli mashinalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. "Bentli” mashinalari  dvigatelining hajmi uch litrli bo‘lganligi sababli  oddiy avtomobilchilarning unga  qurbi yetmasdi, shu davr uchun xos bo‘lgan  antiqa besh yillik kafolatning berilishi barchaning e’tiborini tortgan edi. 1920-yillardagi  chidamlilik bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritishi mashinaning dunyo avtomobil bozoridagi mavqeini oshirgan. 1931-yilda Bentli kompaniyani Rolls-Royce korporatsiyasiga sotishga majbur bo‘ladi. Volkswagen Group 2003 yildan boshlab  mashina markasi  huquqiga ega bo‘lgan. 2007 yilda  "bentli” mashinasining yangi modelini ishlab chiqarish ma’lum qilindi. Arnage - dvigateli sakkiz litrli, Bugatli -  quvvati 1001 ot kuchiga ega.

Amerika vrachlari tomonidan tamaki ishlab chiqaruvchilarga quti ustiga chekish sog`liqqa zararligi haqidagi yozuv kiritilgan kun
1964-yil 18-yanvarda Amerika vrachlari tomonidan tamaki ishlab chiqaruvchilarga quti ustiga chekish sog`liqqa zararligi haqidagi yozuv kiritildi. Yevropaliklardan birinchi bo'lib Amerika tub aholisining kashandalarini Kolumb o'z sayohati  davomida kashf qildi. Dastlab XV asrda ekspedisiya ishtirokchisi Pane ismli rohib Yevropaga tamaki urug`larini o'z bog`ida bezakli o'simlik sifatida o'stirdi, keyinchalik esa chekish uchun o'stira boshladi. XVI-XVII asrlarda tamaki chekish urfga kirdi va Yevropadan boshqa qit'alarga ham tanila boshladi. O'rta Osiyoda  va sharq mamlakatlarida esa tamakini til ostiga qo'yib chekishgan, quritilgan barglardan esa kukun tayyorlashgan. Kanada tamakisidagi yozuv esa "Tamaki chekish arteriyalarda tiqin hosil qiladi va qon quyilishi kasalligini va yurak xurujini keltirib chiqaradi” deb yozildi. Tamaki tutunida alkaloidlar - nikotin va garmin moddalar bor. Avvaliga tamaki ishga bo'lgan ishtiyoqni oshiradi, vaqtinchalik charchoqni chiqaradi, asablarni bo'shashtiradi. Lekin tibbiy izlanishlar shuni ko'rsatdiki, tamaki chekish saraton, yurak bilan bog`liq bo'lgan va boshqa bir qancha kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ma'lumotlarda keltirilishicha XX asrda dunyo bo'yicha tamaki chekish 100 million aholining o'limiga sabab bo'lgan, XXI asrda esa bu ko'rsatkich milliardga o'smoqda. Doimiy ravishda tamaki chekuvchi o'z  sog`lig`iga ko'rinmas salbiy zarar keltiradi. Bundan tashqari tamaki chekayotgan odam atrofidagi odamlar sog`ligiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Kanada tamakisidagi yozuvda "Tamaki chekishni tashlash tasodifiy o'lim va yurak kasalligini kamaytiradi” deb o'zgartirish kiritildi. Petr davrigacha Rossiyada tamaki "shayton o'simligi” nomi bilan atalgan. Uchinchi hukumat yig`ilishida tamaki chekishga bo'lgan ehtiyoj o'rganib chiqish masalasi ko'rib chiqilgan. O'sha vaqtda tamaki chekishga qarshi kurash olib borish Davlat dasturi ishlab chiqilgan. 
 
1964-yil 18-yanvarda Amerika vrachlari tamaki qutisiga "Chekish sog`liqqa zarar” degan yozuvni yozish masalasini ko'targanlar. Shu vaqtdan buyon yarim asr o'tdi hamki, bu yozuv tamakiga bo'lgan ehtiyojni kamaytirmayapti. Biroq ko'pgina mamlakatlar tamaki chekishni cheklash maqsadida qonuniy va ma'rifatparvar ishlarni amalga oshirmoqdalar. Hozirgi vaqtda tamaki qutilarida yozuvlardan tashqari yana qo'rqituvchi rasmlar bilan chiqarishmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.