24-iyun Peruda Indeyslar kuni 

2 792

  Indeyslar kuni mashhur quruvchilar va jasorat ko‘rsatgan harbiylardan meros bo‘lib qolgan va har yili nishonlanadi. Eng qadimiy buyuk indeyslar davlati - Inklar imperiyasi hozirgi Peru davlatining maydonida joylashgan bo‘lgan. Har yili 24-iyunda Peruda nishonlanadigan "Indeyslar kuni”ni o‘tkazishdan maqsad buyuk xalqning qadimiy urf - odatlarini, madaniyatini saqlab qolishdan iboratdir. Peruning sharqiy yomg‘irlik o‘rmonlarida yuzga yaqin Indeyslarning qabilasi yashaydi. Bu qabila mamlakat aholisidan ajralgan holda o‘zining mahalliy shevasida so‘zlashadi va ov qilish orqali kun kechiradi. Mahalliy aholining bir qismini "kechua” va "aymar” tilida so‘zlashadigan indeyslar tashkil etadi. Ulardan ko‘plari mamlakat poytaxti Lemuga, bir qismi esa shaharning  dengiz sohillarga ko‘chib o‘tishgan. Ammo aholining asosiy qismi Andada yashamoqda va dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanib kelmoqda.  Bayramda indeyslar qabilasi Lotin Amerikasi xalqlarining milliy liboslarini kiyib Titikaka ko‘lining sohiliga  tushib bayramni nishonlashadi. Ular o‘tgan avlodlarini eslashib, indeyslarning ulug‘ ilohiy kuchlaridan iltifot, yaxshilik, rahm - shavqat so‘rashadi.

24-iyun Florensiyada O’rta asrlar futboli kuni
  Har yili Florensiyaning markaziy maydonlaridan biri -Santa Kroche futbol maydoniga aylanadi. 24-iyunda San Djovani, Santa Mariya Novella, Santo Spirito va Santa Kroche shaharlarining rayonlarida Florensiya futboli bo’yicha eng yaxshi komanda huquqini olish uchun kurashadilar. O’yinning o’zi juda ajoyib manzarani namoyish qiladi. Futbol maydonidan boshlanadigan bo’lsa, maydon oddiy bo’lmasdan balki toshlar bilan terib chiqilgan. Atrofni o’rab turgan Renessan davridagi arxitektura ham zamonaviy sport tadbirini o’tkazish uchun moslashmagan. Yuzlab muxlislarni oldida o’yinchilar maydonga chiqqanda bunday manzara oddiy futbolga hech qanday aloqasi yo’qligi ko’rinadi. Oddiy futbolka, futbol sho’rtigi, butsi o’rniga o’yinchilar o’rta asrlar kamzuli, pantaloni va etiklarida maydonga chiqishadi. Ularning boshlarida 700 yil ilgari Florensiyada kiyilgan bahmal beretkalar bo’ladi. O’yinchilarning bunday ko’rinishlariga faqatgina matchni ochib boruvchi tushuntirish kiritadi. U har yili o’tkaziladigan tarixiy Florensiya futboli bo’yicha Chempionatni ochiq deb e'lon qiladi. Maydonda darboza ham, darbozabon ham bo’lmaydi. O’rtadan setka tutilgan bo’lib, unga raqib komandadan koptokni olib otish kerak. Bu futbolni Florensiyaliklar Uyg’onish davridan boshlab o’ynab kelishmoqda. O’yin g’oliblarini sigir bilan taqdirlashadi va undan maydonning o’zida an'anaviy florensiya bifshtekslari tayyorlanadi. Muxlislar ham g’olib o’yinchilar bilan hursandchilik qiladilar. Bu bayram tunning yarimigacha davom etadi.

24-iyun Chuvashiya Respublikasining milliy kuni
  24-iyunda Chuvshiya Respublikasi o’zining milliy bayrami-Respublika kunini nishonlaydi. Bu bayramni nishonlash  1995-yili Chuvshiya avtonom oblastining tashkil topganiga 75 yil to’lishi munosabati bilan ta'sis etilgan. Bu bayram kuni dam olish kuni deb e'lon qilingan va bu kun turli xil bayram tadbirlari  o’tkaziladi. 2011-yildan Respublika kunini o’tkazishda Butun Rossiya miqyosidagi "Rossiya qo’shiqlari” festival-marafoni o’tkaziladi. Bu tadbirni muallifi va rahbari Nadejda  Babkinadir. Festival qatnashchilari bir hafta davomida Respublikaning turli shaharlarida ishtirok etadilar. Bayram kuni esa festival Cheboksarda gala konsert bilan  yakunlanadi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.