7-fevral Grenada Mustaqilligi kuni 

2 524

1974-yil 7-fevral - Grenada Mustaqilligi kuni. Grenada – Karib dengizidagi Grenada oroli va Grenadina orollari janubiy qismidagi davlat. Maydoni 344,5 km.kv. Poytaxti – Sent-Jorjes shahri. Ma’muriy jihatdan 7 tumanga bo‘lingan.

Tabiati. Grenada orollari vulkanlardan hosil bo‘lgan. Hozir ham bu yerda bir necha vulkan cho‘qqilari bor (eng baland nuqtasi 840 m). Iqlimi – subekvatorial, dengiz iqlimi. O‘rtacha yillik temperatura 260 atrofida, yillik yog‘in 1500 mm dan oshadi. Sernam tropik o‘rmonlari doimo yashil.

Aholisining 50% dan ko‘prog‘i negrlar, 40% duragaylar; indeyslar va yevropaliklar ham yashaydi. Rasmiy tili – ingliz tili. Dindorlar – asosan xristianlar. Shahar aholisi – 32%.

Tarixi. Orolni 1498-yil X.Kolumb kashf etgan. 1650-yildan Fransiya egallagan. 1783-yil Versal sulh shartnomasiga binoan Buyuk Britaniya mustamlakasi. 1967-yilda Buyuk Britaniya uni "Buyuk Britaniya bilan birlashgan davlat” deb e’lon qildi. 1974-yil fevralda mustaqillikka erishdi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.