Birlashgan Arab Amirliklari 

22 914

 Rasmiy nomi — Birlashgan Arab Amirliklari. Poytaxti — Abu-Dabi. Hududi — 83657 km.kv. Aholisi – 4,6 mln kishidan ortiq (2012).  Davlat tili — arab. Dini — islom. Pul birligi — dirham.                       
 Geografik joylashuvi va tabiati. Arabiston yarimorolida joylashgan, yetti arab davlatidan iborat federatsiya. Janub va g‘arbda Saudiya Arabistoni (chegara uzunligi — 457 km), shimolda — Ummon (410 km), shimoli g‘arbda esa Qatar bilan chegaradosh. Shimolda Fors ko‘rfazi, sharqda Ummon ko‘rfazi bilan tutashib ketgan. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 1318 km. Mamlakat landshaftida tekisliklar ustunlik qiladi. Unumsiz qirg‘oq tekisliklari qumli barxanlarga aylanib boradi. Mamlakat ichkarisidagi yirik maydonlar cho’llar va sho‘rxok yerlardan iborat. Sharqda Hojar tog‘ cho‘qqilari joylashgan (balandligi 1127 km). BAA uchun cho‘l o‘simliklari dunyosi xosdir: yantoq va cho‘l iqlimiga chidamli o’tlar. Mamlakatning sug‘oriladigan maydonlarida yovvoyi va madaniy mevali daraxtlari — xurmo, akatsiya o‘stiriladi. Hayvonot dunyosi — kiyik, quyon hamda ilon va kaltakesaklarning har xil turlari uchraydi. Fors va Ummon ko’rfazi suvlari baliqqa boy.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Mar­kaziy hokimiyati maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan amirliklar federatsiyasi. Federatsiyaga yetti arab amirliklari: Abu-Dabi, Ajiman, Emanay, Ras-al-Xayma, Umm-al-Kavayn, Shaija hamda Al-Fujayra kiradi. BAA 1971-yil 2-dekabrda mustaqillikka erishdi. Mustaqillikka qadar u Buyuk Britaniya protektorati (qaram davlati) hisoblanib, uning oldingi nomi Shartnomaviy Ummon bo‘lgan. Buyuk Britaniya BAAga mustaqillik bergan kun (1971-yil 2-dekabr) milliy bayram — Federatsiyaning tashkil topgan kuni sifatida nishonlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat Prezidentga hamda hukmdorlarning Oliy Kengashiga tegishlidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali Federal Milliy Kengash amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar mavjud emas.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodi neft va gaz eksportiga asoslangan. 1973-yilda dunyoda neft xarid narxining keskin ko‘tarilishi mamlakatdagi iqtisodiy ahvolning vaqtinchalik o’zgarishiga olib keldi. Qishloq xo‘jaligida mehnatga layoqatli aholining 5% i band bo‘lib, yetishtiriladigan mahsulotlar quyidagilar — xurmo, sabzavotlar, tarvuz, parranda, sut mahsulotlari va baliq. Mamlakat o‘z ichki oziq-ovqat mahsulotlariga boigan talabining chorak qisminigina ta’minlaydi. 2006-yil YIM miqdori 63670 mln dollami (aholi jon boshiga — 25200 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya. Avtomobil yo`llarining umumiy uzunligi 2000 km (asfalt yotqizilgan yo`llar — 1800 km). Mamlakatning asosiy portlari: Abu-Dabi, Dubay, Shaija, Al-Fujayra.
  Tarixi. XIX asr oxirlarigacha BAA Ummon tarkibida boigan. 1892-yilda Arabiston yarimorolining sharqiy qismida joylashgan Arab davlatlari federatsiyasi Fors ko’rfazidagi dengiz qaroqchilariga qarshi kurashish maqsadida Buyuk Britaniya bilan kelishuv imzoladi. 1971-yil, ya’ni BAA davlat mustaqilligi e’lon qilingunga qadar u Buyuk Britaniya protektorati edi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.