Saudiya Arabistoni
Rasmiy nomi — Saudiya Arabistoni Qirolligi. Poytaxti — Er-Riyod. Hududi — 2200000 km.kv. Aholisi – 28 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili — arab. Dini — islom. Pul birligi — Saudiya riali.
Geografik joylashuvi va tabiati. Bu davlat Janubi g‘arbiy Osiyoda Arabiston yarimorolida joylashgan. Janubda Yaman (chegara uzunligi 1458 km), shimolda — Iroq (814 km), Iordaniya (728 km) va Quvayt (222 km), janubi sharqda Ummon (676 km) va Birlashgan Arab Amirliklari (457 km), sharqda Qatar bilan (60 km) chegaradosh. G‘arbda mamlakat Qizil dengiz va Akaba qo‘ltig‘i hamda sharqda Fors qo‘ltig‘i bilan tutashib ketgan. Chegaralarining umumiy uzunligi — 4415 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 640 km. Mamlakat hududi asosan sahrodan iborat. Qirg‘oq bo‘ylab torgina vodiylar joylashgan. Janubi g‘arbida uncha katta bo‘lmagan tog1 tizmalari bor. Mamlakatning eng baland nuqtasi — Daka cho‘qqisi (3353 m). Shimolda Suriya cho‘lining bir qismi joylashgan. Mamlakatning janubi sharqiy qismini Katta sahro (Rub-el-Xali) egallagan. Mamlakatning suv resurslari juda kam. Hududining markaziy qismidagi bir necha daryolar yozga borib qurib qoladi. Mamlakat hududida boy neft, tabiiy gaz konlari mavjud, shuningdek, temir rudasi, mis, oltin ham bor. Ishlov beriladigan yerlar hududining faqatgina bir foizini egallaydi, o‘tloq va yaylovlar 39% qismida joylashgan.
Iqlimi — kontinental, subtropik va tropik. O‘simliklari asosan yarim sahro va sahro xarakteriga ega. Qishki, bahorgi yomg‘irlar davrida yowoyi achchiq tarvuzlar, astragal, saksovullar o‘sadi. Tal va sudr deb ataluvchi yolg’iz daraxtlar onda-sonda uchraydi. Mamlakatning hayvonot dunyosi ancha xilma-xil. Bo‘ri, shoqol, fenek tulkisi, qum kiyigi, nubiya tog` echkisi uchraydi. Kemiruvchi va sudraluvchilar — kichik bo‘g‘ma ilonlar, efa, agama va kaltakesaklar ko‘p. Qushlar olami ham boy: burgutlar, kalxatlar, griflar, sapsan — yirtqichlar serob. Qirg‘oq pasttekisliklari chigirtkalar ko‘payish makonidir. Qizil dengizda va Fors qoitig‘ida marjonlarning 2000 dan ziyod turi bor, ayniqsa, qora maijonlar qimmat baholanadi.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — mutlaq teokratik monarxiya. Mamlakat tarkibiga 13 ta viloyat kiradi. Saudiya Arabistoni 1932- yilning 23-sentabrida mustaqil davlat bo‘lgan (milliy bayrami — Qirollik e’lon qilingan kun). Qonunchilik islom dini qonunlariga asoslangan. Davlat va hukumat boshlig‘i — qirol.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodiyotining asosiy sohasi — neft qazib chiqaruvchi sanoat (YIMning 35%ini va amalda eksportdan keladi- gan daromadlarning hammasini tashkil qiladi). Dunyoda neftning eng katta zaxirasiga ega. Saudiya Arabistoni neftning eng yirik eksportchisi hisoblanadi va OPEKda yetakchi rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligi juda tez rivojlanmoqda (YIM — 10%), asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari: bug‘doy, arpa, sitrus, xurmo (xurmo yetishtirish bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinda). Makka shahri butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi, chunki bu yerda islom dinining asoschisi Muhammad payg‘ambar dunyoga kelgan. Zam-zam qudug‘i va Ibrohimga avliyo Jabroil tomonidan sovg‘a qilingan qora tosh ham muqaddas hisoblanadi va ular ham shu shaharda joylashgan. Haram (Baytulloh) masjidi ham qadimiy, muqaddas Ka’ba atrofida qurilgan. Madinadagi Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar qabri musulmonlar uchun Ka’badan keyin ikkinchi muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi. Eng muhim savdo hamkorlari: AQSH, Angliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya.
Temiryo`llarining umumiy uzunligi — 886 km, avtomobil yo‘llarining uzunligi — 74000 km (qattiq qoplamali yo‘llari — 35000 km). Mamlakatning asosiy portlari: Jidda, Ras-Tannura, Yanbu.
Tarixi. Hozirgi Saudiya Arabistoni hududiga arab chorvador qabilalari m. a. IX asrdan boshlab o‘rnashganlar. Arabiston yarimorolining shimoliy qismini egallagan qabilalar yahudiy, bobil va fors madaniyati ta’sirida bo‘lgan bir paytda Arabistonning janubidagi qabilalar o‘zlarining alohida madaniyatini yaratdilar. 570-yili Makkada payg‘ambar deb e’lon qilingan va barcha arab qabilalarini yangi, musulmon davlati Madinaga birlashtirgan Muhammad (s.a.v.) dunyoga keldi. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning izdoshlari bo’lgan xalifalar VII asrda islom dinini Yaqin Sharqqa va Misrga tarqatdilar. VIII asrda esa yangi din Osiyoning kattagina qismi va Shimoliy Afrikaga tarqaldi. Bog‘dod xalifaligi paydo bo‘lgandan keyin Saudiya Arabistonining roli sezilarli darajada pasaydi, ammo Makka musulmonlarining diniy markazi bo‘lib qolaverdi. XIII asrda hozirgi Saudiya Arabistoni hududi Misr mamluklari hukmronligi ostida qoldi. 1517-yili esa Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirdi. XIX asr boshlariga kelib Saudiya Arabistonida vahobiylar davlati tashkil topdi va mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Tez orada vahobiylar Misr askarlari tomonidan yarim-orolning markaziy qismiga siqib qo‘yildilar, ammo XX asming boshlariga kelib vahobiylarning yetakchisi Ibn Saudning qo’shinlari mamlakatning qariyb barcha hududida o‘z nazoratlarini o‘rnatdilar, 1932-yili esa Ibn Saud Saudiya Arabistoni qirolligi tuzilganligini e’lon qildi. 1982-yili shahzoda Faxd taxtga chiqdi va u Fors qo‘ltig‘idagi mojarolar paytida mamlakat hududiga Iroqqa qarshi ittifoq qo‘shinlarini joylashtirishga ruxsat berdi. Ular esa bu yerdan 1991-yilning yanvarida Quvaytni ozod qilish bo‘yicha harakatlarini boshlaydi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.