26-iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni 

7 412

 Xalqaro narkotik iste'mol qilish va uning noqonuniy tarqatilish tarixiga 100 yildan oshdi. 1987-yilda BMT Bosh Assambleyasi har yili 26-iyunda shu Хalqaro Narkomaniyaga qarshi kurash kunini o‘tkazishga qaror qabul qildi. 1990-yil fevralda 13 davlatdan, shuningdek Rossiyadan qatnashgan Shanhay qora dori bo‘yicha komissiya ishtirokchilari Osiyo mamlakatlaridan narkotik moddalarni tashib kelishni cheklab qo‘yish yo‘llarini qidirishdi. Mana bugun  bir asrdan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, huquqni himoya qilish organlari bu muammoni hal qilishga ojiz. Chunki narkomaniya butunjahon jamiyatining asosiy muammolaridan bo‘lib, hozirgi zamonamizga tahlika soluvchi mudhish voqealardan biridir. Norkomaniya - bu shaxsni sog‘ligiga putur yetkazadi, butunlay zaharlaydi, gohida esa o‘limga ham olib keladi. Shuning uchun norkomaniyaga qarshi kurash kuni butunjahon mamlakatlarida atrofdagilarni, ayniqsa yoshlarni  narkotik moddalarni iste'mol qilish yomon asoratlarga olib kelishini tushuntirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, yana bir bor narkotik moddalarni zarari to‘g‘risida turli tadbirlar, tashviqot ishlari olib boriladi. Yoshlar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda "Narkotiksiz hayot” shiori ostida juda ko‘p sport musobaqalari, konsertlar, aksiyalar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

26-iyun Madagaskar Respublikasida mustaqillik kuni
  1960-yil 26-iyunda Malagasiya Respublikasining mustaqillik kuni e'lon qilingan. Shu munosabat bilan Madagaskarda mustaqillik kuni-milliy bayram nishonlanadi. Mustaqilik e'lon qilingandan so‘ng, demokratik saylovlar natijasida hokimiyatga Filiber Siranana rahbarligidagi sotsial-demokratik partiya keldi. Siranana hukumatining Neokolonialistik tuzumi turmush tarzini keskin tushib ketishiga sabab bo‘ladi. Hokimiyatga qarshi ommaviy chiqishlar va namoyishlar o‘tkazilgan. Bu sharoitlardan kelib chiqib, 1972-yil 18 -mayda  Siranana  hokimiyatni harbiylar qo‘liga topshirdi. Yangi hokimiyatni general Ramanansua boshqardi. Ramanatsua hokimiyati 1960-yilda  frank-malagasiya shartnomasini boshqatdan ko‘rib chiqdi va 1973-yilda Madagaskar mustaqilligini tasdiqlovchi va fransuz qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

26-iyun Obninsk shahrida birinchi marta Atom elektro stansiyasi ishga tushirilgan kun
  1954-yil 26-iyunda jaxonda birinchi marta Obninsk shahrida Atom elektro stansiyasi ishga tushirildi. 1951-yil buyuk fizik olim I.Kurchatovga Obninsk shahrida tinchlik yo‘lida qo‘llaniladigan atom elektro stansiyasini yaratish ishlari yuklatildi. 1954-yil 26-iyunda AM - 1 reaktorli grafitlangan uranli 5 megevatt quvvatga ega bo‘lgan AES ishga tushirildi - turbinaga bug‘ yuborilib, generatorning quvvati 1500 kVt tashkil qildi. Obninsk tez orada dunyodagi birinchi zamonaviy ilmiy - fan shahriga aylandi. Bu yerda elektrostansiyalarning yanada kuchli quvvatga ega bo‘lgan modellari ishlab chiqarila boshladi. Bunday samarali ishlardan so‘ng atom sohasidagi olimlar Beloyarsk shahrida ikkinchi bora 300 megavatt quvvatiga ega bo‘lgan AESni qurishga kirishilib va 1964-yilda ishga tushirildi. Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ham AES lar ishlab turibdi, shu bilan birga halq xo‘jaligining elektr energiyasidan foydalanmaydigan biror sohasini topish qiyin. Shuning uchun elektro energiyasi ishlab chiqarish yildan yilga ortib bormoqda. Kelajakda AESlar yetarli darajada rivojlanadi va dunyo mamlakatlarining umumiy energetika balansida yetakchi o‘rini egallaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.