16-oktabr Xalqaro non kuni
16 oktabr - oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi xo’jaliklari Birlashgan Millatlar Tashkiloti assotsiatsiyasi tashabbusi bilan 16-oktybr- Butunjahon non kuni deb e'lon qilingan. Bu g’oya, o’tgan asrning 50-yillarida Xalqaro novvoylar assotsiatsiyasi vakillarining hayoliga kelgan va Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1979-yildagi majlisida qabul qilingan. Shunday qilib, non bilan bog’liq ishda mehnat qilayotganlarning o’z kasb bayramlari vujudga kelgan. Non sog’liq, to’kinlik va xotirjamlik ramzi hisoblanadi, shuning uchun bu kuni hamma mamlakatlarda qandolat fabrikalari maxsulotlari ko’rgazmalari, non yopish mahorat darslari o’tkaziladi, qandolatchi va novvoylar malaka almashuv uchrashuvlari tashkillashtiriladi. Butunjahon non kuni - bu xalq sayllari va sahnaviy chiqishlar uchun ham qiziq raqslar, o’yinlar, qo’shiqlarga boy marosim hisoblanadi. Bayram qatnashchilari kiyimlarini gullar bilan bezatadilar, ayrim xonadonlarda esa hozirgacha mehmonlarni avvalgidek non va tuz bilan kutib oladilar.
16-oktabr Xalqaro oziq-ovqat kuni
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) 1945-yil 16-oktyabrda vujudga kelgan bo‘lib, shu yildan e'tiboran har yili 16-oktabr kuni Butunjahon oziq-ovqat kuni sifatida keng ko‘lamda nishonlanadi.
Butunjahon oziq-ovqat kuni vazifasi quyidagilardan iborat:
-Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga e'tibor qaratish va milliy sharoitlarni faollashtirish, ikkitomonlama va ko‘ptomonlama hamkorliklarni hamda ushbu sohadagi nohukumat tashkilotlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
-Rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida iqtisodiy va texnik hamkorliklarni rivojlantirishga ko‘maklashish;
-Qishloq aholisi, ayniqsa, xotin-qizlar va eng kam imtiyozli toifaga ega aholiga yaqindan yordam berish, ular ishtirokida yashash sharoitlarini yaxshilash faoliyatlarga oid qarorlar qabul qilish;
-Aholining dunyodagi ocharchilik muammolariga oid xabardorlik malakalarini oshirish;
-Rivojlanayotgan davlatlarga texnologiyalar yetkazib berish jarayoniga ko‘maklashish;
-Milliy va xalqaro darajada ocharchilikka, to‘yib ovqatlanmaslikka va qashshoqlikka qarshi kurashishni birdamlikda mustahkamlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda muvaffaqiyat qozonayotganlarni qo‘llab-quvvatlash.
2012-yilgi Butunjahon oziq-ovqat kuni diqqat markazidan qishloq xo‘jaligi kooperativlari mustahkam o‘rin egallagan. 2012-yilgi Butunjahon oziq-ovqat kunining rasmiy mavzusi "Qishloq xo‘jaligi kooperativlari dunyo tirikchiligini ta'minlaydi” deb nomlangan. U kooperatsiya mavqyeini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda ocharchilikni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratadi. Qishloq tashkilotlari va kooperativlarga qiziquvchanlik BMT Bosh Assambleyasi tomonidan o‘z tasdig‘ini topganligi tufayli 2012-yil Kooperativlar xalqaro yili deb e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning agrar tarmog‘ini barqaror rivojlantirish hamda isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi ekinlariga ishlov beradigan yangi texnika va texnologiyalar o‘zlashtirilmoqda, go‘shtdor, sutdor oliy zotli yirik qora mollar sotib olinmoqda, mamlakatimizda vaqti-vaqti bilan innovatsion qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalari tashkil etilmoqda va o‘tkazilmoqda. Zero, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i aholini bevosita oziq-ovqat mahsulotlari, har xil sanoat tarmoqlarini esa xom ashyolar bilan ta'minlaydi. Qishloq xo‘jaligining yirik mexanizatsiyalashtirilgan tarmoqlari esa respublika iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydi.
Paxtachilik bilan birga rivojlanayotgan sholichilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilik qishloq xo‘jaligida yetakchi tarmoqlar hisoblanadi. Keyingi yillarda boshoqli don ekinlarini yetishtirish tezkor sur'atlarda o‘smoqda. G‘alla xo‘jaligi lalmikor yerlarda bug‘doy va arpa, sug‘oriladigan yerlarda esa makkajo‘xori hisobiga rivojlanmoqda. G‘alla ekinlari ulushi umumiy sug‘oriladigan maydonlarda ham oshmoqda. Mamlakatimiz o‘zini o‘zi g‘alla mahsulotlari bilan to‘liq ta'minlashga erishdi. Ayni paytda O‘zbekiston ichki bozor hisobiga o‘zining g‘allaga bo‘lgan talabini to‘liq darajada qanoatlantira oladi. Bu kabi ijobiy natijalarga g‘alla ekinlari maydonini hamda donli-boshoqli ekinlar hosildorligini oshirish orqali erishilmoqda.
O‘zbekistonning agrar tarmog‘ini tezkor sur'atlarda rivojlantirish yaqinlashib kelayotgan oziq-ovqat inqirozini bardosh bilan yengishiga yordam beradi.
16-oktabr Fransiyada Kitob mutolaa qilish bayrami
16-oktabr - Fransiyada Kitob mutolaa qilish kuni Le Temps des livres(fransuzcha –kitoblar vaqti) juda ham noyob kamdan kam uchraydigan qiziqarli bayramdir. Hech qaysi davlat bunday bayramni yuqori darajada ya'ni, adabiyotga hamda kitobga bunday e'tibor bilan Fransiyaga o’xshab nishonlamagan. 1989-yilda birinchi bor o’qish kuni-Fransiyaning Madaniyat vazirligi tashabbusi hamda fransuzlar jamaotchiligi tomonidan kutib olingan. Ushbu bayram yillik kundalik solnomaga bayram sifatida kiritilgan, hozirgi kunda ham bayram sifatida ikkinchi yarim oylikda nishonlanadi. Uch kunlik bayram dasturi doirasida turli xil shoir yozuvchilar bilan uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferinsiyalar, kitob ko’rgazmalari, yangi kitoblar taqdimoti bo’lib o’tadi. Bayram kuni barcha bir-biriga kitob sovg’a qiladilar, kutubxonalarni kitoblar bilan boyitishadi, mashhur yozuvchilar turli xil ijodiy uchrashuvlar olib boradilar, yangi ijod namunalari bilan mehmonlarni tanishtirishadi. Bo’lib o’tgan kitob mutolasi haqida barcha ommaviy axborot vositalarida keng yoritilib boriladi. Uch kun davomida butun mamlakat adabiy kun haqidagi qizg’in suhbat va tadbirlardan xabardor bo’ladilar. Boshqa barcha dolzarb muammolarni ushbu kunlari chetga surib quyadilar. Shuning uchun o’qish (mutolaa) qilish bayrami bu- barcha mayda-chuyda muammolardan holi bo’lish, jahon adabiyoti namoyandalari asarlaridan bahramand bo’lish va zamonaviy yoshlar ijodidan xabardor bo’lishga imkon berishdir. Ma'noga boy asarlarni mutolaa qilish insonlarni ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashlarini kengaytiradi, so’z boyligini rivojlantiradi, insonlarning tafakkur onglarini uyg’otishda mutolaa muhim o’rin tutadi. Mutolaa o’qish bayramini muhimligi shundan iboratki, kitob o’qish inson tafakkurini ulug’lab boradi.
16-sentabr Buyuk Britaniyada rahbarlar kuni
1958-yilda State farm ingurance company kompaniyasida ishlovchi kotib Patrisiya Xaroksi – Xo'jayinlar kunini nishonlash tashabbusi bilan chiqdi. 1962-yilda ushbu bayram Immons Ottogan shtatining Karner gubernatori tomonidan rasmiy tasdiqlangan. Ushbu bayramni nishonlashdan asosiy maqsad, tashkilotlarda ishlovchi xodimlar o'zlarini boshqarib turgan rahbariga e'tibor doirasida ko'rsatilayotgan moddiy va ma'naviy yordamlariga xodimlarning minnatdorchiligidir. Shunday odilona rahbarga o'zlarining cheksiz tashakkurlarini izhor etish kuni hisoblanadi. (Rahbar) Xo'jayin kunini nishonlash an'analarini ko'pgina davlatlar tez sur'atlarda o'z roziliklarini bildirdilar. Hozirgi kunda ushbu kun Buyuk Britaniya, Avstraliya hamda Janubiy Amerikada nishonlanmoqda. Ushbu kunda shuni eslash kerakki, Rahbarlik – bu faхrli kasb. Har bir bosilgan qadamning ma'suliyati, to'xtovsiz ish, har bir so'z izhori, xodimlarning ish jarayonlarining eson-omonlik, tinchlik, xotirjamlik baxt-saodat ish joylarini to'g'ri tashkil etish. Rahbar-avvalo-u ham insondir. Shunday yodga olish kifoya bo'lmaydi. Ushbu kuni xodimlar rahbarlarni turli sovg'alar bilan tabriklashlari lozim. Rahbarlarni chiroyli so'zlar bilan olqishlashlari lozim. Rahbarlar bayram kuni 16-oktyabrda nishonlanadi. Bayram tadbirlari kuni xoh u ayol kishi yoki erkak bo'lsa ham, ularga chiroyli tabassum va turli xil esdalik sovg'alar taqdim etish lozimdir.
16-oktabr Xalqaro anesteziya kuni
Anesteziya - nerv hujayralarini sezuvchanligini yo’qotish, behush qilishdir. Ushbu anesteziyani qo’llash usuli 1846-yil 16-oktabrda Amerikalik tish shifokor Tomas Morton operatsiya davomida birinchi marotaba mijoziga narkozni qo’lladi. Anao’shanda birinchi marotaba narkoz (behush qilish) holati oshkora ravishda namoyish etildi. Shuning uchun 16 oktyabr kuni butun jahon anesteziya kuni (World Anaesthesia Day) deb yuritiladi. Jarrohlik jarayonida, tishlarni davolashda va boshqa jarohatlarda tibbiyot sohasida tanani yoki ma'lum bir tana qismini og’riqsizlantirish maqsadida sun'iy behushholiga keltiriladi. Albatta azaldan asab hujayralarini sezuvchanligini kamaytirishning turli usullar mavjud edi. Masalan:qadimiy hind qabilalari sezuvchanligini pasaytirish uchun turli o’simliklardan sharbatlardan foydalanishgan, hamda Yunoniston tabiblari va faylasuf Dioskorid rim qo’shini bilan birgalikdagi sayohatida imperator Neron ikkisi tibbiy tajribalaro’tkazib turli dorilarni tayyorlashga muvaffaq bo’ldi. Ushbu ixtirolar natijasida askarlarning jaroxatlarini tuzatishdaqo’llanilar edi. Hozirgi kunda ushbu asab hujayralarini ta'sirchanligini pasaytirish holatini qisqa qilib aytganda "Behushqilish” deb yuritiladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.