11-oktyabr Хalqaro qizlar kuni
11-oktabr xalqaro qizlar kuni (bayram) ko'p mamlakatlarda xalqaro qizlar kunini tantanali ravishda e'lon qilgan. Ushbu sana BMT bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan bo'lib, unda qizlar haq-huquqlarini himoyalash kuni e'lon qilindi. Qizlar kuni 2012-yildan boshlab nishonlab kelinmoqda. Ushbu kunga bag'ishlab, ko'p mamlakatlarning dolzarb muammosi bo'lgan qizlarni yosh turmushga berish masalalari yoritilgan. Statistik ma'lumotlarga ko'ra har uchdan bir qismi, qiz bolalar 18 yoshgacha turmush qurar ekan. Ayrimlar 15 yoshga to'lishi bilanturmush qurar ekanlar. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko'rsatkich juda ham ayanchlidir, 90% ini yangi tug'ilayotgan chaqaloqlar 15-19 yoshdagi o'smir qizlar nikohidan tug'ilar ekan. Yosh turmush qurish inson haq-huquqlarini poymol qilish, bolalik davridan mahrum qilish, ta'lim olishda qiyinchilik tug'dirish kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
11-oktabr Italiyada o’rdaklar festivali kuni
Italiyaning San Miniato shahrida, Balkoneviza shahri atrofida har yili 11-oktabrda O’rdaklar Festivali o’tkaziladi. Bu anjumanni Palio poygasi deb ham atashadi. Bu g’ayrioddiy bayram— pazandalikdan ko’ra ko’proq sport musobaqasiga yaqin. Unda bosh qahramonlar marafonchi o’rdaklar hisoblanadi. Bu kichik shaharda bo’lib o’tadigan italyan bayramining o’ziga xosligini his qilishni xohlaysizmi? Unda Florensiyada Pizaga qaytayotib San Marioga bir kirib o’ting. O’rdaklar festivali har yili oktyabrning ikkinchi shanbasida o’tkaziladi. Bu g’alati festival 1982-yildan buyon o’tkaziladi. Bayramning asosiy tomoshasi—o’rdaklar yugurishi bo’lib unda g’aq-g’aqlagan raqiblar masofa saqlagan holda bir-biri bilan musobaqalashadilar. Bu quvnoq marafonda an’anaga binoan to’rt shahar — Il’ Borgo, Fondo di Ssesa, Buchchio va Formatsinoning vakillari ishtirok etadilar. Ishtirokchilar yuqori tezlikda lapanglab bir-birini quvib o’tishga harakat qiladilar. Tomoshabinlar va "murabbiy”lar esa ularni turli tarzda ruhlantirib turadilar. Aytmoqchi, barcha xohlovchilar boshqa tur otchopar poygalardagidek pul tikishlari mumkin. Biroq judayam berilib ketish shartmas, chunki o’rdaklarga otlarga yoki itlarga ishongandek ishonib bo’lmaydi. Shuningdek O’rdaklar festivali kunlarida mahalliy aholi tug’ilib o’sgan manzillarining muhim sanalariga bag’ishlangan turli xil bayram sayllari, tarixiy namoyishlar va albatta milliy taomlar yarmarkasini o’tkazadilar. Bu beozor va quvnoq tadbir an’anaga binoan yaqin atrofdagi shaharchalardan ko’plab bekorchi va sayyohlarni bir joyga to’playdi.
Avstraliyada birinchi unversitet o'z faoliyatini boshlagan kun
1852-yil 11-oktabrda uning tantanali ochilishi bo'lib o'tdi. Bu ta'lim dargohini tashkil etish qarori 1850-yilda sayyoh, jurnalist va siyosiy arbob Vil’yam Ventvort tomonidan amalga oshirilgan edi. Universitet Sidneydagi ish olib borayotgan nufuzli kollej tarkibida tashkil etildi. 1852-yilda Sidney universiteti ish o'rinlari uch nafar professordan iborat bo'lib, unda atigi 24 nafar talaba ta'lim ola boshladi. Sakkiz yarim yildan so'ng yangi "maktab” o'sha paytda Birlashgan Qirollikning yuqori darajali talablarga javob berganligi uchun malika Viktoriyaning "Yuqori xartiya”siga ega bo'ldi. Sidney universiteti amerikaning mashhur va nufuzli ta'lim muassasalariga o'xshashi bilan Avstraliyaning "Sakkizlik guruhi” deb mamlakatda tan olingan. Bizning davrga kelib universitetda 2300 nafar o'qituvchi 46 ming talabaga ta'lim beradi. Bu ta'lim muassasasi dunyoda eng yaxshi o'quv dargohlari ichida 38-o'rinda turadi. Shuningdek, mazkur dargohning kutubxonasi janubiy yarim sharining eng yirigi hisoblanadi. Unda 5,1 million adabiyot mavjud bo'lib, ko'p yillardan buyon o'z foydalanuvchilariga ma'naviy oziq berib kelmoqda.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.