17-mart Xalqaro ummon bayrami 

2 653

Xalqaro ummon kuni birlashgan millatlar tashkilotining dunyo bo'yicha nishonlanadigan bayramlaridan biridir. Ushbu kun 1988-yili dengiz va ummon hukumatining tashkiloti (International Maritime Organization, IMO)ning 10-sessiyasidagi qaror qabul qilindi. 1980-yilga qadar ushbu bayram 17-mart kuni nishonlanib kelinadi. Dunyo bo'yicha ummon kunini nishonlanishdan asosiy maqsad, xalqaro jamoatchilikni dengiz va ummonlarni ifloslantirmaslik va kamyob baliqlarni ovlamaslikka jalb etishdir. Asosan ushbu bayram dunyo dengizini ifloslantirmaslik ayniqsa neftdan asrashga undaydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra ummonda 100 yil avval yirik treska, marlin nomli yirtqich baliqlar mavjud edi. Dengiz va ummonlardan har yili juda ko'p miqdorda oqizilgan neft olib tashlanadi. Shu sababli dengiz va ummonlarda yashovchi suv jonivorlar turlari bora bora kamayib bormoqda. Ushbu masalani xal etish maqsadida ushbu bayram  nishonlanadi va barchani jalb etadi.

17-mart Tramvayni tug’ilgan kuni
1879-yil 17-mart kuni Berlinda o'tgan sanoat ko'rgazmasida birinchi marta sandiqqa o'xshagan, lekin oyog'i bor ajoyib mashina namoyish etildi. Sandiqning yuqorisida haydovchi o'tirar, orqasiga esa yo'lovchilar uchun uchta telejka tirkalgan edi. Ular hammasi relsda harakat qilardi. Odamlar yangi mashinani attraksion sifatida qabul qilishdi. Birinchi tramvay xuddi shunday ko'rinishga ega edi. Uni nemis muhandisi Vener Simens yaratgan va «elektrli ko'cha temir yo‘l» deb atagan. Tramvay so‘zi Angliyada kelib chiqqan. Inglizchasiga «trem» vagon, «uey» esa yo‘l ma’nosini bildiradi. Hammasini qo'shib o‘qisak, «tremuey», ya’ni yo'ldagi vagon yoki relsdagi vagon bo'ladi. Tramvayning yonilg'isi doimiyelektr toki hisoblanadi. U tramvay ustida osilib turuvchi kontakt sim orqali uzatiladi, ikkinchi kontakt sim vazifasini esa rels bajaradi. Toshkentda birinchi tramvay XX asrning boshida paydo bo‘lgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.