21-iyun Finlyandiyada quyosh og'ishi kuni
Yozgi quyosh turishi, yoki quyosh og’ishi, Finlyandiyada bu bayram juda ham keng nishonlanadi. 21-iyunda quyosh Tampere kengiligida 22 soat 40 daqiqa yoritadi. Quyosh botgan lahzadan boshlab tonggacha faqat 80 daqiqa o’tadi, shuning uchun umuman qorong’i bo’lmaydi. Natijada odamlar uxlashga yotmaydilar va butun mamlakatda bitta katta kechani uyushtirishadi. Yozning o’rtasi, yana shu yerda bu kunning boshkacha nomi - Yuxannes bayrami kuni, - sauna qabul qilishadi. Katta Gulxanlar yoqish hamma yomon va nokerak narsalardan qutulishadi usuli deb bilishadi. Finnlar bu kunda sosiskalarni gulxan atrofida pishirib iste`mol qilishadi. Ular sosiskalarni juda ham sevishadi, bu mahsulotni shuning uchun "finn sabzavoti" deb ataydilar. Yuxannes kuni mamlakat barcha aholisi shaharlardan o’rmonga, ko’llar va dengiz sohiliga otlanadi. Ko’llar soni bu yerda 200 mingdan ortiqroq, shu tufayli hammaga joy yetadi. Uyda qolganlar turar joylarini gullar va qayin shoxlari bilan bezatadilar. Shu bayram bilan bog’liq bo’lgan ko’p an'ana va,marosimlar majusiylik davriga xos, qachon shu kuni odamlar hosildorlik va yorug’lik bayramini nishonlashgan, kokko (alanga) esa ularning belgisi bo’lgan. Hosildorlik g’oyasini mujassam kilgan bayram tuylar uchun ommabop vaqt buldi: marosimga talabnomalar bir yil oldin beriladi. Kizlar Yuxannus kechasida yostiqning tagiga to’qqizta har xil gullardan o`t bilan to’qqiz marta bog’lab tuzilgan guldastani kuyishadi, tunda tushida bulajak turmush o’rtog’ini ko’rib qolish umidida bo’lishadi. Yuxannus yana Finlyandiya milliy bayrog’i kuni ham hisoblanadi.
21-iyun Xalqaro musiqa kuni
Sa'nat ihlosmandlari dunyoning turli chekkalaridan to’planadi. Afsonaviy mumtoz musiqasi va zamonaviy qo’shiqchiligi bilan tanilgan Fransiyada har yili o’tkaziladigan ushbu festival mamlakatning eng asosiy va romantik bayram tadbirlaridan hisoblanadi. 1982-yildan asos solingan bu an'ana millionlab fransuzlarga va chetdan tashrif buyuruvchi sayyohlarga juda ma'qul kelgan. Bayram kunlari Fransiyaning har bir shahrida, kuchalar-u konsert zallarida mehmonlar-u oddiy xonadonlarda ham musiqa sadolari yangraydi. Odamlar raqsga tushib, qo’shiqqa jo’r bo’lishadi. Turli davlatlardan tashrif buyurgan musiqachilar bepul konsertlar berib, maydonlar hiyobonlar, restoran va qahvahonalarda o’z mahoratlarini namoyish etishadi. Tabiiyki, festival kuni Fransiya ko’chalarida odatdagi shovqin-suron quloqa chalinmaydi.
21-iyun Xalqaro Krapiva (gazanda o’t) festivali
Har yili yozning birinchi oyida Tulaga yaqinidagi Krapivna qishlog’ida Xalqaro Krapiva festivali o’tkaziladi. Bu ajoyib tadbirni tashkilotchilari”Yasnaya Polyana” muzey-qo’riqxonasi, rayon ma'muriyati va ”L.N.Tolstoy merosi” Xalqaro fondining xodimlaridir. Bu qadimiy qishloqda krapivani yaxshi ko’rishadi va qadirlashadi. U nafaqat Festivalni ramzi bo’lib qolmasdan, uning shoxchalari shaharning gerbiga tushurilgan va shaharning ramzi bo’lib ham hisoblanadi. Festival ana'naviy ravishda 2002-yildan boshlab iyun oyida o‘tkaziladi. Bu yerga turli shaharlardan ishtirokchilar, turistlar, chet elliklar yig’ilishadi. Turli xil tadbirlar, konkurslar o’tkaziladi. San'atkorlar ijrosida konsertlar beriladi.
21-iyun Moskvada birinchi taksilar yura boshlagan kun
1925-yil 21-iyundan boshlab Moskva ko’chalarida taksilar yura boshladi. Taksomotorlar shaharliklarga juda yoqib tushdi, chunki dastlabki izvoshdan ancha arzon va qulay bo’lgani uchun. Boshida taksilarni vazifasini - "Reno”,”Ford” va ”Fiat” inomarka avtomobillari yurgazdi. Keyinchalik mamlakatda o’zida avtomobillar ishlab chiqara boshlangandan keyin taksoparklar "GAZ-A” va "M-1”ga o’tib olishdi. 1920-1930 yillarda Rossiyada taksoparklar rivojlanib ketdi. 1935-yilga kelib poytaxtda 500 ga yaqin, 1939-yilda esa 3000 mingdan oshdi. 1971-yilga kelib Moskvada 14200 dan ortiq taksilar aholi xizmatida bo’ldi. Ular juda katta daromad keltirib, bir yil ichida o’zini pulini oqladi. 1980-yilda Moskvada 20 mingdan oshiq taksilar qatnadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.