15-iyun Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Xalqaro xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tashkil topgan kun 

3 369

  Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat: Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (2001-yil 15-iyun). ShHT o’z faoliyatida davlatlar o’rtasida o’zaro ishonch va do’stlikni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ta'lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish, umumiy harakatlar bilan mintaqaviy tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash kabi maqsadlarni o’rtaga qo’yadi. Shu bilan birga, tashkilot BMT tamoyillari va maqsadlariga, boshqa davlatlar mustaqilligi va suverenligini hurmat qilish, ichki ishlariga aralashmaslik va ularga nisbatan qurolli kuch ishlatmaslik, a'zo davlatlarning teng huquqligini ta'minlash, mintaqadagi masalalarni o’zaro hal etish kabi qoidalarga qat'iy amal qiladi. 

15-iyun Dunyo miqyosidagi shamol kuni
  15-iyun bizning sayyorada dunyo miqyosidagi shamol  kuni (GlobalWind Day)  nishonlanadi. Bir qarashda g’aroyib bo’lib tuyuladigan bu bayramning tashabbuskorlari Shamolenergetiksi Yevropa uyushmasi va Xalkaro Shamol energiyasi Kengashi bo’lgan. Uni o‘tkazishdan maqsad - jamoatchilik diqqatini (birinchi navbatda, turli mamlakatlar energetika majmualarning vakillarining)  shamol energiyasining ulkan imkoniyatlariga qaratish. Ekspertlar fikriga ko‘ra, shamol energetikasining  rivojlanishi  na faqat energetik, balki iqtisodiy, hamda ekologik  bir qator muammolarning hal qilinishiga olib keladi.  Xususan, bu yo‘nalishda ishlarning  faol olib borilishi energetikaga har yili qo’yilayotgan ulkan miqdordagi pullarning  qisqarishiga olib boradi.  Natijada,  yonilg‘i qazilma manba'larining cheklanganligi muammosi dolzarbligi kamayadi, dunyo hamjamiyati dunyo miqyosidagi iqlim o‘zgarish  bo‘hronini yenga oladi. "Kelajak shamol energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalarniki!", - deyishmoqda ekspertlar. Ko‘p mamlakatlar buni allaqachon tushunishgan. Ishonmovchilarning  «shamolni qo‘lga o‘rgatish»  kelajagi yuk dargumon ish degan shubxalariga qaramay,  shamol energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalar (VEU) bugun dunyoning 80 mamlakatida muvoffaqiyat bilan ishlayapti, shamol energiyasini  ishlab chiqarishda minglab  odamlar qatnashayapti.   Ishga tushirilgan  shamol energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalar (VEU) quvvati bo‘yicha  Xitoy, AQSH, Germaniya va Ispaniya dunyoda oldinda borishmoqda.  Dunyo miqyosidagi shamol  kuni tashkilotchilari ta'kidlaydiki, bayramning asosiy masalalaridan biri bu keng jamoatchilikni shamol energetikasi bilan  tanishtirish, shamol quvvati  hosil bo’lishini odamlarga amalda ko‘rsatish.  15-iyunda dunyoning  ko‘p mamlakatlarida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda, aholini shamol energiyasi stansiyalariga olib borish, mutaxassislar bilan  uchrashuvlar, "shamol - muqobil energiya manbai " mavzusida ma'ruzalar va seminarlar o’tkaziladi. Birinchi marta shamol kuni Yevropada 2007-yilda nishonlandi. 2009-yilda u dunyo miqyosidagi maqomini oldi, bayramni nishonlashga 30 dan ortiqroq  mamlakatlar qo‘shilishdi. Yildan yilga  ularning soni oshib bormoqda.

15-iyun Xalqaro sayr kuni
 15-iyun xalqaro sayr qilish kuni. Bu kun hammaga asosiy ishlaridan bo’shab sayr qilishga imkon beradi. Kimdir o’z o’rtog’i bilan sayr qilib, o’z hayoti haqida gapirib berishi yoki o’rtog’ini tinglashi mumkin. Ota-onalar bu kuni o’zlarining farzandlari bilan sayr qilib, bolariga bayram uyushtiradilar. Kopincha ota-onalar bolalari bilan shug’ullanishga vaqt topa olmaydilar. Ularning nazarida bolalari katta bo’lib qolgandek tuyuladi. Lekin bolalar yoshiga qaramasdan har doim ota-onalari ularga  diqqat-etibor berishini, ular bilan suhbatlashishini xohlaydilar. Xalqaro sayr kuni bolalar bilan  ertalab toza havoda yugurushlar tashkil qilish kerak. Oilaviy yugurishlar oila a'zolarini yaqinlashtiradi, aql-idrokni yuksaltiradi.

15-iyun Xalqaro otalar kuni
  Bu bayramning mashhurligi uzoq 1910-yildan boshlangan.  Bu rasmiy status unga 1966-yilda berilgan bo’lib, uni o’sha paytdagi prezident Lindon Djons tasdiqlagan. Bu fikrning kelib chiqishi oddiy amerika fuqarosi Sonora Smart Dodddan chiqqan edi. U o’zining intilishi bilan otasiga  hurmat,  extiromi  va  minnatdorchiligini bildirmoqchi edi. Otasi xotinining  bevaqt o’limidan keyin oltita bolani katta  qilgan edi. Sonora prezidentga ushbu bayramni tasdiqlashi uchun murojat etdi. Farzandlarini hayoti va ularning rivojlanishida otalarning qanchalik roli katta ekanligida jamotchilikni diqqatini qaratmoqchi edi. Har bir davlat bu bayramni o’zining milliy qadriyatlari bo’yicha nishonlaydi. Kanada bu bayramda har xil konkurslar, bilimini oshiruvchi ekskursiyalar, sport slyotlari  o’tkazadilar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.