13-iyun Xitoyda drakon, Leypsigda Bax festivali o‘tkaziladigan kun 

1 688

  2002-yil 13-iyundan beri Xitoyda drakon festivali o’tkaziladi. Bu festivalni yana "Duanu” bayrami deb ham ataladi. Bu bayramni kelib chiqishi  Chu podsholigi davrida yashagan qadimgi xitoy  vatanparvar-shoiri  Syuy Yuan xotirasi bilan bog’liq. U bir necha bor siyosiy inqiroz va poraho’rliklarga qarshi  islohatlarni o’zgartirish haqida Chu podshoxiga takliflar kiritgan. Podsho esa o’zining atrofidagi amaldorlarning gapiga kirib Syuy Yuanni mamlakatdan surgun qilib yuboradi.  Eramizdan avval 278-yilda Sin podsholigi qo’shinlari Chu podsholigi poytaxtiga bostirib kirishadi. Bunday sharmandalikni eshitib, o’zini daryoga tashlaydi.  Buni eshitgan odamlar qayiqlarga o’tirib, daryodan shoirni jasadini uzoq qidirishadi. Shundan keyin har yili shoirni o’lgan kunini xotirlab shu daryoda drakon shaklidagi qayiqlarda qayiqlar musobaqalarini o’tkazganlar.

13-iyun Leypsigda Bax festivali o‘tkaziladigan kun.
  Har yili 13-iyun kuni Leypsigda Bax Festivali o‘tkaziladi. Bu Festival Germaniyada o‘tkaziladigan Festivallarning eng obro‘lisi bo‘lib, u ulug‘ nemis kompazitori Iogann Sebastyan Baxning ijodiga bag‘ishlanadi. Festival har yili Leypsigda iyunning o‘rtalarida boshlanib 10 davom etadi. Germaniyada har yili Baxga bag‘ishlangan Festivallar bo‘lib o‘tadi, lekin Leypsig Festivali eng mashhur hisoblanadi. Festival katta muvaffaqiyatga ega bo‘lib Bax ijodining muxlislari orasida talabi kattadir. Leypsig shahrining ananaviy madaniyati nafaqat Bax nomi bilan bog‘langan balki bu yerda turli zamonlarda Mendelson, Shuman, Shiller kabi mashhur insonlar yashab o‘tishgan. 1920-yillardayoq "Leypsig - musiqalar shahri” shiori paydo bo‘lgan. Festival 2000-yilda Baxning tavvalud topgan kunining 250 yilligiga bag‘ishlab boshqalardan farqlio‘laroq keng tarzda nishonlandi. Festivalning keyingi yillardagi an'anaga aylanib qolgan yangiliklardan biri mashhur muzikantlarga Baxning maysen farforidan yasalgan medalini topshirish bo‘lib qoldi. 

13-iyun tikuv mashinalar kuni.
  13-iyun norasmiy ravishda  tikuv mashinkasi kuni nishonlanadi. Eng birinchi tikuv mashinalari  sanoat korxonalarining ramzi hisoblangan. Bir necha o’n yillar oldin tikuv mashinkalari har bir xonadonda bo’lgan. Birinchi tikuv mashinkasini ingliz ixtirochisi Tomas Seynt patentlagan. Lekin uning ixtirosi  keng tarqalib ketmadi. Birinchi  bo’lib ishlatishda qulay bo’lgan tikuv mashinkasini fransuz Bartelemi Timonye 1830-yilda ishlab chiqdi va jahonda birinchi tikuv fabrikasini ochdi. Turli ixtirochilar tikuv mashinkalarini zamonaviy turlarini o’ylab chiqa boshladilar. Mexanik mashinkalar qatorida elektromexanik tikuv mashinkalari, undan so’ng mikroprotsessor boshqaruvli (kompyuterlashgan) tikuv mashinkalari ishlab chiqarila boshlandi. Tikuv mashinkalarning aniq  vazifalarni bajaruvchi,   maxsus mashinkalar ham  chiqarilmoqda. Keyingi yillarda tikuv mashinkalari  o’zining ommabopligini yo’qotib bormoqda, chunki hozirda ko’pchilik tayyor kiyimlarni sotib olishni lozim ko’radilar. Ammo tikuv mashinkasi kuni o’zining aktualligini yo’qotmagan. Chunki tikuv mashinkalarining paydo bo’lishi  kiyimlarni ishlab chiqarishda  keskin burilish bo’ldi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.