16-iyun Afrikada yovvoyi tabiat kuni 

2 150

 Afrika yovvoyi tabiat kuni insonlar diqqatini yovvoyi fauna (hayvonlar) va flora(o'simliklar)ga e'tibor qaratishga imkon beradi. Bu kun bizga yovvoyi tabiatni muhofaza qilish zaruriyati, unga nisbatan sodir etilgan jinoyatga qarshi kurash olib borish, yetkazilgan zararning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy oqibatlari haqida eslatadi. Davlat rahbarlari, bosh vazir va vazirlar atrof-muhitni muhofaza qilish va sayyoramizni asrashga va'da beradilar. Atrof-muhitni asrash masalalari bilan alohida davlat muassasalari shug'ullanishadi. Bu kunda atrof-muhit muhofazasi bo'yicha ko'plab Afrika konvensiyalarida imzolanadi. Yovvoyi tabiatni amaliy qadri insonlarning ekologik, genetik, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, ta'lim, madaniy va estetik, farovon turmush tarzi rivojlanishi bilan bog'liq. Shu bois, barcha davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti a'zolari, Afrika yovvoyi tabiat himoya qilish tashkilotlar va nodavlat tashkilotlarga barcha insoniy jamiat va shaxslarga yovvoyi tabiat festivalida ishtirok etish tavsiya qilinadi. Yo'qolib ketish xavf-hatari bo'lgan yovvoyi fauna va flora turlarining Afrika yovvoyi fauna savdosi haqidagi Konvensiyaning kotibiyati Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda Afrika yovvoyi tabiat kunini o'tkazilishiga ko'maklashadi. 2012-yil 15-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 68 sessiyasi qarori bilan, yovvoyi fauna va flora masalalari bo'yicha xabardorlikni oshirish maqsadida, 16-iyun Afrikada yovvoyi tabiat kuni deb e'lon qildi. Bu sana 1985-yil qabul qilingan Yovvoyi fauna va flora turlarini Afrika yovvoyi fauna savdosi haqidagi Konvensiyasi (SITES) kuni bilan to'g'ri keladi, o'z navbatida, yo'qolib ketayotgan turlarni Afrika yovvoyi fauna savdosini tartibga solishda katta ahamiyatga ega.

16-iyun ayollardan birinchi bo’lib Valentina Tereshkova kosmosga parvoz qilgan kun.
 Tereshkova (Nikolaeva) Valentina Vladimirovna  kosmonavt–uchuvchi 1937-yil 6-martda Yaroslavlni Maslennikovo qishlog’ida ishchi oilasida tug’ilgan. 1970-yilda injiner-polkovnik, 1962-yil 22-iyunda  Sovet  Ittifoqi  qahramoni  unvonlarini olgan. N.E.Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo injinerlik akademiyasini 1969 yilda tugatgan. Yaroslavl aeroklubida parashut sporti bilan shug’ullangan va 163 marta sakragan. 1963yil 16-19-iyunda  ayollardan kosmosga birinchi bo’lib parvoz qilgan. "Vostok-6” kosmik kemasi  Yer atrofini  48 marta aylanib, 70 soat 41 minut mobaynida  2 mln.kmga teng masofani uchib o’tdi. 1968-yilda Xotin-qizlar komitetining raisi, 1969-yilda  Xalqaro demokratik  xotin-qizlar   federasiyasining  vise-prezidenti, jahon tinchlik kengashining a’zosi bo’lgan. Orden, medallar, shuningdek chet el ordenlari bilan mukofatlangan. Oyning orqa tomonidagi krater Tereshkova nomi bilan atalgan. 

16-iyun Afrikada bolalarni himoya qilish kuni
  Har yili 16-iyunda Afrika hamjihatlik tashkiloti (Organization ofAfrican Unity) tashabbusi bilan  dunyoda Xalqaro afrikalik bola kuni (International   Day of the African Child) nishonlanadi. Birinchi marta bayram 1991-yilda nishonlangan edi, o’shandan beri kunning asosiy mavzusi dunyo jamoatchiligi,  siyosatchilarning  va tibbiy tashkilotlarning diqqatini afrika bolalarining muammolariga  va ularning  kundalik hayoti sharoitlariga jalb qilish bo'ldi.  Xalqaro afrikalik bola kuni sanasining tayinlanishiga Janubiy Afrika Respublikasida  1976-yili  16-iyunda poytaxti Yoxannesburg  janubi-garbiy chekkasidagi Soueto (Soweto-South Western Townships) manzilgohida yuz bergan fojeali voqyealar sabab bo’lgan edi. Shu kuni minglab qora tanli o‘quvchilar ko‘chalarga chiqib maktab ta'limi sifatini ko’tarishni va o'z qadrdon tilida o‘qitishni talab qilishdi. Yuzlab yosh afrikaliklar hukumat  qo’riqlash kuchlari tomonidan o’tib tashlandi. Keyingi ikki hafta mobaynida  yuzdan ortiqroq kishi  o‘ldirildi va mingdan  ortig’i yaralandi. Rasmiy ma'lumotlarga xabar berishicha, 1976-yil 16-iyunidan 1977-yil 28-fevraligacha davom etgan qo’zg’alon natijasida politsiyachilar 575 kishini halok qilishdi va 6 ming kishini hibsga olishdi. 2011-yilda o'tgan tadbirlarda  qarovsiz qolgan bolalarning qashshoq holatiga diqqat-e'tibor qilishga  qaror qilindi, Afrikada ularning soni, ayrim baholarga ko’ra, 30 millionni tashkil etadi. "Qarovsiz bola" iborasi  tez-tez mamnuniyat bilan tanqidga olinadi, lekin YUNISEF (UNICEF - United Nations Children's Fund)  bunday bolalarni shunday ta'riflaydi: "ular shahar (urbanisticheskoy srede) muhitida yashashyapti; ota-onasi yoki boshqa qarindoshlari bor, lekin ular bilan aloqa kuchsiz yoki mavjud emas; bolalar yashash uchun har xil usullar o’ylab topishyapti, yashab qolishning yagona yo'li bu ko’cha deb tushunishadi». Ma'lumki, qarovsiz bolalar  dunyoda hammadan ko‘ra kam himoyalangan bolalar hisoblanadilar, ular bir necha bor zo‘ravonlikka yo’liqishadi, ishlatish, jismoniy va ma'naviy kamsitishlarga duch bo’lishadi. O’qish uchun haq-ko‘pchilik afrika bolalarning yana bitta katta muammosi. Ehson qiluvchi tashkilotlarning  zo’r  berishlari va yordamiga  qaramay, bugun qonun va amaliy hayot  orasida yengib bo‘lmaydigan g‘ov mavjud. Xuddi shuning uchun xalqaro tashkilotlar,  Afrika davlatlari uyushmasi va YUNISEF  boshchiligida har yili millionlab  afrika bolalari  hayotini insoniy hayotga yaqinlashtirish  mo‘ljali bilan tashabbuslar qilishadi, munozaralar uyushtirishadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.