Abxaziya 

6 121

  Abxaziya Respublikasi (abxazcha nomi „Apsni" — qalb o‘lkasi) — Gurjiston Respublikasi tarkibida Abxaziya 1921-yil 4-martda tashkil topgan. Zakavkazening shimoliy-g‘arbiy qismida joylashgan. Janubiy-g‘arbiy qismi Qora dengizga tutashadi. Maydoni 8,7 ming km.kv. Aholisi 530 mingdan ortiq kishi. 5 tuman, 7 shahar,  4 shaharcha bor. Poytaxti — Suxumi shahri.
 Abxaziya hududining ko‘pchilik qismi Katta Kavkaz tog‘ tizmasining etaklari va yon bag‘irlarida joylashgan (Gagra, Bzib, Abxaziya, Kodori tizmalari). Ayrim joylarda tog‘larning bal. 3-4 ming m ga yetadi. Dovonlar ham bor. Qora dengiz bo‘ylab torgina tekislik cho‘zilgan. Janubi-sharqida Kolxida pasttekisligi joylashgan. Foydali qazilmalari: toshko‘mir, qurilish materiallari, barit, simob, polimetall rudalar.
 Iqlimi — nam subtropik, tog‘larda — mo‘’tadil sovuq va sovuq. Sohilda yanvar harorati 4°, 7°, tog‘larda -2° gacha; iyulda sohilda 22°, 24°, tog‘larda 16°, 18°. Yog‘in miqdori pasttekisliklarda 1300–1500 mm, tog`larda 2400 mm.gacha.
  Abxaziya daryolari: Bzib, Kodori, Galidzga, Gumista; ko`llari: Ritsa, Amtkeli. Pasttekislik va tog` etaklari botqoq, allyuvial, podzol, ayrim joylar sariq, qizil tuproqli. Balandlashgan sari chirindi karbonatli, qo`ng`ir tog`-o`rmon hamda togʻ-o`tloq tuproqlar uchraydi. Mamlakat hududining 55 % dan ko`prog`i o`rmon (samshit, buk, dub, qoraqayin, kashtan, grab daraxtlari), yuqoriroqda oq qaragʻay, undan balandda subalp va alp o`tloqlari bor. Subtropik o`simliklardan xurmo, evkalipt, sarv va b. o`sadi. Abxaziya hududida Ritsa, Gumista, Pitsunda-Myusser qo`riqxonalari bor.
 Aholisi. Asosiy aholisi abxazlar va gurjlar. Ular sohil tumanlari va tog` yon bag`irlarida yashaydi. Shaharlari: Ochamchira, Gudauta, Gagra (dengiz portlari), Gali, Tkvarcheli. Abxazlar o`zlarini apsua deb ataydilar. Davlat tili — abxaz tili.
  Abxaz xalqining ajdodlari haqidagi dastlabki ma`lumotlar jez asrining keyingi davridan boshlanadi. Mil. av. minginchi y. o`rtalarida Abxaziya Kolxida qirolligining bir qismi bo‘lgan. Mil.av. 2-asr oxiri 1-asr boshlarida Abxaziya Pont qirolligi, mil.av.65 yildan Rim qaramog‘ida bo‘lgan. Abxaziyada G‘arbiy Gurjistonda vujudga kelgan Laz qirolligi tarkibiga kirgan.  Abxaziya larda butun Abxaziya ni Vizantiya zabt etgan.  Abxaziyaga kelib abxazlar Vizantiyaga itoat etmay qo‘ydi. Shu Abxaziyaning 80-ylarida G‘arbiy Gurjiston yerlari Abxaziya qirolligiga birlashtirildi. Abxaziyadan Abxaziya Turkiyaga qaram bo‘lib qoldi va abxazlar yerlari iqtisodiy-madaniy inqirozga uchradi. 1810 y.da Abxaziya Rossiyaga qo‘shib olindi. Abxaziya boshlarida abxazlar Axchipsou, Aibga, Dal, Sabal, Psxu kabi erkin jamoalar tarzida kun kechirgan. Har biri bir necha ming kishidan iborat bo‘lgan erkin jamoalar qon-qardoshlik guruhlariga bo‘linar va ular o‘rtasidagi munosabatlar abxazlarning an`anaviy huquqiga asoslanar, hamma masalani jamoa oqsoqoli hal qilar edi. Asrlar davomida Abxaziya knyazligining markazlashuv darajasi avvalo hokim knyazning shaxsiy obro‘-e`tiboriga bog‘liq bo‘lgan. Ko‘pincha u va mahalliy zodagonlar erkin jamoalarni nazorat qilmasdi. Abxaziya Rossiyaga qo‘shib olingach, bir necha o‘n yillar davomida vaziyat notinch bo‘ldi. Aholining bir qismi Turkiya tarafdori edi. 1864 y.gi Kavkaz urushidan keyin Abxaziyaning muxtoriyat maqomidan mahrum etilishi vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Ommaviy norozilik 1866 y.da abxazlarning yalpi qo‘zg‘oloniga aylanib ketdi. Rus jazo otryadlari qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostirdi. Ma`murlar g‘alayonchi ab-xazlarni Turkiyaga ko‘chira boshladi. 1877-78 y.lardagi rus-turk urushida abxazlar Turkiya tarafida faol ishtirok etishi sababli ularni majburan Turkiyaga ko‘chirish ommaviy tus oldi. Natijada abxazlar yashab kelgan hudud ikkiga: shim,-g‘arbiy (bzib) va janubiy-sharqiy qismlarga bo‘linib qoldi. Abxazlar tark etgan yerlarga Turkiyadan greklar va armanlar, Rossiyadan turli millat kishilari, Gurjistondan asosan megrellar ko‘chib kela boshladilar. Shu tariqa hoz. Abxaziya turli-tuman millatlar yurti bo‘lib qoldi. 1921 y. 16 dekabrda Abxaziya shartnoma asosida Gurjiston tarkibiga kirdi. 1990 y.dek. dan Abxaziya muxtor respublikasi, 1992 y. iyuldan ABXAZIYA Respublikasi. Abxaziyadagi 1990-ylardagi vaziyatning xususi-yatlari va o‘tkir gurj-abxaz mojarosining sabablari ko‘p jihatdan tarixiy o‘tmishga va 19-20-Abxaziyalardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar harakteriga borib taqaladi.Xo‘jaligi. Abxaziya g‘arbiy va sharqiy iqtisodiy hududlarga bo‘linadi. Xo‘jaligida agrar soha ustun. Choy, tamaki, sitrus mevalari, efir moyli o‘simliklar ekiladi, makkajo‘xori yetishtiriladi. O‘rmonchilik va ko‘mir qazib olish tarmoqlari rivojlangan. 90-yillarning boshigacha sanatoriy-kurortlar tizimi alohida o‘rin olgan. Dengiz bo‘ylarida bog‘dorchilik va tokchilik, shuningdek chorvachilik (asosan qoramolchilik), parrandachilik, pillachilik, baliqchilik va asalarichilikka katta ahamiyat beriladi. Sanoatda oziq-ovqat, tamaki mahsulotlari, meva kon-servalari ishlab chiqariladi. Abxaziyada 4 tamaki-fermentatsiya zavodi, bir necha choy f-kasi, Kodori taxta tilish kombinati bor. Mahalliy xom ashyo asosida efirli moy zavoddlari, shuningdek charm poyabzal k-ti va bir necha tikuvchilik korxonalari ishlaydi. Elektr energiyasi asosan Tkvar-cheli elektr st-yasi va Suxumi GESida hosil qilinadi. Mashinasozlik va kimyo sanoati, qurilish materiallari korxonalari bor. Abxaziya hududini Suxumi — Cherkasiya temir yo`l va avtomobil yo‘llari kesib o‘tadi. Asosiy dengiz porti — Suxumi sh. Muhim iqlimiy kurortlar Suxumi, Gagra, Gudauta, Noviy Afon, Pitsundada joylashgan.Madaniyati. Abxaziyada o‘rta umumiy ta`lim maktablari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, oliy o‘quv yurtlari (Suxumi unstituti, Subtropik xo‘jalik instituti), institutlari, klub muassasalari, muzeylar, botanika bog‘i ishlab turibdi. Abxaz tilida gaz. va jurlar nashr etiladi. Abxaz, gurj va rus tillarida radio eshittirishlar olib boriladi. Retranslyatsiya teleko‘rsatuvi mavjud. Xalq og‘zaki ijodida qahramonlar haqidagi ertaklar, rivoyatlar, ovchilik haqidagi hikoyalar, bandi qilib qo‘yilgan Abrskil haqidagi qad. rivoyat, xalq qo‘shiqlari mashhur. Xalq shoiri D. Gulia abxaz adabiyotining asoschisi hisoblanadi. Cho‘pon va ovchi qo‘shiqlari, dehqonchilik va urf-odatlar bilan bog‘liq qo‘shiq va laparlar abxaz musiqasiga asos bo‘lgan. Abxaziya hududida jez davrining dolmen deb atalgan sag‘analari, qad. yunon va Rim davridan qolgan inshootlarning vayronalari (Dioskuriya-Sebastopolis, Anakopiya va b.), Vizantiya davri me`moriy yodgorliklari — Noviy Afondagi ustunli bir gumbazli imorat, neolit va jez zamonlaridagi odam va hayvonlarning haykalchalari, naqshli keramika va bronza buyumlar saqlanib qolgan. Abxaziyaning boshlaridagi miniatyuralar, Abxaziyalardagi freskalar mashhur. Hoz. zamon tasviriy san`atining shakllanishida 1918 yil ochilgan Suxumi badiiy maktabi muhim rol o‘ynagan. Abxaziyaning birinchi professional rassomi Abxaziya Shervashidze (Chachba) bo‘lgan. I.Somaya, N.Tebukashvili, Ch.Kukuladze, V. Mesxi, M.Eshba, B. Gogoberidze kabi san`atkorlar mashhur. Qadimdan amaliy-bezak san`ati rivojlangan. Abxaziya Kavkaz janubi-garbidagi va Qora dengizning sharqiy qirg`og`idagi bahsli mintaqadir.`Abxaziya o`zini mustaqil, deb hisoblaydi va Abxaziya Respublikasi, deb ataydi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.