Ozarbayjon 

11 650

  Rasmiy nomi — Ozarbayjon Respublikasi. Poytaxti — Boku. Hududi — 86600 km. Aholisi – 9 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili — ozarbayjon. Dini — musulmonlar (88%), pravoslavlar (12%.) Pul birligi — Ozarbayjon manati.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Ozarbayjon Janubi g’arbiy Osiyoda, Kavkazortida, Kaspiy dengizi sohillarida joylashgan. Shimolda Rossiya, shimoli g‘arbda Gruziya, janub va janubi g‘arbda Armaniston bilan chegaradosh. Sharqda Ozarbayjon Kaspiy dengizi bilan tutashgan. Mamlakat hududining 50% i tog‘lardan iborat. Shimolda Katta Kavkaz, janubda — Kichik Kavkaz, ular oralig‘ida Kura vodiysi joylashgan. Janubi sharqda Tolish tog‘lari, janubda O‘rta Araks cho’kmasi va uning shimoliy chekkasi Daralagez va Zangezur tizmalari yastanib yotadi. Mamlakat hududi joylashgan Tolish togiarining balandligi    2477 m ga yetadi. Sheki-Shemaxa hududlari hamda Araks vodiysi seysmik faol hududlar hisoblanadi.
 Iqlimi — subtropik. Mamlakatda 1250 ga yaqin daryo bor. Ulardan yirigi — Kura. Ozarbayjonda 250 ga yaqin ko‘l mavjud bo‘lib, ulardan eng yiriklari Berkshor va Xojiqabul ko‘llari. Asosiy qazilma boyliklari — neft, tabiiy gaz, temir, aluminiy, mis, qimmatbaho metallar. Ozarbayjon o‘simlik dunyosi o‘ta rang-barang. Tog‘li hududlari butazor va o‘rmonzorlar bilan qoplangan.
 Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Dav­lat tuzilishi — respublika. Mamlakat 67 ta ma’muriy hudud va Naxichevan Muxtor Respublikasidan tashkil topgan. Davlat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organi bir palatali parlament — Milliy Majlis. Asosiy siyosiy partiyalari: Ozarbayjon Xalq Fronti (OXF), Yangi Ozarbayjon, Ozarbayjon Kommunistik Partiyasi (OKP), Musulmon Demokratik Partiya (MDP), Islom ittifoqi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sanoatining asosiy sohalari: neft qazib olish va uni qayta ishlash. Bundan tashqari, kimyo, mashinasozlik va qora metallurgiya ham yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligining asosiy ekinlari: bug‘doy, sholi, paxta va tamaki. Bog‘dorchilik va uzumchilik yaxshi rivojlangan. Anor, xurmo, anjir va sitrus mevalar yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Chorvachilik asosan qoramol va qo‘ylarni boqishga ixtisoslashgan. Ipakchilik qadimiy sohalardan hisoblanadi. Eksport mahsulotlari: neft va neft mahsulot­lari, rangli metall, paxta. Import mahsulotlari: mashina va ehtiyot qismlar, oziq-ovqat, sanoat xomashyosi. Asosiy savdo hamkorlari — Rossiya va MDH davlatlari, Eron, Turkiya.
  Tarixi. М. a. VI-II asrlarda Ozarbayjonning asosiy qismida Kavkaz Albaniyasi davlati mavjud bo`lgan. VII-IX asrlarda bu hududlar forslar va Arab xalifaligi hukumronligi ostida bo’lgan. Bugungi Ozarbayjon xalqi XI-XIII asrlarda shakllangan.XIII-XIV asrlarda mo‘g‘ullar tomonidan bosib olingan. Keyinchalik Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. XVIII asrga kelib Eronga tobe boigan 15 ta davlatchaga bo‘linib ketgan. 1922-yildan 1991-yilgacha Ozarbayjon Sovet davlati tarkibida bo‘ldi. 1991-yil o‘z mustaqilligini e’lon qildi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.