3-mart Butunjahon yovvoyi tabiat kuni 

3 517

Ta'sis etilgan Butunjahon yovvoyi tabiat kuni insonlar diqqatini yovvoyi fauna (hayvonlar) va flora (o'simliklar)ga e'tibor qaratishga imkon beradi. Bu kun bizga yovvoyi tabiatni muhofaza qilish zaruriyati, unga nisbatan sodir etilgan jinoyatga qarshi kurash olib borish, yetkazilgan zararning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy oqibatlari haqida eslatadi. Davlat rahbarlari, bosh vazir va vazirlar atrof muhitni muhofaza qilish va sayyoramizni asrashga va'da beradilar. Atrof muhitni asrash masalalari bilan alohida davlat muassasalari shug'ullanishadi. Bu kunda atrof muhitmuhofazasi bo'yicha ko'plab xalqaro konvensiyalar imzolanadi. Yovvoyi tabiatni amaliy qadri insonlarning ekologik, genetik, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, ta'lim, madaniy va estetik, farovon turmush tarzi rivojlanishi bilan bog'liq. Shu bois, barcha davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti a'zolari, xalqaro tashkilotlar va nodavlat tashkilotlarga barcha insoniy jamiat va shaxslarga yovvoyi tabiat festivalida ishtirok etish tavsiya qilinadi. Yo'qolib ketish xavf-hatari bo'lgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi xaqidagi Konvensiyaning kotibiyati Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda Xalqaro yovvoyi tabiat kunini o'tkazilishiga ko'maklashadi. 2013-yil 20-dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 68 sessiyasi qarori bilan, yovvoyi fauna va flora masalalari bo'yicha habardorlikni oshirish maqsadida, 3-mart Xalqaro yovvoyi tabiat kuni deb e'lon qildi. Bu sana 1973-yil qabul qilingan Yovvoyi fauna va flora turlarini xalqaro savdosi haqidagi Konvensiyasi (SITES) kuni bilan to'g'ri keladi, o'z navbatida, yo'qolib ketayotgan turlarni xalqaro savdosini tartibga solishda katta ahamiyatga ega. 2013-yil 3-14-mart kunlari Bangkokda o'tkazilgan SITES tomonlari Konferensiyasining 16 sessiyasida ham 3-mart - Xalqaro yovvoyi tabiat kuni deb e'lon etishni tavsiya qildi. SITES qarorining homiysi bo'lib, ushbu Konferensiyani o'tkazgan, Tailand qirolligi chiqdi.

3-mart Butunjahon yozuvchilar kuni
Har yili 3-mart kuni,  1986-yil 12-18-yanvarda   o’tkazilgan (International PEN Club),   48 chi kongressi qaroriga    asosan, Butunjahon yozuvchilar kuni nishonlanadi. Qalamkashlar-davrasi (russk.-PEN-klub) 1921-yili Londonda tashkil etilgan.Тashkilot nomi-abbreviatura, ingliz so’zlarining birinchi harflaridan iborat Poets-shoirlar, Essayists-ocherkchilar, Novelists-romanchilar. Bu birinchi xarflardan iborat bo’lgan pen so’zining  ma'nosi Ruchka deb tarjima qilinadi. Tashkilot  tuzish fikri ingliz yozuvchisi Ketrin Emi Douson Skottga tegishli (Mrs. C.A. Dawson Scott).PEN-klubning birinchi prezidenti Djon Golsuorsi (John Galsworthy) hisoblanadi. 1923-yili Londonda birinchi Xalqaro Qalamkashlar - davrasining birinchi  kongressi o’tkazildi.   Shu vaqtda dunyoni 11 ta mamlakatida ham PEN-klublar tashkil qilindi.Bugungi kunda shunday markazlar 130 davlatda faoliyat ko’rsatmoqda.Bunday  xalqaro yozuvchilar birlashmasi, PEN-klub Xartiyasida ko’rsatilganidek, "xar bir davlat va barcha davlatlar o’rtasida axborot erkinligi prinsiplarining himoyasida turadi”. A'zolar o’z davlat va jamiyatida, xamda imkon bo’lsa, butun dunyo miqyosida so’z erkinligiga har shaklda ko’rsatilayotgan bosimga qarshi kurashadilar.  PEN-klub a'zolari nashr erkinligi va  tinchlik davrida ixtiyoriy xarakatlarni nazoratini ximoyasida turadi, qarshi PEN-klub ta'kidlashicha, insoniyat  siyosiy va iqtisodiy  rivojlanish cho’qqilariga chiqishda davlat, boshqaruv tizimi va siyosiy institutlarni erkin tanqid qilish lozim. PEN klub a'zolari yolg’on  ma'lumot tarqatish, soxtalashtirilgan nashr bosib chiqishga qarshi kurashish  majburiyatini olgan. Butunjaxon yozuvchilar kuni  - butun dunyoda nafaqat yozuvchilar balki "to’rtinchi hokimiyat” vakillarining kasb bayrami sifatida nishonlanadi. Mazkur sananing ayrim tadbirlarida eng yaxshi yozuvchilarga mukofotlar beriladi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.