12-oktyabr AQShda Xristofor Kolumb kuni 

4 048

1492-yil 12-oktyabr kuni italiyalik (ayrim ma'lumotlarga ko’ra ispaniyalik) sayyoh Xristofor Kolumb Yangi dunyoga kelgan - bu kuni Xristofor Kolumb ekspeditsiyasi Bagama arxipelagidagi San-Salvador orollariga yetib kelgan va natijada Amerikani ochilganligi sanasi shu kunga belgilangan. Shunga qaramay, Kolumb Kuni Amerikada 12-oktyabr kuni nishondanadi. AQShda bu kuni oktyabr oyining ikkinchi dushanbasida nishonlanadi. Ilk bor bu bayram tantanasi 1792-yil Amerika ochilishining 300 yilligiga bag’ishlanganligi munosabati bilan o’tkazilgan. Shu vaqtning o’zidayoq suzuvchi sharafiga haykalo’rnatilgan, oradan 100 yil o’tgach, 400 yillik tantana munosabati bilan haykal Nyu-York shahrida ham qad rostladi va AQSh prezidenti Bejamin Garrison amerikaliklarni bu kunni har yili bayram shodiyonasi o’rnida o’tkazishga chorladi.

12-oktyabr Ispan tili kuni
Ispan tili kuni Xalqaro BMTning tashabbusi bilan tashkil etilgan. 2010-yilda BMT ispan tilini rasmiy dunyo tillariga kiritish haqidagi mulohazalari bilan chiqdi. Shu davrdan boshlab 12-oktyabr – Ispan tili kuni bayrami nishonlanib kelinmoqda. Yana shu kuni 2 ta muhim bayram Muqaddas qiz  Pilar va Ispanchilar kuni. Eng avvalgi bayram Iso payg’ambar onasi Bibimaryamga va Pilar muqaddas ayol sharafiga bag’ishlangan bo’lib, Aroganda – Ispaniyaning tarixiy viloyatida bo’lib o’tgan afsonalarga ko’ra, Muqaddas ayol Santyagoning elchisi hisoblangan. Shundan keyin Muqaddas onaga ibodat o’tkazish marosimi, Katolik Ispaniyada Pilar onani qadrlash marosimlari qadrlana boshlangan. 1913-yilda mashhur tadbirkor va jamoat arbobi Faustino Rodriges San-Pedro 12-oktabrda yana bir muhim bayram – Ispan irqchilik kuni yoki "Fiyetta de Ispanidad”, "Ispanidad” so’zining mazmun-mohiyati shundan iboratki, insonlar Imperiya davriga ya’ni, qachonlardir Ispaniya dunyoda ko’pgina yerlarga hukmronlik qilgan. Hozirgi kunda ispanlarning ta’siri ko’pgina davlatlarda salmoqli ahamiyatga ega. Mutaxassislarni fikricha turlicha, ispan tilida so’zlovchilarning soni-Ispaniyaning o’zida yashovchilarining aholisi va AQSh, Meksika, Janubiy Amerika hamda Afrika davlatlarida jami 450-500 mln kishi ispan tilida so’zlashadi. BMT ushbu kunda turli tuman tadbirlar, konsert, tanlovlar, ilmiy-ommabop ko’rgazmalar va til darslari o’tkazishlari lozimdir.

Shuningdek ushbu kunda ...

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.