Ispaniya 

16 389

 Rasmiy nomi — Ispaniya Qirolligi. Poytaxti — Madrid. Hududi — 504,8 ming km.kv. Aholisi — 40,9 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili — ispan. Dini — ko‘pchiligi katoliklar. Pul birligi — yexiro.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning Janubi g’arbida Pireney yarimorolida joylashgan О‘rta Yer dengizidagi Balear, Atlantika okeanidagi Kanar orollari, Afrikaning shimoliy qirg‘og‘idagi Seuta va Melilya shaharlari va unga yondosh Velesdele Gomera, Alu-Semas, Chafarinos orollari ham Ispaniyaga qarashli. G’arbda Portugaliya (chegara uzunligi — 1214 km), shimolda Fransiya (623 km) va Andorra (65 km), janubda Gibraltar (1,2 km) bilan chegaradosh.
 Ispaniya subtropik mintaqada joylashgan. Hududi- ning aksar qismi yassitog‘lik, o’rtacha balandlikdagi tizmalar, yassitogiiklar va pasttekisliklardan iborat. Syerra-Nevado tizmasidagi Mulasen tog‘i (3478 m) Ispaniyadagi eng baland tog’dir. Mamlakatning asosiy daryolari: Tixo, Ebro, Gvadalkvivir, Dyeero, Gvadiana va boshqalar. Ispaniyada uran, mis, simob, qo‘rg‘oshin, temir, volfram, qalay, oltin, kumush, margimush, marganes konlari bor. Hududning 31% i ekin ekiladigan yerlar. 31% o‘rmonlar va butazorlar, 21% o‘tloq va yaylovlardan iborat.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Ma’muriy jihatdan 17 ta muxtor hududga, ular o‘z navbatida ellik ta viloyat (provinsiya)ga bo‘linadi. Milliy bayrami — 12-oktabr — Ispan millati kuni. 1492-yildan boshlab mustaqil davlat. Davlat boshlig‘i — qirol (1975-yil 22- noyabrdan Xuan Karlos I), uning huquqi konstitutsiya bilan chegaralangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni General Korteslar (parlament) amalga oshiradi. Korteslar ikki palata — Deputatlar Kongressi va Senatdan iborat. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini qirol parlamentning ikkala palatasi raislari bilan maslahatlashib tayinlaydi. Asosiy partiyalari: Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi (ISIP), Xalq partiyasi (XP), Ispaniya kommunistik partiyasi (IKP), Basklarning millatparvar partiyasi (BMP), Kataloniya demokratik konvergensiyasi (KDK), Valensiya Ittifoqi (VI).
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Ispaniya industrial-agrar mamlakat. YMMda sanoatning ulushi 23%, qishloq xo‘jaligining ulushi 35%, xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 60% dan ortadi. 2012-yil YIM miqdori 1351,1 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 30,1 AQSH doll.) tashkil etgan. Sanoatida og‘ir sanoat yetakchi o‘rinda turadi. Mashinasozlik, avtomobilsozlik, kemasozlik, elektrotexnika, dastgohsozlik, kimyo sanoati rivojlangan. Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i dehqonchilik.
 Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 14378 km. Avtomobil yo‘llari uzunligi — 324 ming km. Portlari: Kartaxena, Alxesiras, Barselona, Bilbao, Santa-Krus-de- Tenerife, Vigo, Kadis, La-Коrunya, Malaga, Santaner, Tarragona, Valensiya, Xixon, Alekante, Almeriya.
  Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, AQSH.
 Tarixi. М.a.VII asrdan Ispaniyaning janubiy va sharqiy sohilbo‘ylari flnikiyaliklar va yunonlar tomonidan o‘zlashtirila boshlangan. M.a. 7000-5000-yillarda 0‘rtayer dengizi sohilida iberlar madaniyati paydo bo‘ldi. М. a. Ill asr oxirlarida Ispaniya hududining ko‘p qismi Karfagen qo‘l ostiga o‘tdi. М. a. II asr boshlariga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib chiqardilar. Mavrlar 711-718-yillarda Pireney yarimorollarining ko‘p qismini bosib oldilar va bu qismlar Damashq xalifaligi qo‘l ostiga o‘tdi. 756-yil mustaqil davlat — Qurdoba amirligi, 929-yilda esa Qurdoba xalifaligi tuzildi. X-XI asrlarda musulmonlar Ispaniyasi bir necha mustaqil davlatlarga bo‘linib ketdi. 1212-yilda mavrlarga qarshi hujum (Rekonkista) natijasida Aragoniya, Kastilya va boshqa ispan qirolliklari vujudga keldi. Kastilya va Aragoniya bitta qirollikka birlashib (1469-yil), mamlakatni 1492-yilda mavrlardan ozod qildi. Ispaniya qirolligi XVI asrda gullab-yashnadi, Janubiy va Markaziy Amerikada mustamlakalarini kengaytirdi, 1580-yilda Portugaliyani zabt etdi, lekin XVII asrda ko‘p hududlaridan ajraldi. 1640-yil Portugaliya, 1648-yil Niderlandiya, 1649-yilda esa Artua va Rusilon provinsiyalarini Fransiyaga boy berdi. XIX asr boshlarida mamlakat Napoleon qo‘shinlaridan ozod qilindi. 0‘sha paytda ispanlar Janubiy va Markaziy Amerikadagi deyarli barcha mustamlakalaridan ajraldi. XIX asrda Ispaniyada absolyut hokimiyat tarafdorlari va liberallar o‘rtasida kurash bo‘lib o‘tdi. 1923-yilda davlat to‘ntarishi natijasida mamlakatda diktatura o’rnatildi. 1931-yilda Ispaniya Respublika deb e’lon qilindi. Qirol Alfons XIII taxtdan voz kechmay mamlakatni tark etdi. 1936-yilda Xalq fronti hokimiyat tepasiga kelgach, fuqarolar urushi avj oldi va 1939-yil mamlakatda Franko fashistik rejimining o‘matilishi bilan tugallandi. 1975-yilda Franko vafotidan keyin Ispaniyada Konstitutsion monarxiya o‘matildi. 1976-yilda mamla­katda parlament tizimi joriy etildi,1978-yilda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. 1986-yildan Ispaniya YI a’zosi. 2004-yil mart oyida hokimiyat Sotsialistik partiya qo‘liga o‘tganidan so‘ng ispan qo‘shinlari Iroqdan olib chiqildi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.