Portugaliya 

18 957

  Rasmiy nomi — Portugaliya Respublikasi. Poytaxti — Lissabon. Hududi – 92,3 ming km.kv. Aholisi – 11 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — Portugal. Dini — katoliklar (97%), protestantlar. Pul birligi — yevro.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Pireney yarimorolida joylashgan janubi g‘arbiy Yevropadagi davlat. Atlantika okeanidagi Azor va Madera orollari ham Portugaliyaga tegishli hisoblanadi. Sharqda va shimolda Ispaniya bilan chegaradosh. G‘arbda va janubda Atlantika okeani suvlari uning qirg‘oqlarini yuvib turadi. Chegaralarining umumiy uzunligi — 1214 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 793 km. Portugaliyaning shimoliy va shimoli sharqiy qismi tog‘lar bilan tugallangan. Asosiy tog` tizmasi Syerra-de-Eshtrela. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi — Eshtrela (1551 m) tog‘idir. Portugaliyaning markazi va janubida pasttogiiklar va tepaliklardan iborat Portugal pasttekisligi yastanib yotadi. Asosiy daryolari: Doru (Duxro), Teju (Taxo), Gvadiana. Qazilma boyliklardan temir rudasi, uran rudasi, volfram, bulardan tashqari tabiiy boyliklardan marmar, yog’och mavjud. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 32%, o‘rmonlar va dashtlar 40% ini egallagan.
  Iqlimiga Atlantika okeanining ta’siri kuchli. 0‘simlik dunyosi daraxtlarga boy, asosan yirik bargli va ignabargli daraxtlardan iborat. Hayvonlardan bo‘ri, tulki va boshqalar uchraydi.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Dav­lat tuzilishi — respublika. Mamlakat 22 okrugga bo‘lingan. Portugaliya 1143-yilda mustaqillikka erishib, 1910-yili 5-oktabrda respublika deb e’lon qilindi. Milliy bayrami 10-iyun — Portugaliya kuni. Ijro etuvchi hokimiyat prezidentga (davlat boshlig‘i) va premyer-ministrga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali Respublika Yig‘ini tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatda 18 ta siyosiy partiya ro’yxatga olingan, ularning eng yiriklari: Portugaliya sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistik partiya, Portugaliya kommunistik partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Por­tugaliya Yevropa hamdo‘stligiga a’zo bo‘lib kirganidan buyon, so‘nggi o‘n yillikda kuchli iqtisodiy o‘zgarishni boshdan kechirdi, biroq Yevropa hamdo‘stligi a’zolari ichida aholisining yashash darajasi hali ham past bo‘lib qolmoqda. Sanoatning eng rivojlangan sohalari: metallga ishlov berish, kimyo, neftni qayta ishlash, to‘qimachilik, baliqni konservalash, vinochilik. Turizmdan tushadigan mablag‘ davlat budjetining katta qismini tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligida mehnatga yaroqli aholining 20% i band bo‘lib, asosiy yetishtiriladigan mahsulotlar: donli ekinlar, kartoshka, uzum; chorvachilik ham rivojlangan. 2012-yil YIM miqdori 219 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 20,6 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Savdo hamkorlari — YI mamlakatlari, AQSH.
  Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 3613 km, avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 73661 km, ichki suv yo‘llarining uzunligi — 820 km. Mamlakat­ning yirik portlari: Lissabon, Portu, Setubal.
  Tarixi. Liberiyalik luzitan qabilalari yashagan zamonaviy Portugaliya hududlari m. a. 1 asrda Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. V-VII asrlarda qadimgi Rim imperiyasidan so‘ng Luzitaniya, Provinsiya vandallar va vestgotlar bosqiniga duchor bo‘ldi. 713-718- yillarda mamlakat arablar tomonidan bosib olindi. 1095-yilda tashkil topgan Portugaliya grafligi asta-sekinlik bilan mavrlar (arablar) bosib olgan hududlarni qayta ishg‘ol qildi. 1493-yilda Alfonso  I boshchiligida mustaqil Portugaliya qirolligi tashkil topdi va arablarga qarshi kurash davom etdi. V asrda mamlakatda hokimiyat tepasiga Avishlar sulolasi kelgan davrda Portugaliya yirik dengiz flotiga ega bo‘lgan davlatga aylandi. XV asr oxirlari va XVI asr boshlarida portugaliyalik dengizchilar (Diash, Vasko da-Gama, Kabral va boshqalar) bir qator geografik kashfiyotlar qilishgan, ammo Portugaliya tom ma’nodagi Ispaniya va Buyuk Britaniya kabi imperiyaga aylana olmadi. XVI asrning ikkinchi yarmida Portugaliya monarxiyasi zaiflashib, 1580-yilda ispan hukmronligi ostiga tushib qoldi. 1840-yilgacha, ya’ni Remels tashabbusi bilan mamlakatdan ispanlar quvilib, qirol taxtiga Brogansa sulolasi asoschisi Juan VI o‘tirguniga qadar, 1668-yilda Portugaliya yangidan mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Biroq, 1703-yilgi Angliya bilan tuzilgan shartnoma idora qilish ittifoq munosabatlarini o‘rnatishni nazarda tutib, Portugaliya uning ta’sirida XX asrgacha yashadi. Napoleon urushlari davrida qirol sulolasi Portugaliyaning Braziliyadagi koloniyalarining biriga qochib o‘tib, u yerda Portugaliya fransuz qo‘shinlaridan ozod qilinguniga qadar istiqomat qildilar. 1822-yilda monarx taxtga qaytganidan so‘ng mamlakatning siyosiy hayoti beqaror bo‘lib, qirol hokimiyati tarafdorlari va sentabriyetlar (respublikachilar) o‘rtasidagi doimiy kurash bilan tavsiflanadi. 1910-yilda Portugaliya Respublika deb e’lon qilindi, biroq 1932-yilda qat’iy avtoritar boshqaruviga asoslangan Estado Nabo (Yangi davlat) tuzumini e’lon qilgan Salazar diktaturasi o’rnatildi. 1968-yilda Salazar o‘rniga kelgan M. Kayetanu ungacha mavjud bo‘lgan siyosatini davom ettirdi, biroq 1974-yil 25-aprelda general Spinola boshchiligidagi bir guruh ofitserlar tomonidan ag‘darildi. Shundan keyin mamlakatda muhim ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar roy berdi.
  Portugaliya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatilgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.