Andorra 

7 597

Rasmiy nomi — Andorra Knyazligi. Poytaxti — Andorra-la-Velya. Hududi — 0,468 ming km.kv. Aholisi — 70977 kishidan ortiq (2012). Davlat tili — katalon. Dini — katolik. Pul birligi — yevro.
   Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning janubi g‘arbida joylashgan (Sharqiy Pireney) davlat. Janubda va g‘arbda Ispaniya (chegara uzunligi — 65 km), sharq va shimolda Fransiya (60 km) bilan chegaradosh. Mamlakat hududi asosan qoyali togiardan iborat, eng yuqori nuqtasi — Kama Pedrosa tog‘i (2946 m). Ko‘p miqdorda muzlik davrida tashkil topgan ko‘llar mavjud. Tabiiy boyliklari: gidroenergiya, mineral suv, temir rudasi, qo‘rg’oshin, yog’och.
Iqlimi — mo‘tadil.
   Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — suveren parlament knyazligi. Andorra ikkita knyaz — Fransiya prezidenti hamda Ispaniya yepiskopi- ning mahalliy vakillari tomonidan boshqariladi. Bir palatali parlamenti — Vodiylar Bosh Kengashi, Sud hokimiyati quyidagicha taqsimlangan: fuqarolik ishlarini Perpinyan (Fransiya)dagi Andorra Oliy sudi yoki yepiskop Urnelskiy cherkov sudi (Ispaniya) hal qilsa, jinoiy ishlarni — Sudlar Tribunali. Birinchi siyosiy partiya — Demokratik ittifoq — 1976-yilda tashkil topgan.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Andorra iqtisodining asosini turizm tashkil qiladi (yiliga 13 mln turist). Sigaretlar, sigaralar va mebel ishlab chiqish yo’lga qo‘yilgan. Ekinga yaroqli yer kamligi uchun oziq-ovqatning asosiy qismi import qilinadi. Chorvachilikning asosiy turi — qo’ychilik. 2006-yil YIM miqdori 2113 mln dollarni (aholi jon boshiga — 26800 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari — Fransiya va Ispaniya.
Temiryo`llari yo‘q. Avtomobil yo‘llari uzunligi — 96 km.
   Tarixi. Andorra tarixiy manbalarda dastlab 805- yilda tilga olingan. XIII asrda graf Fua (Fransiya) va katalon yepiskopi Urnel boshqaruviga o‘tadi. Ispaniya va Fransiya protektorati ostida bo‘lgan Andorra 1993-yilda mustaqil davlat deb e’lon qilinadi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.