Ekvatorial Gvineya 

3 944

  Rasmiy nomi — Ekvtorial Gvineya Respub­likasi. Poytaxti — Malabo. Hududi — 28051 km.kv. Aholisi — 0,6 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili — ispan. Dini — katolik. Pul birligi — ekvele.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Afrika qit’asining g‘arbidagi davlat. Sharq va janubda Gabon (chegara uzunligi — 350 km), shimolda Kamerun (189 km) bilan chegaradosh. G‘arbda mamlakat Gvi­neya ko‘rfazi bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi — 539 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 296 km. Materikdagi hududdan tashqari Ekvatorial Gvineyaga Bioko, Annobon va qator mayda orollar tegishli. Ekvatorial Gvineya — tog‘li mamlakat. Sohil bo‘yidagi tekisliklar sekin-asta past tog‘larga aylanib boradi. Orollar vulqon jismlaridan iborat. Asosiy daryolari — Miteleme va Benito. Asosiy tabiiy resurslari: marganes, uran, yog‘och, neft. Iqlimi — ekvatorial. O‘simlik dunyosi Ebena, okume, akaju, ovenka, akoga, non, sandal daraxtlari, mimoza, fikuslardan iborat. Hayvonot dunyosini turli maymunlar, qoplon, fil, antilopa, kiyik, mangust, bir necha tur ilon, qush, hasharotlar tashkil etadi. Bioko orolida jayra uchraydi.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezident respublikasi. Mamlakat tarkibiga 7 ta provinsiya kiradi. 1968-yilning 12-oktabrida Ekvatorial Gvineya Ispaniyadan mustaqillikka erishdi (avvalgi nomi — Ispaniya Gvineyasi). Shu kun milliy bayram — Mustaqillik kuni hisoblanadi. Davlat bosh- lig’i-prezident, hukumatni Bosh vazir boshqaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident parlament -Xalq vakillari palatasi bilan birgalikda amalga oshiradi. Yirik siyosiy partiyalari: Ekvatorial Gvineya demokratik partiyasi, Xalq ittifoqi, Liberal-demokratik konvensiya, Sotsial-demokratik partiya.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodi qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik, baliqchilikka asoslangan (YIMning yarmi, eksport haj mining deyarli hammasi). Asosiy eksport mahsulotlari — qahva, yog‘och, какао donlari. Ishlab chiqarish yog‘ochga ishlov berish va baliqni qayta ishlash bilan chegaralangan. Neft konlari o‘rganilmoqda. Titan, temir, uran, oltin, marganes konlari ochilmagan. 2006-yil YIM miqdori 2569 mln dollarni (aholi jon boshiga — 4659 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo sheriklari: Ispaniya, Nigeriya, Fransiya, Kamerun. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 2760 km. Portlari: Bata, Malabo.
  Tarixi. Hozirgi Ekvatorial Gvineya hududi XV asrning oxirlarida portugallar tomonidan kashf etilgan. 1778-yili Portugaliya o‘z mustamlakasini Ispaniya tasar rufiga o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Mamlakat mustaqil­likka erishguncha (1968) Ispan Gvineyasi deb atalgan. Prezident Nguema tomonidan o‘rnatilagn avtoritar tuzum 1979-yilda polkovnik Mbasogo boshchiligidagi harbiy to‘ntarishda ag’dariladi. Tez orada Ispaniya va AQSH bilan aloqalar tiklanib, neft qazib olish yo‘lga qo‘yildi. 1990-yillarda muxolifatchilarni ommaviy hibsga olish boshlandi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.