8-oktyabr Xorvatiya davlatining mustaqillik kuni
8-oktabr Xorvatiya davlatining mustaqillik kuni.
Yana ushbu kunda...
Coca-Cola ichimligi ishlab chiqara boshlagan kun
"Сoсa-Сola” (inglizcha Kola kukuni) – yaxna ichimliklar ishlab chiqaradigan jahondagi yirik kompaniya. Markaziy boshqaruv idorasi AQShning Atlanta shahrida. Faoliyatini 1893 yildan boshlagan. Asoschisi shotlandiyalik A.Kendtler (ichimlikni 1886-yilda dorishunos Jon Pamberton Atlanta shahrida ixtiro qilgan). "Сoсa-Сola” Tovar belgisi – konturli shisha idish 1916-yil ro’yxatdan o’tkazilgan (1977-yil bu idish "Koka-Kola” kompaniyasining Tovar belgilaridan biri sifatida qayta ro’yxatdan o’tkazildi). 1920-yilda "Сoсa-Сola” ni idishga quyib sotish Yevropada birinchi bor Fransiyada amalga oshirildi. 1923-yilda yagona ishlab chiqarish standartlari, kukunni aralashtirish tartibi, shisha idishlarni joylash qoidalari joriy qilindi va ichimlik boshqa mamlakatlarga eksport qilina boshladi. 1958-yildan "Fanta”, 1961-yildan "Sprayt” ichimligi ishlab chiqarildi. 1977-yildan ichimlik 2 litrli plastik idishlarda savdoga chiqarildi. 1992-yildan "Diet coke” – shakar o’rniga shirinligi jihatdan uning o’rnini bosadigan modda ishlatila boshlandi. 1991-yil "Koka-Kola” Moskva shahrida o’z vakolatnomasini ochdi. "Сoсa-Сola” kompaniyasi 200 xildan ortiq ichimlik, masalan, "Fanta” ichimligining 70 xilini (limon, mandarin, greyfrut, kivi, qovun, tarvuz, mango va boshqa mevalar ta’mi, hidi bilan), 12 turdagi sharbatlar ishlab chiqaradi. Hozirgi davrda "Koka-Kola” Tovar belgisi dunyoda eng mashhur Tovar belgilaridan hisoblanadi. "Koka-Kola” dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatda sotiladi. 1993-yilning oktyabr oyida O’zbekistonda "Сoсa-Сola Bottlers – O’zbekiston LTD” kompaniyasi tashkil qilindi. Kompaniyaning asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida, Xorazm viloyatida hamda Farg’ona vodiysida joylashtirilgan. Kompaniya "Сoсa-Сola” yetkazib bergan ichimlik kukunini (kukun retsepti sir saqlanadi) suvga aralashtirib, gazlashtirish, idishlarga quyish va ulgurji sotish bilan shug’ullanadi. Kompaniya "Сoсa-Сola”, "Fanta”, "Sprayt”, "Fiyesta” ichimliklarni ishlab chiqaradi. "Сoсa-Сola Bottlers – O’zbekiston LTD” kompaniyasida 1600 nafar xodim ishlaydi. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati bir yilda 360 million dona 1,5 litrli plastiklarda ichimliklar ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.
"O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2002.
Mikroto'lqinli pech ixtiro qilingan kun
1945-yil 8-oktabr Massachustes shtatida yashovchi Persi Spenser mikroto'lqinli pech ixtirosi uchun tasdiqlovchi hujjatini oldi. Rivoyatlarga ko'ra, ushbu g'oyani yaratishda Persi magnitron yonida bo'lganida (elektron lampa, generatorli mikroto'lqinli nurlanish) uning hamyonidagi shokaladli baton konfeti erib ketgan. Boshqa manbalarda esa buterbrod yoqilgan magnitron yonida iligan. Birinchi SVCh-pechlari harbiylarni oshxonalari uchun, katta restoranlar uchun, balandligi 175 sm, og'irligi 340 kg miqdorda belgilangan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.