10-oktyabr Fidji davlati mustaqilligi e`lon qilingan kun 

2 438

1970-yilning 10-oktabr sanasida Fidji davlati mustaqilligi e`lon qilingan kun. 
Yana ushbu kunda... 
Tokioda XVIII yozgi olimpiada o`yinlari ochilish marosimi o`tkazilgan kun.
Xalqaro ruhiy hastaliklar kasalligi kuni.
Afinada 98 yoshli marafonchi grek Dimitrion Iordanidis 42 km 195 metr masofani 7 soat 33 daqiqa ichida bosib o`tdi.

10-sentabr Butunjahon tuxumlar kuni
Tuxumni yeyishni sevuvchilar butun dunyo bo’ylab topiladi. Ko’pgina davlatlarda oktyabr oyining ikkinchi jumasida Butunjahon tuxumlar kuni nishonlanadi. Axir tuxumlar universal oziq - ovqat mahsuloti hisoblanib, turli davlat kulinariyasida har xil uslublarda qo’llaniladi.

 Har bir narsani tarixi bo’lganidek, ushbu kunning tarixi ham mavjud.  1996-yil Venada bo’lib o’tgan konferensiyada Tuxumlar bo’yicha xalqaro komissiya butunjahon tuxum bayramini nishonlash to’g’risida e'lon qildi. Ayniqsa, tuxum mahsulotidan foydalanadigan ishlab chiqaruvchilar ushbu e'lonni qo’llab quvvatlashdi.

 Tuxumni iste'mol qilish bo’yiach so’nggi yillarda ko’pgina noroziliklar yuzaga kelishiga qaramasdan,ilmiy tadqiqotlar uning aksini isbotlab berishdi. Tuxum tarkibidagi oqsillar, mineral va vitaminlar, shuningdek ko’pgina kasallarga da'vo bo’ladigan antioksidantlarning mavjudligi aniqlandi.  Shu sababdan, bir kunda bittadan tuxum yeyish bekorga tavsiya etilmagan.

 Yaponiyani dunyo bo’yicha eng tuxum iste'mol qiladigan xalq deb bilishadi. Yaponiyaning har bir fuqarosi bir kunda bittadan tuxum yeyishi, hatto "Tamago, tamago!”deb nomlangan bolalar qo’shig’i mavjudligi buni isbotidir. Bunday musobaqada hozircha rossiyaliklar ortda qolishmoqda. Ekspertlarning fikricha, bunga sabab yarim tayyor maxsulotlarning bugungi kunda ko’payib ketganligidir. Amerikaliklar esa Butunjahon tuxumlar kunida o’zlarining turli quymoqlar pishirishlari orqalin ushbu kunga bo’lgan hurmat va ehtiromlarini bildirishmoqda.

10-oktabr Butunjahon ruhiy kasallikka qarshi kurash kuni
Butunjahon ruhiy kasallikka qarshi kurash kuni 1992-yildan boshlab, har yili 10-oktabrda (World Mental Health Day) tashkiloti tomonidan nishonlanish boshlangan. Bu bayramni nisholashdan asosiy maqsad,barcha insonlarda uchraydigan ruhiy kasalliklarni oldini olish, profilaktik ko’rikdan o’tkazishdan iborat bo’ladi. Har yili 10-oktyabr kuni bayramga bag’ishlab xalqaro psixiatrik tashkilotlar turli jurnallarda ushbu mavzuga oid maqolalаr nashr etiladi, hukumat boshqaruv tizimini, sog’likni saqlash tashkilotlarini ushbu harakatlarda faol qatnashadilar. Ruhiy salomatlik sog’likning muhim tarkibiy omili hisoblanadi. Ushbu omil inson umri davomida yashashi faoliyat yuritishida ruhiy sog’lom muhit barcha kasalliklarni bartaraf qilishda, kelajakda samarali turmush tarzini olib borishda juda katta ahamiyatga ega. Bunday ijobiy omil muhitini yaratishda insonlarga ruhiy sog’lomlik jamiyatning taraqqiyotida uning ravnaq topishida nihoyatda katta ta'sirga ega. Butunjahon sog’likni saqlash tashkilotlari shuni ma'lum qiladiki, hozirgi kunda yer yuzida 450 mln.dan ortiq kishi turli xil ruhiy kasalliklar bilan aziyat chekmoqdalar. G’arb mamlakatlarida esa, har bir yettinchi kishi ruhiy kasalliklar bilan kasallangan, ba'zilar aqli zaif, ruhiy siqilish, ichkilikka ruju quyish, paranoya kasaligiga yuliqqanligi oqibatida jinoyat va o’zini joniga qasd qilish bilan yakunlanadi. Negaki, ko’pgina ruhiy kasallangan bemorlar turli davolanish usullaridan chegaralangan bo’ladilar. Shuning uchun Butunjahon ruhiy kasallikka qarshi kurash kunining nishonlanishini yana bir asosiy maqsadi: ruhiy kasalliklar-aqliy zaiflik, xotirani susayishi, har xil og’ularga, ichkilikka berilish falaj holiga kelib qolishini oldini olishdan iboratdir. Barcha ruhiy kasalliklarni boshlanishi asabiy zuriqishdan boshlanadi, yon atrofdagilar, jamoat transport joylarida ba'zi noto’g’ri ma'lumotlarga asoslangan internet saytlari, siyosiy iqtisodiy tanazzullar barcha ish jarayonidagi kamchiliklar inson tafakkuriga salbiy ta'sir ko’rsatib turli xil ruhiy zuriqishlarga olib keladi. Barcha ruhiy kasalliklarni kelib chiqmasdan avval bartaraf qilish zarur bo’ladi. Yana shuni ta'kidlash lozimki, Butunjahon ruhiy kasallikka qarshi kurash kuni har yili aniq mavzularga bag’ishlangan ya'ni, "Aqlan sog’lom bolalar”, "Inson huquqlari ruhiy sog’lom omil”, "Dunyoni sog’lom fikrlar bilan quvontiramiz”, "Barcha insonlarni hayotga faolligini kuchaytiramiz, sog’lom turmush tarzi bilan” va boshqa mavzularda nishonlanadi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.