Avstriya
Rasmiy nomi — Avstriya Respublikasi. Poytaxti — Vena. Hududi — 83,9 ming km.kv. Aholisi — 8,2 mln kishi (2012). Davlat tili — nemis. Dini — katoliklar (86%), protestantlar (5,5%), boshqa dinlar (8,5%). Pul birligi — yevro.
Geografik joylashuvi va tabiati. Avstriya Markaziy Yevropada joylashgan davlat bo‘lib, janubda — Italiya va Sloveniya, janubi g’arbda Shveysariya, g‘arbda Germaniya va Lixtenshteyn, shimolda Chexiya, sharqda Vengriya, shimoli sharqda Slovakiya davlatlari bilan chegaradosh. Mamlakat hududining 75% ini Sharqiy Alp togiari va tog‘oldi hududlari egallagan. Eng baland nuqtasi — Glokner tog‘i (3797 m). Alp tog‘lari shimolda Tirol va Zalsburg Alplaridan hamda janubda Sillertal va Karnik Alplaridan iborat. Hududning qolgan qismini Dunay daryosi yaqinida joylashgan tekisliklar tashkil etadi.
Iqlimi mo‘tadil-kontinental. Avstriyaning tekislik qismida iqlim issiq va nam. Mamlakatning asosiy suv resurslari: Dunay daryosi va Neyzidler-Ze hamda Boden ko‘llaridir. Asosiy foydali qazilmalari: temir rudasi, neft, yog‘och, aluminiy, qo‘rg‘oshin, mis, toshko’mir va qo‘ng‘ir ko‘mir.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Avstriya 9 federal hududlarga bo’lingan parlamentlik, federativ respublika. Federal hududlari: Burgenland, Karintiya, Vena, Yuqori Avstriya, Quyi Avstriya, Zalsburg, Shtiriya, Tirol, Forarlberg. Davlat boshlig‘i — prezident, ammo ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i — Ministrlar Kengashi raisi — kansler. Ikki palatali parlament (Federal yig‘in) — Federal Kengash va Milliy Kengashdan tashkil topgan. Siyosiy partiyalari: Avstriya sotsial-demokratik partiyasi, Avstriya xalq partiyasi, Kommunistik partiya, Yashil muqobillik partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Avstriya milliylashtirilgan sanoat va ijtimoiy ta’minotning keng tizimiga ega bo‘lgan iqtisodi rivojlangan davlat. Sanoat tarmoqlaridan quyidagilar rivojlangan: metallurgiya, mashinasozlik, oziq-ovqat, to‘qimachilik, teri-poyabzal, energetika, sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish. Shu bilan bir qatorda turizm va bank ishi ham rivojlangan. Qishloq xo‘jaligining asosiy yo‘nalishlari: oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, boshoqli madaniy o’simliklar, mevalar, kartoshka, qandlavlagi yetishtirish, chorvachilik va parrandalar boqish. 2012-yil YIM miqdori — 316,8 mlrd dollarni (aholi jon boshiga — 38,1 ming doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari, Yaponiya, AQSH.
Avtomobil va temiryo‘l transport kommunikatsiyalaridan tashqari ichki suv yo‘llaridan kema qatnovlari keng yo‘lga qo’yilgan.
Tarixi. 3000 yil muqaddam zamonaviy Avstriya hududida illiriy qabilalari istiqomat qilishgan. M.a. V asrda kelt qabilalari bostirib kirdi va ularning illiriylar bilan assimilyatsiyasi yuz berdi. Undan so‘ng m.a. IV asrda mamlakat hududlari rimliklar tomonidan bosib olinib, Rim provinsiyalari Gretsiya va Pannoniya tarkibiga qo‘shildi. VI—VII asrlarda zamonaviy Avstriya hududlariga german va qisman slavyan qabilalari kirib kela boshladi. Shu davrda u Franklar davlati tarkibiga kiradi. 955-yilda Avstriya hududida Sharqiy marka (markgraflik) tashkil etildi. 1156-yilda Genrix II mustaqil Avstriya gersogligini tashkil etdi. Avstriyada gabsburglar sulolasining hukmronligi boshlandi. 1699-yilda Avstriya (Avstriya-Turk urushidan so‘ng) Vengriyaning bir qismini, Transilvaniyani, Xorvatiya va Sloveniyani o‘z tarkibiga qo’shib oldi. Shundan so‘ng, 1714-yilda avstriyaliklar uchun g‘alaba bilan tugagan «Ispan taxti uchun urush»- dan so‘ng, Gabsburglar imperiyasi tarkibiga janubiy Niderlandiya va shimoliy Italiyadagi yerlar kirdi. XVIII asr oxirlari — XIX asr boshlarida Avstriya Fransiyaga qarshi g‘arbiy ittifoqlarda ishtirok etdi. 1867-yilda Avstriya imperiyasi dualistik monarxiya — Avstriya-Vengriya imperiyasiga aylandi. Sarayevoda Avstriya taxti merosxo‘ri ersgersog Ferdinandning 1914-yil 28-iyunda oidirilishi oqibatida I jahon urushi boshlandi. 1918-yilda urushda mag‘lubiyatga uchragan Avstro-Vengriya imperiyasi bir qator mayda mustaqil davlatlarga bo`linib ketdi. 1918-yil 12-noyabrda Avstriya respublikasi tashkil topgani e’lon qilindi. 1919-yilda Sen-Jermen tinchlik sulhi zamonaviy Avstriya chegaralarini belgilab berdi. 1938-yil mart oyida nemis qo‘shinlari Avstriyani bosib oladi va uning Germaniyaga qo‘shilishi («anshlyus») ro‘y beradi. Ikkinchi jahon urushida Avstriya german reyxining bir qismi sifatida ishtirok etdi. 1945-yilda mamlakatga SSSR, AQSH, Angliya va Fransiya qo’shinlari kirib keldi. Venada 1955-yilda mustaqil va demokratik Avstriya davlatining tiklanishi to‘g‘risida Davlat shartnomasi imzolandi. 1955-yilning oktabrida Avstriya parlamenti Avstriyaning doimiy betarafligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. 1966-yilda Avstriya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lib kirdi. XX asrning 70-yillarida Avstriya tarixida birinchi marta hukumat sotsialistlar qo‘liga o‘tdi. 1995-yil 1-yanvardan YI a’zosi.
Avstriya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi bilan 1992-yilda diplomatiya munosabati o‘rnatgan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.