Lixtenshteyn 

6 794

 Rasmiy nomi — Lixtenshteyn Knyazligi. Poytaxti — Vadus. Hududi — 157 km.kv. Aholisi — 3,5 ming kishidan ortiq kishi (2012). Davlat tili — nemis.    Dini — katoliklar (87%), protestantlar (7%). Pul birligi — shveysariya franki.
 Geografik joylashuvi va tabiati.Markaziy Yevropada joylashgan. Shimolda, g‘arbda va janubda Shveysariya bilan (chegara uzunligi — 41 km), sharqda Avstriya bilan (37 km) chegaradosh. Umumiy chegara uzunligi — 78 km. Mamlakat Alp tog‘larida joylashgan bo‘lib, uning eng baland nuqtasi — 2599 m (Forder-Grausshpits tog‘i). G‘arbda Reyn daryosi havzasida tog’lar pasaya boradi. Shveysariya bilan chegara Reyn daryosi orqali o‘tgan. Lixtenshteynning asosiy tabiiy resursi uning gidroenergetik potensialidir.   
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.Davlat tuzilishi — konstitusion monarxiya. Lixtenshteyn tarixiy ikki qismdan Oberland (yuqori Lixtenshteyn markazi Vaduts shahri) va Unterland (quyi Lixtenshteyn markazi Shellenberg shahri) iborat. Lixtenshteyn 1866-yildan buyon mustaqil davlat. Milliy bayrami — 14-fevral — hokimiyatdagi knyaz Gans-Adam II fon Lixtenshteynning tug‘ilgan kuni. Davlat boshlig‘i — knyaz (knyaz Gans-Adam II fon Lixtenshteyn 1990-yili taxtga o‘tirgan, amalda 1984-yildan buyon davlatni boshqarib kelmoqda), ijroiya hokimiyat premyer-ministr boshchiligidagi hukumat boshlig‘iga tegishli qonun chiqaruvchi hokimiyat knyaz va parlament — Landtag tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatda quyidagi siyosiy partiyalar faoliyat yuritmoqda: Vatan ittifoqi, Byurgerlar taraqqiyot partiyasi, Xristian ijtimoiy partiyasi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodiyoti asosan yengil sanoatning kichik korxonalari va fermer xo‘jaliklariga tayanib taraqqiy etadi. Sanoat tarmoqlari orasida uskunasozlik, metallga ishlov berish, vakuum texnikasi ishlab chiqarish, elektron sistemalar va makroprotsessorlar ishlab chiqarish sohalari yaxshi rivojlangan. Shuningdek, an’anaviy sanoat tarmoqlari, to‘qimachilik, farmatsevtika, keramik buyumlar ishlab chiqarish taraqqiy etgan. Turizmdan tashqari kolleksionerlar uchun pochta markalari ishlab chiqarish ham davlat xazinasiga sezilarli mablag‘lar keltiradi. Tadbirkorlik faoliyatiga past soliqlarning joriy qilinishi va kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishning osonligi sababli Lixtenshteynda juda ko‘plab kompaniyalarning idoralari paydo bo‘ldi (bunday kompaniyalar umumiy davlat daromadining 30% ini beradi). Mamlakat iqtisodiyoti Shveysariya iqtisodiyoti bilan uzviy bog‘liq, shuning uchun yashovchilarning yashash darajasi Shveysariyanikidan deyarli farq qilmaydi. 2012- yil YIM miqdori 123 mln AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 38,4 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Shveysariya.
  Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 18,5 km (Avstriyaning federal mulki), avtomobil yo‘llari — 32293 km (hammasi qattiq qoplamali).
  Tarixi. XVII asrda Shellenberg va Vadutsni sotib olgan avstriyalik Lixtenshteynlar oilasi 1719-yil 15-avgustda knyazlik maqomini olishgan. Lixtenshteyn knyazligi 1808-1815-yiliarda Reyn Ittifoqiga, 1815-1866-yillarda Germaniya ittifoqiga kirdi. 1866-yildan buyon mustaqil davlat hisoblanadi. 1919-yilga qadar Avstriya bilan bojxona ittifoqida bo‘lgan bo‘lsa, 1924-yildan Shveysariya bilan umumiy valyuta va bojxona ittifoqida bo’lib kelmoqda.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.