Yaponiya 

24 928

  Rasmiy nomi — Yaponiya. Poytaxti — Tokio. Hududi – 376 ming km.kv. Davlat tili — yapon. Dini — sintoizm, buddaviylik, xristianlik. Pul birligi — iyena.

Geografik joylashuvi va tabiati. Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi Xonsyu, Kyusyu, Xokkaydo, Sikoku va qator mayda orollarda (hammasi bo‘lib 3900 orol) joylashgan davlat. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 29751 km. Mamlakat landshafti tog’lar va tekisliklardan iborat. Baland tog‘laming aksariyatida harakatdagi vulqonlar bo’lib, mamlakatda hammasi bo‘lib 60 ta faol vulqonlar mavjud. Mamlakatning eng katta tekisligi — Kanto (Xonsyu o.). Eng uzun daryosi — Sinano (Xonsyu o.). Eng yirik ko‘li — Biva (672 km.kv). Asosiy tabiiy boyliklari: toshko‘mir, mis, qo‘rg‘oshin, rux rudasi, baliq. Haydaladigan yerlar hududining 13% ini o‘rmon va to’qaylar 67% ini egallaydi.

  Iqlimi — mussonli, shimolida mo‘tadil, janubida subtropik. Yaponiya hududining 2/3 qismi o‘rmonlar bilan qoplangan. Mamlakatning markazi subtropik, janubi tropik, Xokkaydo oroli aralash o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘rmonlarida eman, qarag‘ay, bir necha tur palma, banan, fikus, bambuk, daraxtsimon paporotniklar, endemik daraxtlar, 1500-2000 m balandlikda adir o‘simliklari o‘sadi. Yapon orollarining hayvonot olami bir-biridan farq qiladi. Janubiy orollar uchun tropik fauna xos bo‘lib, bu orollarda bir necha tur maymunlar, ko‘rshapalaklar, qoraquyon — «nuro — osash», ko‘k qush «ruri — kasegu», «xabu» zaharli iloni uchraydi. Yapon arxipelagining markaziy orollarida bo‘ri, tulki, yoqutsimon it, bo‘rsiq, kiyik, quyon, olmaxon, yapon manakasi, yapon qora ayig‘i, ulkan salamandra hayvonot olamini tashkil etadi. Xokkaydo orolining hayvonot olami qo‘ng‘ir ayiq, larik sichqoni, oqsuvsar, sibir soboli, tulen, dengiz mushuklaridan iborat. Yaponiya atrofidagi dengizlarda turli baliqlar ko‘plab uchraydi.

 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitusion monarxiya. Mamlakat tarkibiga 47 prefektura kiradi. Afsonaga ko‘ra Yapon davlatiga m. a. 660-yilda imperator Dzimmu asos solgan. Milliy bayrami — 23-dekabr — Imperator tug‘ilgan kun. Davlat boshlig‘i — imperator (imperator Akixito mamlakatni 1989-yilning 7-yanvaridan boshqarmoqda). Amalda ijro etuvchi hokimiyat Vazirlar Mahkamasini boshqaradigan Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Maslahatchilar palatasi (yuqori) va Vakillar palatasi (quyi)dan iborat parlament tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Yaponiya demokratik partiyasi, Liberal-demokratik partiya, Yaponiya kom- munistik partiyasi, «Sakigake» partiyasi.

  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodiy qudrati jihatidan jahonda AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Iqtisodining asosiy tarmog‘i bo‘lgan sanoat, xomashyo va yonilg‘i importiga qaram. Yuksak texnologiyalarga asoslangan aloqa informatika vositalarini ishlab chiqarish, biotexnologiya tarmoqlari taraqqiy etmoqda. Yaponiya kema, avtomobil, traktor, metallga ishlov beruvchi uskunalar, turmush elektronikasi, robotlarni ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Yaponiya jahonda ishlab chiqariladigan rangli televizorlarning 60% ini, po‘latning 14,3% ini, sun’iy tolalaming 12,3% ini ishlab chiqaradi. Qishloq xo‘jaligining YIMdagi ulushi — 2,2%. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari import qilinadi. Jahonda ovlanadigan baliqning 15% i yapon baliqchilik flotiga tegishhdir. Asosiy savdo sheriklari: Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari, AQSH, G‘arbiy Yevropa davlatlari, Xitoy.  Temiryollarining umumiy uzunligi — 27327 km, avtomobil yo‘llari — 1111974 km (4400 km tezyurar yo‘llar, 46805 km — davlat yo‘llari, 128539 km — prefektura yo‘llari), ichki suv yo‘llari — 1770 km. Asosiy portlari:Muroran, Kitakuysyu, Kobe, Osaka, Tokio, Yokogama, Kavasaki, Kagosila, Nagoya, Nagasaki.

  Tarixi. M.a. 660-yilda imperator Dzimmu dastlabki davlatga asos soladi. Bir necha asrlar mobaynida Yaponiya Xitoy va Koreya madaniyati ta’siri ostida qolgan. Aynan shu davlatlardan VI asrda Yaponiyaga buddaviylik dini kirib keladi. 522-yilda Yamato sulolasi hokimiyatga keladi va Nara shahrini poytaxt deb e’lon qilib, Xitoy ma’muriy boshqaruv tizimini Yaponiyada joriy etishadi. 794-yildan Xeyan davri boshlanib, poytaxti Kiotoga ko‘chiriladi. IX asrda yapon yozuvi shakllanadi. XI asrdan rasman hukmdor bo’lib, amalda hokimiyat syogun qo‘liga o‘tadi. Mamlakat poytaxti Kamakuraga ko‘chiriladi. Samuraylar mamlakatda dzen-buddizmning tarqalishiga o’z hissalarini qo‘shishadi. 1274- va 1281-yillarda yaponlar mo‘g‘ullar hujumini qaytarishadi. 0‘zaro urushlardan so‘ng 1615-yilda Tokugava syogunati boshlanadi. XVII asrda Yaponiyada yevropaliklar — avval portugallar, keyinroq gollandlar paydo bo’ladi. Shunga qaramay Yaponiya XIX asrning o‘rtalarigacha chet elliklar uchun yopiq bo‘lgan. 1867- yilda Tokugava sulolasining so‘nggi syoguni Esinobu hokimiyatni imperator Mukixotoga topshiradi. Poytaxt Edu (Tokio)ga ko‘chiriladi. Yaponiya kuchli davlatga aylangach, 1894-yilda Tayvanni, 1905-yilda Rossiyani Susima jangida mag‘lub etib Port-Artur va Janubiy Saxalinni egallab oladi. 1910-yilda Koreyani, ikkala jahon urushlari oralig’ida Tinch okeanidagi qator orol- larni bosib oladi. 1931-yilda yapon qo‘shinlari Manchjuriyaga bostirib kiradi, 1937-yilda Xitoyning qolgan hududlariga bosqinchilik boshlanadi. Ikkinchi jahon urushiga Yaponiya 1941-yilning 7 dekabrida AQSHning Pyorl-Xarbor harbiy bazasiga hujum qilish bilan kiradi. Urush davrida Yaponiya Angliya va Fransiyaning Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mustamlakalarini bosib oladi. Ittifoqchi qo‘shinlaming hujumi, Xirosima va Nagasakiga atom bombalarining tashlanishi natijasida Yaponiya 1945-yilning 2-sentabrida taslim bo‘lganini e’lon qiladi. O‘z mustamlakalarini yo’qotganligi va urushdan og‘ir ahvolda chiqqanligiga qaramay, siyosiy hayotning demokratlashtirilishi va jadal texnologik taraqqiyot oqibatida Yaponiya iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan hamda eng boy davlatlardan biriga aylandi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.