25-sentyabr Xalqaro dengiz kuni 

2 875

Xalqaro dengiz kuni (World Maritime Day) birlashgan millatlar tashkilotining dunyo bo'yicha nishonlanadigan bayramlaridan biridir. Ushbu kun 1987-yili dengiz hukumatining tashkiloti (International Maritime Organization, IMO )ning 10 sessiyasidagi qaror qabul qilindi. 1980 yilga qadar ushbu buyram 17 mart kuni nishonlanib kelinadi. Keyinchalik esaushbu bayram 25 sentyabr kuni nishonlanadigan bo'ldi. Dunyo bo'yicha dengiz kunini nishonlanishdan asosiy maqsad, xalqaro jamoatchilikni dengizlarni ifloslantirmaslik va kamyob baliqlarni ovlamaslikka jalb etishdir. Asosan ushbu bayram dunyo dengizini ifloslantirmaslik ayniqsa neftdan asrashga undaydi. BMTning tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra dengizda 100 yil avval yirik treska, marlin nomli yirtqich baliqlar mavjud edi. Dengiz va ummonlardan xar yili juda ko'p miqdorda oqizilgan neft olib tashlanadi. Shu sababli dengizlarda yashovchi suv jonivorlar turlari bora bora kamayib bormoqda. Ushbu masalani xal etish maqsadida ushbu kun nishonlanadi va barchani jalb etadi.

25-sentabr Vladivostokda Yo’lbars kuni
Har yili Vladivostokda sentabr oyining oxirgi yakshanba kuni Yo’lbars kuni bo’lib o’tadi. Uning asosiy maqsadi- Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan amur yo’lbarsini saqlab qolish muammosi bilan shug’ullanayotgan  ekologik va ijtimoiy tashkilotlarni qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. Hozirgi kunda amur yo’lbarsi yo’qolib ketish havfi arafasida turibdi. Yo’lbars bayrami shahar ko’chalari bo’ylab rangli olamon namoyishi bilan boshlanadi. Bu antiqa namoyish ishtirokchilari an’anaga ko’ra yo’l-yo’l kiyimlar kiyishadi. Hattoki, uy hayvonlarini ham yo’lbars kiyimiga kiyintirishga harakat qilishadi. Yo’lbars –mushuksimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. U shu oilaning eng yirik vakilidir. Tanasining uzunligi 160-290 sm., dumi 114 sm gacha, vazni 390 kg gacha. Boshi yumaloq, mallarang, tanasining orqa va yon tomonlarida ko’ndalang qora yo’llari bo’ladi. 7ta kenja turi mavjud. G’arbiy va Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Hindiston yarim orolida tarqalgan. Rossiyaning Primorye o’lkasida amur yo’lbarsi uchraydi. Ular yovvoyi tuyoqli hayvonlar, jumladan, to’ng’izlarni ovlaydi. 2-3 yilda bir marta bolalaydi, 2-6 ta bola tug’adi; bolalari 1-2 yoshida mustaqil yashay boshlaydi. Kuniga 10 kg gacha go’sht yeydi. Ona yo’lbars uyasi tog’larda yoki g’orlarda bo’ladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.