27-iyun Butun dunyo baliqchilik kuni 

2 226

  1985-yil 27-iyundan boshlab, har yili 27-iyun dunyo miqyosidagi baliqchilik kuni nishonlanadi. Bayram baliqchilikni tartibga solish va rivojlantirish bo'yicha Xalqaro Konferensiyasi tomonidan 1984-yili iyuldagi Rimda o'tgan yig'ilishida o'rnatilgan. Baliq ovi odamzodning eng ommaviy zavqi. Kim biror marta suv havzasida qarmok bilan turib, tozalikdan roxatlangan bo'lsa, hech narsaga teng kelmaydigan tabiatdan hursandchilik bilan o'zining hayotidagi birinchi baliqni ushlagan bo'lsa, o'sha kunni hech qachon unutmaydi. Baliq ovlash jarayoni shunchalik zavqliki, vaqti kelib boshlovchi ovchilarning kuchli his-tuyg'usiga aylanadi. Axir faqat haqiqatdan zavqqa berilgan odamlar baliqning qarmoqqa ilina boshlashini sezish yoki ko'rish uchun uzoq joylarga borib, soatlab yomg'ir tagida ivib turishi yoki sovuqda muzlab turishi mumkin. Baliqchilik kunida ko'p mamlakatlarda baliq ovi musobaqalari, har xil o'rgatuvchi seminarlar o'tkazilmoqda. Tadbirlarda katta stajli baliqchilarni va boshlayotgan ishqibozlarlarni to'playaptilar. So'nggi yillarda qatnashchilar o'rtasida ayollarni ham ko'rib qolish mumkin. 

27-iyun Bankamat ixtiro qilingan kun
 Hamma yaxshi narsaga so’zsiz tez ko’nikadi. Xuddi shunday ham bo’ldi, bank kartochkalarini olgan baxtiyor insonlar bilan, bu qulay bankotlarni o’zlashtirib olishdi. U yordamida tez va inson ishlagan oyliklarni olsa bo`ladi, xohlagan o’ziga qulay bo’lgan vaqtda, hattoki kechasi bank faoliyatidan foydalanib bo’lmaydigan paytda. Bank faoliyati assosiyasiyasiga ko’ra, bugungi kunda dunyoda yashovchilar 2.3 milliondan ortiq jihozlaridan foydalanishadi,  yengillashtiruvchi shaxsiy moddiy talablarni. Bilib qo’ygan yaxshi. 27-may 1967-yili muvafaqqiyat bilan birinchi bankomat amaliyoti o’tgan. Bunday foydali narsani ishlab chiqaruvchi deb Jona Sheperd-Berrona hisoblanadi. Yaqinda u 79 yoshga to’ldi, kech bo’lsa ham Britaniya imperiyasi ordeni topshirildi. Birinchi bankomat Londonda bo’lgan.

27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
  1994-yil 27-iyundan boshlab har yili O’zbekistonda   Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni  nishonlana boshlandi. Bu kasbiy bayram O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 1993-yil 24-iyun farmoniga binoan tasis qilindi. Bu bayram nafaqat soha xizmatchilari, balki ularning ijod va mehnat mahsulidan bahramand bo’layotgan mushtariylar, barcha ziyolilar tomonidan mamlakatimizda qutlug` bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda. Matbuot va ommaviy axborot vositalarining hayotimizdagi o’rni va ta`siri ortib, xalqmiz o’rtasida "To’rtinchi hokimiyat” sifatida tobora katta ishonch va hurmat qozonib borayotgan ekan, buning negizida jurnalistlar, muharrirlar, noshirlar, matbaa sohasi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarining ming-minlab zahmatkash ishchi-xizmatchilarining kundalik og`ir va ser mashaqat mehnati mujassamdir. Matbuot, televidiyeniye, turli axborot vositalarining-bugungi globallashuv zamonida jahon miqyosida  barcha-barcha o’lkalar va xalqlar hayotida hal qiluvchi o’rin olayotgan bu sohaning tobora oshib borayotgan ahamiyati va tasiri kattadir. Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari soni 1991-yilga nisbatan 3,5 barobar  ortib, 1326 taga yetdi. Bugun bosma nashrlarning qariyb 53 foizi, tele va radiokanallarning 64 foizdan ziyodi, veb-saytlarning esa 98 foizdan ortig`i nodavlat ommaviy ahborot vositalaridir. Mamlaatimizda yashaydigan millat va elatlarning to’qqiz tilida bosma nashrlar faoliyat yuritmoqda, ko’p tilli veb-saytlar soni ham oshib bormoqda.Telekommunikatsiyalar tizimi sun`iy yo’ldosh orqali dunyoning 180 mamlakatiga 28 yo’nalish bo’yicha to’g`ridan-to’g`ri uzatiladigan xalqaro  kanallarga ega. Respublika fuqarolari fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqi, o’zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqlari bilan ta’min etilganligi mustaqil rivojlanish yo’lidan borayotgan O’zbekiston Respublikasi xalqlarining muhim siyosiy yutug`idir. Mat’buot va ommaviy axborot vositalarining, ularda mehnat qilayotgan jurnalistlarning huquqiy maqomi, kasbiy faoliyatiga doir bir qator qonunlar qabul qilindi.

27-iyun Rossiyada ixtirochilar va ratsionalizatorlar kuni
  Har yili Rossiyada iyun oyining oxirgi shanba kuni ixtirochi va ratsionalizatorlar kuni nishonlanadi. Bu bayram Rossiya Fanlar Akademiyasining taklifi bilan 50-yillardan boshlab, har yili iyun oyining shanba kunida o‘tkazila boshlandi. Dastab bayram Nobel mukofotini topshirish kabi bo‘lgan. 27-iyunda Fanlar Akademiyasi bir yillik hamma ratsionalizatorlik  takliflarni ko‘rib chiqib, eng yaxshisini tanlab olgan. Ularni orasidan eng yaxshi ixtirochilarni Davlat mukofotlari va unvonlar bilan taqdirlashgan. Keyinroq bu bayram o‘z dastlabki mavqyeini yo‘qotib, oddiy Ixtirochi va ratsionalizatorlarning "professional” bayrami bo‘lib qoldi. Insoniyat tarixini o‘zgartirishda juda ko‘p texnika vositalarini mualliflari aynan Rossiya ixtirochilariga tegishli: elektron telegraf, bug‘ mashinasi, galvanik nusha, radiopriyomnik, televideniye, elektr lampasi va boshqalar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.