30-iyun Londonda mashhur - Tauer brij mosti ochilgan kun 

2 080

 30-iyun 1894-yil Londonda mashhur -Tauer bridj mosti ochildi. 19 asrning ikkinchi yarmida Britaniya poytaxtining Ist-End porti rayonida avtomobil va piyoda harakatining ko'payib ketganligi tufayli "London mosti”ning sharqiy yo'nalishini qurish to'g'risidagi masala ko'tarildi. 1876-yilda bu muammoni yechish bo'yicha komitet tashkil qilinib, mostning eng yaxshi loyihasi uchun tanlov e'lon qilindi.1884-yilda bu mostning qurilishi bo'yicha injener Goras Jonsning taklif qilgan loyihasi qabul qilindi va mostning qurilishi boshlanib ketdi. Uning vafotidan so'ng 1887-yilda qurilishni Djon Volfe-Berri boshqardi. Mostning qurilishi 21-iyun 1886-yildan boshlanib 8 yil davom etdi va bir million funtdan ortiq mablag' harajat qilindi. 30-iyun 1894-yilda mostni Qirol Uels Eduard rafiqasi malika Aleksandra bilan tantanali ravishda ochib berdi.Tauer- bridj muhim vazifani bajaradi: normal rejimda keti uzilmas mashinalar o'tadi. Ma'lum bir vaqtlarda most yirik dengiz kemalarini o'tkazib yuborish uchun ochiladi. Mana 100 yildirki Tauer-bridj Britaniya poytaxtining vizit kartochkasi bo'lib kelmoqda.

30-iyun Tunguss meteoriti yerga tushgan kun
30-iyun 1908-yil ertalab mahalliy vaqt bilan soat 7 da markaziy Sibir ikki daryo oralig'idagi: Tunguss va Lena ustidan gigant shar uchib o'tdi. Uchayotgan paytda o'zidan baland dovush chiqarib, 40-50 megatonnali kuchga ega bo'lgan portlash yuz berdi. Uning kuchi eng kuchli vodorod bombasining portlashi bilan teng edi. Uning portlash to'lqini 40 kilometrlik radiusdagi o'rmonni yo'q qildi, hayvonlar qirildi, odamlarga ziyon etdi. Olimlar portlashning 100ga sabablarini o'rtaga tashladilar. Ko'plar erga gigant meteorit tushganligi. 1927-yildan boshlab portlashning sabablarini qidira boshlashdi. Afsuski, meteorit tushgan joyda meteor krateri topilmadi. Tekshiruvlar shuni ko'rsatdiki, portlash erda emas, balki ergacha рavoda 5-10 kilometr balandlikda portlagan. Astronom V.Fesenkov yer kometa bilan to'qnashgan degan taxminiy fikrni ilgari surdi. Yana bir taxminlardan biri meteorit katta kinetik energiyali, unchalik zich, mustahkam bo'lmagan va tezligi baland kuchga ega bo'lgan. Bu esa uning birdan qattiq tormoz berishidan atmosferaning zich qatlamida tez emirilib, parchalanib ketishiga sabab bo'lgan.

30-iyun Sharqiy Sibirda meteorit tushgan kun
1908-yil 30-iyun ertalab soat 7 da Sharqiy  Sibirning Tungus daryosining havzasiga  meteorit kelib tushdi. Bir necha daqiqa ichida osmonda charaqlagan katta shar paydo bo’ldi. Bu g’aroyib jism momaqaldiroq singari guldiragan tovush bilan  yerga tushdi. Bunday yorug’likdan so’ng aholisi yo’q taygadan 7-10 km. balandlikda kuchli portlash sodir bo’ldi. Portlash kuchi 10 dan 40 megatonni tashkil etdi. Uni 1945-yildagi bir vaqtning o’zida  Xirosimaga tashlangan  2000 ta yadro bombasining kuchi bilan teng bo’lgan. Bu portlash to’lqinida 40 kilometrlik o’rmon vayron bo’lgan, hayvonlar qirilib ketgan va odamlar zarar ko’rganlar. Osmonning nur sochishi shunday kuchli bo’lganki, aholining ko’pchiligi uxlay olmaganlar. Yorug’lik shunday kuchli bo’lganki, bir necha shaharlarda tunda  mayda harflarda yozilgan gazetalarni bemalol o’qish mumkin bo’lgan  va bu xolat bir necha kun davom etgan.

30-iyun Belorussiyada iqtisodchilar kuni
 Har yili 2000-yil 30-iyundan Belorussiya respublikasida iqtisodchilar Kuni davlat bayrami nishonlanadi. U 2000-yil 2-fevralda Belorussiya Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan. Birinchi iqtisodiy kengash 1921-yil 26-aprelda Belorussiyada o‘tkazildi. 1921-yil 31-iyunda esa, iqtisodiy kengash Respublikaning komissiya rejasini (Gosplan) tasdiqladi. Gosplanning faoliyati xalq xo‘jaligi ishlari bilan uzviy bog‘liq. 1994-yilda u Belorussiya iqtisodiyot vazirligi deb o‘zgartirildi. Hozirgi paytda iqtisodiyot vazirligi Respublika Davlat boshqaruvi organi bo‘lib hisoblanadi va hukumatga bo‘ysinadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.