6-iyun Shvetsiyaning milliy bayrami va Shvetsiya bayrog’i kuni 

4 266

Shvetsiya Qirolligi-Shimoliy Yevropada, Skandinaviya Yarim orolining sharqiy qismidagi davlat. Poytaxti - Stokgolm shahar. Shvetsiyada konstitutsiyali monarxiya hukm suradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1975-yildan kuchga kirgan. Davlat boshlig’i qirol (1973-yildan Karl 16 Gustav). 1397-yilda Shvetsiyaning Daniya va Norvegiya bilan birlashishi natijasida Shvetsiya Daniyaga tobe bo’lib qoldi. XV-XVI asr boshlarida Daniya hukmronligiga qarshi milliy harakati avj oldi. 1521-23-yillarda dvoryan Gustav Erikson rahbarligida ko’tarilgan g’alayon Daniya hukmronligiga barham berdi. Gustav Erikson 1523-yilda Gustav 1 nomi bilan Shvetsiya qiroli etib saylandi va Vaza sulolasiga  asos soldi. Shvetsiya milliy bayrami va bayrog’i кuni 1983-yildan buyon bayram qilinadi va u ikkita tarixiy sanani: 6-iyun 1523-yil qirol Gustav Erikson tavallud topgan kun; 6-iyun 1809-yilda yangi konstitutsiyani qabul qilingan kunni yodga olish maqsadida nishonlanadi. Shvetsiya bayrog’i ranglarining kelib chiqishi qirol Magnus Ladulos (1275-yil) gerbi bilan va 1364-yilda qirol Albrekt Meklenburg davrida qabulqilingan havo rang fondagi uchta davlatning oltin toj tasviri tushirilgan gerbi bilan bog’liq. 1448-yilda qirol Karol Knutsson  bu davlat timsollarini birlashtirib, to’rga bo’lingan oltin xojni  yangi davlat gerbida aks ettirdi. Bu gerb XVI asrning o’rtalaridayoq  harbiy kemalarni bezab turuvchi  Shvetsiya bayrog’ining timsoli bo’lib hisoblangan. Uzoq yillar davomida Shvetsiya o’z milliy kuniga ega bo’lmagan birdan-bir davlat bo’lgan. Faqat 1983-yil 6-iyunda Shvetsiyaning milliy kunini nishonlash rasmiy ravishda e'lon qilindi.

6-iyun Xalqaro rus tili kuni
  6 iyun rus tili kuni bo‘lib, BMT ning  boshqa rasmiy tillar kuni  kabi, jamoatchilik  bilan aloqalar bo‘yicha 
departament tashkilotiga tegishli olti rasmiy tillar bayramini xalqaro taqvimda 2010-yilda ta'ssis  etishni taklif qildi. YUNESKO tashabbusi bilan har yili 21-fevralda nishonlanadigan Xalqaro ona tili kuni arafasida tegishli qaror  qabul qilingan edi. Rus tili kunini bayram qilish uchun 6-iyun sanasi belgilandi.  Bu buyuk yozuvchi shoir, dramaturg  Aleksandr Sergeyevich Pushkinning tug‘ulgan kuni bilan bog‘langan.  Pushkin zamonaviy adabiy rus tilining yaratuvchisi hisoblanadi. Aleksandr Sergeyevich  yaratgan asarlarni sanab o‘tirishning hojati  yo‘q - ular Rossiyada yashovchi yoki  ruscha so‘zlashuvchi har bir insonga tanish. Rus tili - dunyoning  yirik tillaridan  biridir, eng tarqalgan slavyan tillaridan hisoblanadi, Yevropa tillaridan geografik ma'noda eng keng tarqalgan bo‘lib,  shu tilda so‘zlashuvchilarning umumiy soniga ko‘ra jahon tillari ichida birinchi o‘ntaligidan joy olgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.