4-iyun Estoniyada Davlat bayrog’i kuni
Moviy-qora-oq bayroq 1884-yili 4-iyunda Otepya shahri cherkovida duo qilingan (blagoslovlen) edi. Har yili 4-iyunda Estoniyada muhim bayram nishonlanadi - davlat bayrog’i kuni. Bayroqdagi ko’k rang osmon ramzidir, qora rang - bu ona yer, oq - tozalik va umidlar rangi. Ranglarni shunday birga qo’shish yagonadir, boshqa hech bir milliy bayroqda foydalanilmaydi. Eston Respublikasi bayrog’i davlat maqomini 1922-yilda oldi va Uzun German minorasida 1940-yilga qadar hilpirab turardi. 1990-yillar boshida Eston Respublikasi yilligida, eston xalqi yana oshqora suratda qo’llarda moviy-qora-oq bayroqni ko’tarib bordi. Davlat bayrog’i sifatida takroran 1990-yili 7-avgustda tasdiqlangan edi. Bayroqni Uzun German minorasi ustida quyosh chiqishida ko’taradilar va botayotganda tushiradilar. Bayroq ko’tarishi eston madhiyasining kuyi bilan kuzatiladi. Bayram kunlari bayroqlar hamma joyda ko’tariladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.