Идет загрузка, пожалуйста, подождите!

Onlayn-repetitor 

173 104

ONLAYN-REPETITOR
O`zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida bir necha yillardan buyon o`quvchi, o`qituvchi, abituriyent va boshqa soha vakilarining bilim saviyasi, iqtidori va iste'dodlari test topshiriqlari asosida sinab kelinmoqda. Ta'lim-tarbiya jarayonlariga bu usulni kirib kelishi muayyan darajada ta'lim sifatiga ijobiy siljishlar kiritdi.

Test sinovlari o`quvchilarni aniq fikrlashga o`rqatib, ularga adolat tarozisi sifatida xizmat qilmoqda. Test-o`quvchilarni doim izlanishga chorlab, darslik bilan ishlashga, to`g`rini noto`g`ridan ajrata olishiga o`rgatib, har bir jumlani chuqur o`qish va tahlil qilishga odatlanishga undaydi.

Xo`sh, geografiya fanidan tuzilgan test topshiriqlari boshqa fan asoslarini o`rgatish uchun qo`llaniladigan test topshiriqlaridan qanday farqlarga ega bo`lmog`i kerak?

Fikrimizcha, geografiya fanidan tuzilgan test topshiriqlari o`quvchidan nafaqat darsliklardan olgan nazariy bilimlarni, balki ularning dunyoqarashlari, tasavvur, tafakkur doiralari nechog`lik keng ekanligini sinaydi. Demak, buning uchun o`quvchilarga har tomonlama puxta bilimga ega bo`lishlari talab etiladi. Test yechayotgan o`quvchi darslik, unga qo`shimcha adabiyotlami, xarita, atlaslarni chuqur o`zlashtirib olgandagina, tabiatning barcha sirlariga o`z qarashlari bilan yondasha olgandagina savolni oson, aniq yechishga muvaffaq bo`ladi.


"Onlayn-repetitor" loyihasining asosiy maqsadi-o'quvchi yoshlarni fan olimpiadalari, bilimlar bellashuviga, o'qituvchilarni attestatsiyaga va o'z ustida mustaqil ishlashga, abituriyentlarni oliy o'quv yurtiga kirishga tayyorlash bo'yicha tayyorlangan uzluksiz va aniq maqsadli kompleks topshiriqlar asosida foydalanuvchilarini masofaviy tayyorlash va umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi Davlat ta'lim standarti talablari asosida geografiya fanini mukammal o’qitishdan iborat. Onlayn testlarni topshirib va qayerda bo`lishingizdan qat’iy nazar, qulay vaqtda natijalarni qo’lga kiriting! Imtihon topshing va xatolar ustida mustaqil ishlang! Bilim darajangizni obyektiv baholang! Har bir jumlani chuqur o`qing va tahlil qiling! Doim izlaning, kitob bilan ishlang va to`g`rini noto`g`ridan ajrata oling!

"Onlayn-repetitor” loyihasi geografiya fani bo'yicha test topshiriqlari savollarga javob shaklida tuzilgan. Masofaviy ta’lim hamda test sinovlariga tayyorlanish jarayonida foydalanuvchilarga test shaklida berilgan amaliy ish va masalalarning yechimini o’rganish imkoniyati berildi.   

O`z bilim darajangizni aniqlash uchun biror variantni ochganingizda, variantni yechish uchun Sizga 36 daqiqa vaqt berilgan. Savol yuqorisida to`rtburchak shakllarni ko‘rasiz. Berilgan test savollarni to`g`ri bajarsangiz ular yashil rangdagi to`g`ri ifodasi chiqadi, agarda noto`g`ri bajarsangiz qizil rangda notog`ri ekanligi haqida iks (X)
 chiqib, qaysi javobni belgilashingiz haqida ogohlantirish beradi va to`g`ri javob yashil rangda tasvirlanadi. Bo'limda test savollarini topshirasiz va qulay vaqtda ijobiy natijalarni qo’lga kiritasiz. Imtihon topshirasiz va xatolar ustida mustaqil ishlaysiz. Bugungi kunda bu loyihani yanada takomillashtirish va veb-saytda mavzulashtirilgan onlayn testlar bazasini takomillashtirish borasida ish olib borilmoqda.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Комментарий - 2