Ko`p uchraydigan savollarga javoblar 

47 998

Savol: www.geografiya.uz veb-sayti qachon yaratilgan?
2015-yil 31-martdan o`z faoliyatini boshlagan.

Savol: Veb-saytni yaratishda qaysi huquqiy hujjatga tayanilgan?
Veb-saytni yaratishda O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan, "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida"gi va "Axborotlashtirish tog`risida"gi Qonunlariga amal qilindi.

Savol: Veb-saytning maqsadi nima?
Davlat ta`lim standartlari asosida ta`limning sifat va samaradorligini oshirish hamda Vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan yuksak intellektual salohiyatga ega kadrlar tayyorlashga hissa qo`shish. 

Savol: Veb-sayt qaysi dastur asosida yaratilgan?
HTML5 va CSS3 dasturiy tillari

Savol: Veb-saytdan foydalanishda qaysi brauzerdan foydalanishni tavsiya etasiz?
HTML5 va CSS3 dasturiy tillarida yaratilganligini hisobga olib, ushbu texnologiyalarni qo`llab-quvvatlaydigan barcha turdagi brauzerlar.

Savol: Veb-saytning texnik ishlari va ma`lumotlarni boyitilishida kimlar bilan hamkorlik qilasiz?
Respublika ta`lim markazi, Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi, Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi (UZINFOCOM), Navoiy viloyati hokimligi kompyuterlashtirish markazi, "Sensorika" internet markazi,  interno.uz, x-code.uz jamoasi va boshqalar.

Savol: Web-sayt loyihasining muallifi kim?
Navoiy viloyati Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi geografiya fani o`qituvchisi Abdiyev Rustam

Savol: Web-sayt yaratilishida qaysi manbalardan foydalanilgan?
Ushbu veb-saytni yaratishda O`zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga amal qilindi. Ma’lumotlar "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida"gi va "Axborotlashtirish to’g’risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunlariga asoslangan holda tartibga solinmoqda. Saytda foydalanilgan ilmiy ma`lumotlar, fotosuratlar Internetdagi xorijiy va O`zbekiston saytlari, turli kitoblar, umumiy o`rta ta`lim maktablari, o`rta maxsus kasb-hunar ta`lim muassasalari va oliy ta`lim uchun nashr etilgan darsliklar, ilmiy manbalar hamda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tavsiyasi asosida yaratilgan o`quv elektron darsliklari, Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi (UZINFOCOM) dasturchilari (Azamat Mirvosiqov va Anvar Karimov) tomonidan yaratilgan veb-modullardan foydalanildi. Har bir foydalanilgan manba ko`rsatib boriladi. Veb-sayt bo`yicha foydalanilgan ma`lumotlarning mualliflik huquqi o'z egalariga tegishlidir.

Savol: Web-sayt foydalanuvchilariga qanday ta`qiqlar mavjud?
O`zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo`lgan har qanday xatti-harakatlar ta`qiqlanadi. 

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.