Galileo Galiley 1610-yil 7-yanvarda Oy yuzidagi tog‘liklarni aniqlagan.
Galileo Galiley osmon jismlarini kuzatuv trubasi orqali kuzatayotib, qadimgi zamonlardan beri mukammal tekis, hattoki billur shar deb hisoblangan Oyda aslida, Yer kabi tog‘liklardan iborat ekanligini aniqladi. Bundan tashqari tog‘larning quyosh nurlarida tashlagan soyasiga qarab Galiley ularning aniq balandligini – 7 km to‘g‘ri belgilab berdi. Galiley birinchi bo‘lib kuzatuv trubasidan foydalanish kerakligini fahmladi, kuzatuv trubasi bundan yarim yil oldin astronomik kuzatuvlar uchun Gollandiyada ixtiro qilingan va Galiley tomonidan takomillashtirilgan edi. Oy tog‘larining aniqlanishi buyuk olimning birinchi astronomik kashfiyoti bo‘ldi. Galiley Bundan keyin 15-yanvarda Yupiterning 4 ta yo‘ldoshini aniqladi.
7-yanvar Jan-Per Fransua Blanshar va Jon Jeffris birinchi bo‘lib havo sharida La-Mansh orqali uchib o‘tishgan kun
1785-yil 7-yanvar kuni Jan-Per Fransua Blanshar va Jon Jeffris birinchi bo‘lib havo sharida La-Mansh orqali uchib o‘tishdi.
Fransiyalik havo-uchuvchisi Jan-Per Fransua Blanshar (1753-1809) va amerikalik sinovchi doktor Jon Jeffris (1744-1819) birinchi bo‘lib havo sharida La-Mansh orqali uchib o‘tishdi. Angliya tomonidagi Duvr atrofida havoga ko‘tarilib, 2 soatdan so‘ng ularni daydi shamol Fransiya sohillariga olib keladi va Kalda yerga tushadilar.Dovyurak aeronavtlarga mahalliy ma’murlar faxriy fuqarolar unvonini berishadi. Ularning yerga qo‘ngan joylarida lotinda munosib yozuvlari bo‘lgan yodgorlik o‘rnatilgan.
7-yanvar Yaponiyada "dzindzidu” bayrami
7 yanvar – Yaponiyada norasmiy "dzindzidu” bayrami kuni hisoblanadi. Bu kuni oilaviy dasturxonga an’anaviy "nanakusa-gayu” 7 xil sabzavot va ko‘katlar qo‘shilgan guruchli taom tayyorlanadi. "Dzindzidu” - "inson kuni” – Yaponiyada nishonlanadigan 5ta mavsumiy bayramlardan biri bo‘lib, oy taqvimi bo‘yicha fasllari o‘zgarishini belgilaydi. Bu bayram Xitoydan kelib chiqqan bo‘lib, yapon imperatorlik taqvimiga 1000 yildan avval Xeyan davrida kiritilgan, "syogunata Edo”ning rasmiy tadbiri hisoblangan. Meydzi davridan to hozirgacha Yaponiyada bayram grigoryan taqvimiga ko‘ra, 7 yanvarda birinchi oyning yettinchi kunida nishonlanadi va shu kunlarda tugaydi. Yangi yil bayramining bir qismi hisoblanadi. Bu kun Vakana-no sekku yoki Nanakusa-no sekku nomi bilan ham mashhur (yetti ko‘kat bayrami). Kirib kelgan Yangi yilda ins-jinslarni haydash va yaxshi sihat-salomatlik so‘rash maqsadida, shu kuni "7 xil baxtli imperatorlik ko‘katlar”idan ("nanakusa-gayu”) tayyorlangan suyuq guruchli taomni ma’budlarga olib borish marosimi bo‘lgan .Bu taom an’anaviy bayram dasturxoniga tortiladi. Oddiy ko‘katlar va sabzavotlar bu taomni tayyorlash uchun ishlatiladi: nadzuna (ochambiti), seri (yapon petrushkasi), gogyo (sushenisa(qoqi)), xotokenda (borodavochnik), sudzuna (sholg‘om), sudzusiro (daykon) va xakobera (peschanka, mokrichnik). Ba’zi bir hududlarda boshqa ko‘katlar to‘plangan. "Nanakusa-gayu” taomining iste’mol qilinishining asosiy sababi, u juda yengil hazm bo‘ladi va Yangi yilning birinchi kunlarida ko‘p taomlarni iste’mol qilib charchagan oshqozon uchun juda yaxshi dam hisoblanadi. Yaponiyaning ba’zi tumanlarida xalq qo‘shiqlari (nanakusa-bayasi) "dzindzidu” bayrami munosabati bilanijro etiladi. Bayram Xitoydan kelgan, u yerda "Jenji” deb nomlangan va "insoniyatning tug‘ilgan kuni” deb hisoblangan. Xitoy afsonalariga ko‘ra, ma’buda Nyuyva, hayvonlarni turli kunlarda yaratgan, insonni esa – dunyo yaratilgandan so‘ng, yettinchi kuni yaratgan. Shunga ko‘ra, oy kunlarining har bir kuni ma’lum bir jonivorga taalluqli bo‘lgan, unga "uning tug‘ilgan kuni”da hech qanday zarar yetkazish mumkin bo‘lmagan, shunday qilib, birinchi kun xo‘rozga atalgan, undan keyin "it kuni”, "yovvoyi cho‘chqa kuni”, "qo‘y kuni”, "sigir kuni”, "ot kuni” va oxirgisi "inson kuni”bo‘lgan. "Inson kuni”da jinoyatchilarga hech qanday jazo qo‘llanilmagan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.
Sharhlar - 1