1863-yil 10-yanvarda Londonda dunyoda birinchi metro ochilgan kun. 

2 003

Londonda birinchi metro 1863-yil 10-yanvarda ochildi. Bu metroni "Metropolitan Railway” korxonasi ishlab chiqarilgan. Metro-poezdlari temir yo'l bo'ylab, bug' kuchi yordamida harakatlangan. Bu metropolitenning uzunligi 3,06 km bo'lib, 7 ta bekatdan iborat edi. Poezdlar ko'mirda ishlagan, shu sababli yo'lovchilarning yuzlari qurumdan qorayishiga qaramay, metro Britaniya poytaxt aholisiga juda ma'qul kelgan. Transportning yangi turidan birinchi kunning o'zidayoq 30 mingga yaqin odam foydalangan.

 1978-yil 10-16-yanvar – O‘zbekistonlik kosmonavt-uchuvchi Vladimir Jonibekov kosmosga birinchi marta parvoz qilgan kun.
Jonibekov Vladimir Aleksandrovich 1942-yil 13-mayda Toshkent viloyati Iskandar qishlog‘ida tug‘ilgan. Uchuvchi-kosmonavt, aviatsiya general-mayori (1985). Ikki marta Qahramon unvoniga sazovor bo‘lgan (1978, 1981). Mongoliya Xalq Respublikasi Qahramoni (1981). Toshkent Suvorov bilim yurtini (1960). Yeysk (Rossiya Federatsiyasi) uchuvchilar tayyorlash oliy aviatsiya bilim yurtini (1965) tugatgan. 1970-yildan kosmonavtlar otryadida. Jonibekov 1985-88-yillarda Kosmonavtlar tayyorlash markazi (KTM) da kosmonavtlar otryadining komandiri, 1988 yildan KTM Nazariy va ilmiy texnik tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i. Birinchi kosmik parvozini 1978-yil 10-16-yanvarda "Soyuz-27” KK (kema komandiri) (O.G.Makarov bilan birga) va "Salyut-6” – "Soyuz-26” (ekipaj Yu.V.Romanenko va G.M.Grechko) – "Soyuz-27” orbital majmuada bajargan. Yerga "Soyuz-26” Kosmik kemada qaytgan.

Jonibekov tasviriy san’at bilan ham shug‘ullangan. Uning kosmos mavzudagi ba’zi rasmlari badiiy ko‘rgazmalarda namoyish qilingan. Pomir-Oloy tog‘laridaga mutlaq balandligi 4912 m bo‘lgan cho‘qqi "Vladimir Jonibekov cho‘qqisi” deb atalgan (1985). Toshkentdagi Kosmonavtlar xiyobonida Jonibekovga byust o‘rnatilgan (1984).
10-yanvar - Yaponiyada 110 raqami bayrami kuni.
Yaponiyalik mutaxassislar hisobicha shunday bir qo‘ng‘iroq kunchiqar mamlakatida taxminan uch yarim sekundda bir marta chalinar ekan. Boshqacha aytganda, Yaponiyaning har bir 14-fuqarosi yuz bergan falokatdan xabar jo‘natib polisiya professionallaridan himoyaga umid qilar ekan. Bugungi kunda har bir telefon budkasiga yozib qo‘yilgan 110 raqami kun sifatida norasmiy tarzda o‘tkazilib kelinadi. Bu raqam Yaponiyada hatto har bir yosh bolaga ham juda tanish. 110 raqami Kunchiqar mamlakatida 1948 yildan ishlashni boshlagan. Boshlanishida Tokio, Osaka, Kiota, Kobe, Yokogoma, Kavasaki, Nagoya va Fukuoka kabi yirik shaharlarda bu xizmat turi joriy etilgan. Birinchi kunlarda 110 va 1110 raqamlari terib kelingan, biroq 1954-yilning 1-iyulidan polisiya haqidagi yangi qonun  qabul qilingandan so‘ng faqat bir nomer - 110 terilgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.