3-iyun Chernogoriyaning mustaqillik kuni 

2 360

 3-iyun Chernogoriyaning mustaqillik kuni
  3-iyunda Chernogorya o‘zining davlat bayrami - mustaqillik kunini yoki Chernogiriya davlat deb e'lon qilingan kunini nishonlaydi. 21-mayda o‘tkaziladigan mustaqillik kuni kabi bu milliy bayram ham ommaviy bo‘lib, turli hil qiziqarli, tantanali va qo‘ngil ochar tadbirlar o‘tkaziladi. 2006-yil 3-iyunda Chernogoriya Parlamenti Yugaslaviya tarkibida bo‘lgan Chernogoriyani Serbiyadan ajralib chiqqani va mustaqil bo‘lganini e'lon qildi. Bu e'lon 21-may 2006-yilda o‘tkazilgan referendum asosida, saylovchilarning mustaqillik uchun bergan 55,5% ovozlari natijasida qabul qilindi. Shuningdek Parlament suveren davlatning yangi Konstitutsiya to‘g‘risidagi rezolyutsiyani ham qabul qildi. Unda Chernogoriya mustaqil, demokratik, va fuqarolik davlati deb ko‘rsatildi. Chernogoriyaning maqsadi tezda Yevro kengashiga (YES)  va NATOga a'zo bo‘lishga qaratildi. Bunday tezkor xarakat mustaqillikni dekloratsiya qilinishini asosiy sabablaridan biri edi. Iyun oyining o‘rtalaridaChernagoriyani ko‘pgina davlatlar va halqaro tashkilotlar tan olishdi. 28-iyunda Chernogoriya BMTning 192-a'zosi bo‘ldi. Serbiyaning rasmiy hukumati bayramni nishonlashda ishtirok etmagan bo‘lsada, Serbiya Prezidenti Boris Tadich tabrik telegrammasini yubordi. Chernogoriya - Yugoslaviya Respublikasining oxirigi suverent davlati bo‘lib qoldi.

3-iyun Amerika astronavti Edvard Uayt jahonda ikkinchi bo'lib ochiq fazoga chiqqan kun
  1959–1960 Amerika uchuvchisi Edvard Uayt Amerikaning Edvars aviabazasida harbiy havo xizmatida uchuvchi – sinovchilika o'qidi. O'qishni tugatgandan so'ng Ray Patterson avibazasining aviyasiya sohasi bo'limiga yo'llanma oldi. Aynan shu yerda birinchi marotaba kosmik ishlar bilan tanishdi. Uayt parabal traektoriyasi uchun moslashgan KS – 135 rusumli samolyotning uchuvchisi bo'lgan. Uning samolyotida NASAning birinchi tanlovdan o'tgan astronavtlar kosmosga uchishga tayyorgarlik ko'rishgan. 1962-yil sentyabrida NASAning ikkinchi tanlovida Uaytning o'zi hamma medisina testlaridan o'tib, astronavtlar gruppasiga kirdi. 1965-yil 3-iyunda u "Gemini-4” korabilida kosmosga uchdi. Uchish davrida u amerika astronavtlari orasida birinchi (dunyo bo'yicha ikkinchi) bo'lib ochiq kosmosga chiqib 36 minut ishladi. Kosmosni manyovr qilishda qo'l reaktiv moslamadan foydalandi. Uning kosmosdagi parvozi 4 sutkadan iborat bo'ldi. 1966-yil 21-martda Edvard Uaytni "Apollo” dasturi bo'yicha birinchi fazoga uchuvchilarning rahbari qilib tayinlashdi. 1967-yil yanvarda odatdagi mashqlardan birida kosmik kemada yong'in sodir bo'ldi. Hamma ekipaj a'zolari va Uayt ham halok bo'lishdi. Edvard Uaytning vafotidan so'ng unga AQSh kongressining faxrli Kosmik medali bilan taqdirlandi.

3-iyun Fransua Blanshar birinchi konstruksiya qilgan parashyutini namoyish qilgan kun
  Parashyutni birinchi eskizini 1483-yilda Leonardo da Vinchi chizgan. U - "Agar insonda eniga 12 tirsak qarichli, bo‘yiga 12 qarichli kraxmallangan chodiri bo‘lsa, har qanday balandlikdan sakrashi mumkin” - deb yozgan edi. Leonardoning parashyuti zamonaviy bo‘lishiga qaramasdan, amaliyotda undan foydalanishning zarurati bo‘lmagan. Faqatgina 200 yildan so‘ng havoda uchishning rivojlanishi bilan tez-tez havo halokatlaridan keyin ixtirochilar insonning uzoq masofadan beshikast sakrashlari uchun yangi apparatni ishlab chiqishga kirishdilar. Birinchi shunday apparatni fransuz fizigi Lenorman qurdi, sinab ko‘rdi va uni - "Parashyut” deb nomladi. Lekin uning parashyuti ishonchli bo‘lishiga qaramasdan havoda uchuvchilar foydalanishmadi. 3-iyun 1785-yilda Fransuz havo uchuvchisi Fransua Blanshar (1753-1809) Londonda o‘zining havo sharidan sakrash uchun konstruksiya qilgan parashyutini namoyish qildi.Blanshar o‘zi ixtiro qilgan parashyutidan sakrashga qo‘rqdi va 300 metr balandlikdan parashyutdan itni tushirdi, it bezarar yerga qo‘ndi. Bir yildan so‘ng u keyingi tajribasini sinadi, bu gal u havodan parashyutdan qo‘yni tushirdi. 1797-yil 22-oktyabrda birinchi bo‘lib, Fransuz dovyuraklaridan biri, aeronavt Andre-Jak Garneren havo sharidan parashyut bilan sakradi. Uning Monso parij parki tepasidan 400 metrlik balandlikdan sakragani Yevropada birinchi bor edi. Hozirgi vaqtga kelib, parashyutlardan juda keng foydalaniladi.Ularning turlari juda ko‘p: shaxsiy, desantchi, odamlarni qutqaruvchi, sport snaryadlar, kosmik apparatlar, yuk tashiydigan va boshqa turli xillari mavjud.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.