30-noyabr Xalqaro axborotni himoya qilish kuni 

3 952

1988-yil 30-noyabrda Amerika kompyuter jihozlari assosiasiyasi 30-noyabr kunini "Xalqaro axborotni himoya qilish kuni" deb e'lon qildi. Bu kunning maqsadi kompyuter foydalanuvchilariga o'z kompyuterlarini har-xil keraksiz axborotlardan himoya qilish zarurligini eslatib qo'yishdir, kompyuterlarni himoya qilishdan tashqari, ishlab chiqaruvchi va foydalanuvchilarni ularning himoyasiga ham diqqat e'tiborini jalb qilish kerak. Bekorga bu bayram 1988-yilda nishonlangani yo'q. Xuddi shu yili "chervya” degan ommaviy epidemiya keng tarqalib, bu o'zining tashkilotchisi "Morris” nomi bilan atalgan. Ana o'shanda mutaxassislar har taraflama zaruriy yo'llar topib, axborot xavfsizligini ta'minlash kerakligini o'ylab qolishdi. Garchi, birinchi kompyuter virusining nusxasi 1983-yilda paydo bo'lgan bo'lsa ham.

30-noyabr Butun dunyo uy hayvonlari kuni
Har yili 30-noyabrda ko‘plab mamlakatlarda Butundunyo uy hayvonlari kuni nishonlanadi. Bayramni tashkil qilish g‘oyasiga tabiatni himoya qilish tarafdorlarining Florensiyada (Italiya) o‘tkazilgan 1931-yil Xalqaro kongressida kelishib olindi. Shunda turli ekologiya tashkilotlari va tabiatni himoya qiluvchi jamiyatlar turli ommaviy tadbirlarni tashkil qilishga tayyor ekanliklarini izhor qildilar. Insonlarda planetamizdagi hamma hayvonlarga, shu bilan birgalikda uy hayvonlariga nisbatan javobgarlik hissini tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Shundan buyon, har yili bu bayram nishonlanib kelinmoqda. Antuan de Sent-Ekzyuperining asaridagi kichik shahzodaning so‘zlari bayram shioriga aylandi: "Qo‘lga o‘rgatib olgan hayvonlaring uchun, sen doim javobgarsan.” Bayramga bag‘ishlangan tadbirlar turli-tuman bo‘lib, har qaysi mamlakatda o‘ziga xos tarzda o‘tkaziladi. Qayerdadir hayvonlarga qo‘pol munosabatda bo‘lishga qarshi kurashayotgan soqchilar otryadi bilan o‘tkaziladi, qayerdadir mushuk va kuchuklarning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Kimdir shu kuni qanotli,suvda suzuvchi yoki to‘rt oyoqli do‘stiga hamma narsaga ruxsat beradi, kimdir ko‘p shirinliklar olib beradi.Oxirgi yillarda dunyo bo‘yicha muvaffaqiyatli ommalashib borayotgan aksiyalardan biri - "Qo‘ng‘iroqcha” aksiyasidir. Har bir mamlakat yoki shahar zooparklarida bir minut davomida bolalar hammani hayvonlar himoyasi muammosiga e'tiborlarini qaratishlari uchun qo‘ng‘iroqchalarni chaladilar. Uy hayvonlari egalari shuni ta'kidlab o‘tadilarki, hayvonlarning ko‘ngliga yo‘l topish juda oson - buning uchun ularni sevishning o‘zi kifoya, shunda ular ham shunday javob beradilar. Shuni eslatib o‘tish joizki, Butunittifoq hayvonlar kuni xar yili 4 oktyabrda o‘tkaziladi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.