11-noyabr Xalqaro energiyani tejash kuni 

2 226

Bayramning asosiy maqsadi-resurslardan unumli foydalanish, energiya manbalarini qayta tuzishni rivojlantirishga e'tiborni qaratishdan iborat. 11-noyabr –energiyani tejash kuni deb e'lon qilingan. SPARE koordinatorlarining 2008-yil aprel oyida Qozog'istonda bo'lib o'tgan xalqaro kengashida bayramni tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi. 2008-yilning 11-noyabrida birinchi marta energiyani tejash kuni dunyo bo'yicha nishonlandi. Bu bayram xalqaro miqyosda katta e'tiborga loyiq bo'ldiki, bu loyihaga qo'shilishni hohlovchi davlatlar soni 20 taga yetdi. Energiyani tejash kuni nishonlanadigan har bir davlatda juda ko'plab tadbirlar o'tkaziladi va bu tadbirlarning maqsadi odamlarga energiyani tejashning nima uchun kerakligini tushuntirish, tejashning eng oddiy oson usularini o'rgatishdan iborat. Dunyoning ko'plab shaharlarida bu kunda tematik konferensiyalar o'tkaziladi, ko'rgazmalar va aksiyalar bo'lib o'tadi, o'quv dargohlarida energiyani tejash mavzusida darslar o'tkaziladi. 

11-noyabr Xalqaro fanlar va tinchlik haftaligi
Haftalik 1988-yildan buyon keng nishonlanib kelinmoqda. Birinchi xalqaro fanlar va tinchlik haftaligi 1986-yil o'tkazilgan. Haftalikni o'tkazish tashkiloti o'sha vaqtda nodavlat ko'rinishga ega edi. 1986-yilda o'tkazilgan fanlar haftaligini foydali tomonlarinihisobga olib, uning tashkilotchilari bu odatni davom ettirishga qaror qilishdi. Ularni harakatlari zoe ketmadi. 1988-yil dekabrda BMTning general assambleyasida rezolyusiya qabul qilindi, unda Xalqaro fanlar va tinchlik haftaligini o'tkazishni aniq vaqti belgilab berildi. O'shandan buyon 11 noyabr keladigan haftada o'tkazilib kelinmoqda. BMT davlat a'zolarini olimlar bilan xalqaro hamkorlikka chaqirdi. Xalqaro fanlar va tinchlik haftaligi mavzusida universitet va akademiyalarda leksiya, seminarlar, o'zaro fikr almashuvlar bo'lib o'tadi. BMT mutaxassislarining fikriga ko'ra haftalikni har yili o'tkazilishi tinchlik o'rnatilishida muhim rol o'ynaydi. Har yili bu haftalikda qatnashuvchilarning soni kengayib bormoqda.

11-noyabr Kompyuter virusi paydo bo'lgan kun
Kompyuter virusi-kompyuter programmalarining turli ko'rinishlaridan biridir. Uning alohida belgilaridan biri uning ko'payishidir. Bundan tashqari virus hamma fayllarni, ma'lumotlarni zararlashi yoki butunlay yo'q qilib yuborishi mumkin, jo'natuvchining nomidan yuborilgan zararlangan programma butun sistemani fayllari bilan birgalikda yo'q qilib yuboradi. Internet orqali butun dunyoga tarqatilayotgan 10 minglab kompyuter viruslari ma'lumki, ular virus epidemiyasini keltirib chiqaradi. Janubiy Kaliforniya universitetining studenti amerikalik Fred Koen 11-noyabr 1983-yilda shunday programma tuzdiki, 5 daqiqadan bir soatgacha bo'lgan vaqt oralig'ida virus kompyuterni zararlashi mumkinligini ko'rsatib berdi. Koen keyingi yil kompyuterlar aro virusni tarqalishini qay darajada xavfli ekanini ko'rsatib berish bilan birgalikda, virusga qarshi programmalar yaratish mumkinligi haqida ham aytib o'tdi. Kelib chiqishi Pokistondan bo'lgan "Brain” nomli faqat disketlarni zararlay oladigan virus 1986-yilning yanvarida paydo bo'ldi. Birinchi virusga qarshi dastur 1988-yilda ishlab chiqilgan.

11-noyabr Rossiyada birinchi temir yo'l ochilgan kun
1837-yil 11-noyabrda Rossiyada Peterburg-Sarskoe selo yo'nalishi bo'yicha birinchi yo'lovchilar tashuvchi temir yo'l ochilgan. 1834-yilda Rossiyaning tog'li idoralari Vena politexnika instituti professori Frans Anton fon Gerstnerni birinchi temir yo'l qurilishiga chaqiradi. Xuddi shu yili u Uralga tog' zavodlari tovarlarini sotish sharoitlarini o'rganishga ham yuboriladi. Peterburgga qaytib Nikolay I ga Rossiyada temir yo'l qurilishiga va Peterburg-Moskva magistrali uchun zarur bo'ladigan vositalar to'g'risidagi hisobotni taqdim qiladi. Bunday yo'llar qurilishi texnika va ekonomika nuqtai-nazaridan ko'rib chiqilib, Peterburg-Sarskoe-selo-Pavlovsk temir yo'lini qurish imtiyozi Gerstner maxsus komitetiga topshirildi. Ishni bajarish uchun zarur bo'lgan vositalar (3 mln so'm) olti oy davomida obunalardan yig'ildi. 1836-yil bahorida ishni boshlash uchun hamma narsa taxt qilib qo'yildi. Qurilishni texnik boshqaruvini 17 ta injener amalga oshirdi. Ulardan beshtasi shu kabi ishlarni Angliya temir yo'llar qurilishida bajarishgan edi. Qurilishni 30 ta nazoratchilar va shuncha soldat va qorovullar himoya qildilar. 

11-noyabr Parijda dunyoda Mangu olov lovullay boshlagan kun
Yer yuzida birinchi Mangu olovni tantanali ravishda Noma'lum soldat qabriga yoqdilar. Planeta bo’yicha noma'lum soldatlarning nomsiz qabrlarini son-sanog’i yo’q. 1-Jahon urushida shaxid bo’lgan dong’i chiqmagan jangchilar qabrlariga shunday yodgorliklar o’rnatish fransuzlar tomonidan o’ylab topilgan. "Noma'lum soldat” Napaleon qaroriga ko’ra buyuk fransuz armiyasi sharafiga qurilgan Yulduz maydonida mangu makon topdi. Rossiyada esa mangu olov 1957-yil Mars maydonidagi "Revolyutsiya jangchilari” memorial kompleksida yoqilgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.