Litva
Rasmiy nomi — Litva Respublikasi. Poytaxti — Vilnyus. Hududi — 65,3 ming km.kv. Aholisi — 3,6 mln kishidan (2012). Davlat tili — litva. Dini — katolik. Pul birligi — lit.
Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning Boltiq dengizi qirg‘og‘ida joylashgan davlatlaridan biri. Janubi va sharqi Belarus bilan (chegara uzunligi — 502 km), janubi-g‘arbi Rossiya (chegara uzunligi — 227 km) va Polsha (91 km) bilan, shimoli Latviya (453 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi-1273 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa- 108 km. Mamlakatning katta qismi tekisliklardan iborat. G‘arbi va sharqida tepaliklar bor. Asosiy daryosi — Nyamunas (Neman), juda ko‘p ko‘llar bor. Yoqut mamlakatning muhim tabiiy resurslaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, torf va qurilish materiallarining zaxiralari bor. Umumiy yerlarining deyarli teng yarmi ishlov beriladigan yerlar hisoblanadi. 22% yerlar o‘tloq va yaylovlardan iborat.
Iqlimi — o‘zgaruvchan, kontinental.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzumi — Respublika. Mamlakat 44 ta rayon va markazga bo‘ysunuvchi 11 ta shaharga bo‘lingan. Litva 1991- yil 6-sentabrda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan (oldingi nomi Litva SSR). Milliy bayrami — 16-fevral — Litva davlati tiklangan kun (1918). Ijroiya hokimiyati-prezidentga (davlat boshlig‘i) va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Seym tomonidan amalga oshiriladi. Yirik partiyalari: Litva demokratik ishchilar partiyasi, Litva demokratik partiyasi, Litva sotsial-demokratlar partiyasi, Litva mustaqilligi partiyasi, Litva xristian-demokratlar partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Litvaning industrial-agrar iqtisodiyoti hozirgi vaqtda markazlashtirilgan boshqaruv tizimidan bozor muno- sabatlariga o’tish davrini o‘z boshidan kechirmoqda. Sanoatning nisbatan taraqqiy etgan sohalari: mashinasozlik, metallga ishlov berish, kimyo, yog‘ochni qayta ishlash, to‘qimachilik, oziq-ovqat, qurilish materiallarini ishlab chiqarish. Qishloq xo’jaligida (YIM — 23%) aholining uchdan bir qismi band. Qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri go‘sht-sut ishlab chiqarish sohasidir. Kartoshka, qand lavlagi, sabzavotlar yetishtiriladi. 2012-yil YIM miqdori 70,8 mlrd AQSH dollarni (ahoh jon boshiga – 11,5 AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Germaniya, Polsha, Belarus va Shimoliy Yevropa mamlakatlari.
Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 2010 km, avtomobil yo‘llari 44200 km (35500 km — qattiq qoplamali). Ichki suv yo’llari — 600 km. Asosiy dengiz porti Klaypeda.
Tarixi. Hozirgi Litva hududida shakllangan dastlabki davlati — Buyuk Litva knyazligi edi. XIII asming o‘rtalarida paydo bo‘lgan bu knyazlik knyaz Gediminas davrida Litva va Belarus yerlarini, shuningdek, hozirgi Ukrainaning bir qismini qo‘shib oladi. Litva knyazlarining Tevton ordeniga qarshi olib borgan kurashi 1410-yil Gryunvald jangida mag‘lubiyat bilan yakunlandi. 1569-yili Litva Buyuk knyazhgi Lyublin shartnomasiga ko‘ra Rech Pospolita tarkibiga kirdi. 1795-yili Litva Rossiya tomonidan anneksiya qilindi va 1918-yilga qadar Rossiya imperiyasi tarkibida bo‘lib keldi. 1918-yil dekabrida mamlakatda sovet tartibi o‘rnatildi, biroq 1919-yil kuzida u bekor qilindi. 1926-yilgi davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatga diktator Voldemoras keldi. 1940-yil iyul oyida mamlakatga sovet qo‘shinlari kiritildi, Litva SSSR tarkibidagi respublikaga aylandi. 1941-yili Litva nemis qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. 1944-yili mamlakat ozod qilingandan so‘ng sovet hokimiyati qayta tiklandi. 1990-yili Sovet ittifoqi respublikalari ichida birinchi bo‘lib Litva o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Sovet hukumati tomonidan u 1991-yili tan olingan. Shu yil sentabrida Litva BMT tarkibiga kirdi, 2004-yili esa — YI va NATO a’zosi bo‘ldi.
Litva O‘zbekiston Respublikasi bilan 1992-yilda diplomatiya munosabatlari o‘rnatgan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.