4-yanvar Chilonzor tumani tashkil qilingan kun 

3 122

Chilonzor tumani Toshkentdagi ma’muriy-hududiy birlik. 1963-yil 4-yanvarda tashkil qilingan.


Toshkent zilzilasi (1966)dan keyin tumanda qurilish ishlari avj oldi.Tuman shaharning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan, Uchtepa, Shayxontohur, Yakkasaroy va Toshkent viloyatining Zagiota tumanlari bilan chegaradosh.
 

Shimolda Oqtepa kanali, sharqda Bo‘rijar kanali, janubi-g‘arbda O‘rta Osiyo temir yo‘li bo‘ylab Toshkent avtomobil xalqa yo‘li va Bo‘rijar kanaligacha davom etgan.
 

Mayboni 2994 gektar, shu jumladan, ko‘kalamzorlashtirilgan maydoni 1,334 ming gektar. Aholisi asosan, o‘zbeklar, ruslar, shuningdek, tatar, koreys, qozoqva boshqa millat vakillari yashaydi.
 

Ko‘chalari 258 ta, asosiylari- Bunyodkor shoh ko‘chasi, Muqimiy, Cho‘ponota, Gavhar, Chilonzor, Kichik xalqa yo‘li, Lutfiy, Qatortol. Hududda Chilonzor E,M, 1-10, 16-20, 20a mavzelari va 49ta mahalla mavjud. Hududidan Novza, Cho‘ponota, Botirma, Katta Qa’na, Bo‘rijar, Oqtepa, Anhor va boshqa kanallar oqib o‘tadi. Hududida 4172 qo‘shma, kichik va hususiy korxonalar, 42 sanoat korxonasi, ko‘rlar jamiyatining ishlab chiqarish kombinati, "Rele va avtomatika”, "Algoritm” korxonalari, elektr ro‘zg‘or buyumlari zavodlari, choy fabrikasi, to‘qimachilik korxonalari, "Ozbekqog‘ozta’minot” va boshqalar ishlab turibdi; loyihalash institutlari, konstruktorlar byurosi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya akademiyasining  Toshkentdagi filiali, 36 umumiy ta’lim maktabi, 4 akademik litsey, 15 kasb-hunar kolleji, 62 maktabgacha ta’lim muassasasi, 6 kasalxona, 3 dispanser va 8 ta poliklinika bor. Aholiga 2500 dan ziyod savdo shoxobchasi, 120dan ziyod umumiy ovqatlanish joylari, 338 maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, Chilonzor buyum bozori, 3 ixtisoslashgan va 1 dehqon bozori xizmat qiladi. Muqimiy nomidagi musiqa va drama teatri, Davlat musiqali komediya(operetta) teatri, Gagarin nomidagi kinoteatr, O‘zbekiston milliy bog‘I, G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘I, "Istiqlol” saroyi ,2 muzey, 2 madaniyat uyi faoliyat ko‘rsatadi. 3 sport  majmuasi, 35 sport zali, 200ga yaqin sport maydonchasi, 6 suv havzasi, otchopar majmuasi bor.

Tumandagi ba’zi joylar Toshkent tarixi bilan bog‘liq. Chilinzor Oqtepasi, Xirmontepa, Mozortepa arxeologik yodgorliklari (V-VIII asrlar, X-XI asrlar), Abulqosim madrasasi, Xayrobod Eshon majmuasi kabi respublika ahamiyatidagi me’moriy yodgorliklar tuman hududida joylashgan.
Toshkent.Ensiklopediya.T.,2009.    

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.