9-yanvar Jizzax viloyatida Mirzacho‘l va Paxtakor tumanlari tashkil etilgan kun.
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani. Viloyatning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. 1967-yil 9-yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 0,42 ming km.kv. Aholisi asosan, o‘zbeklar; shuningdek, qozoq, rus, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 1 shahar (Gagarin), 7 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – Gagarin shahri. Relefi pasttekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental, quruq, qishi sovuq, yozi issiq. Tuman xo‘jaligi, asosan, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan. Paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, chorvachilik bilan shug‘illaniladi. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda qoramol, qo‘y va echki, parranda boqiladi.
Jizzax viloyati Paxtakor tumani. Viloyatning sharqiy qismida joylashgan. 1967-yil 9-yanvarda Mirzacho‘l janubiy-g‘arbidagi o‘zlashtirilgan yerlar negizida Sirdaryo viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1974-yil Jizzax viloyati tashkil etilishi munosabati bilan ushbu viloyat tarkibiga o‘tkazilgan. Maydoni 0,38 ming km.kv. Aholisi asosan, o‘zbeklar, shuningdek, qozoq, rus, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 1 shahar (Paxtakor), 7 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – Paxtakor shahri.
Tuman hududi Mirzacho‘lning g‘arbida joylashgan. Relefi, asosan, tekislik. Yer osti suvlari yuza va sho‘r hamda sho‘rtob. Iqlimi keskin kontinental. Janubiy Mirzacho‘l kanali tuman hududidan oqib o‘tadi.
9-yanvar Alfonso Kaso Meksikada boy xazina topgan kun
1932-yil 9-yanvarda arxeolog Alfonso Kaso Meksikada boy xazina topdi. Meksikalik arxeolog Alfonso Kaso Adrade (1896-1970) bir yil oldin topilgan Monte-Albana xarobalari hududida, Meksika janubidagi qadimiy indees qabilalari maqbaralarning birida 800 yilga yaqin tegilmay yotgan boy xazinani aniqladi. Bir hafta ichida maqbaradan 500ga yaqin qimmatbaho buyumlar chiqarib olindi, shuningdek juda zo‘r ma’budlarning tilla niqobi, hamda tog‘ xrustalidan yasalgan nozik antiqa odam bosh suyagi topilgan. Monte-Albanada eramizdan avvalgi IV asrdan boshlab sapoteki xalqi yashagan va hozirgi kunda ham shu hududda yashab kelmoqda , lekin qadimiy madaniy udumlarini yo‘qotgan.
9-yanvar 1992-yilda - Serbiya Respublikasi tashkil etilgan.
9-yanvar - Yaponiyada "Ebisu” bayrami
9-yanvarda yapon shaharlarida uch kunlik - Ebisu bayrami boshlanadi, Ebisu bayrami - boylik va omad qadimiy ma’bud sharafiga bag‘ishlangan. Rivoyatga ko‘ra, quyosh ma’budasi uni yerga jo‘natadi va o‘z nonini o‘zi topishi uchun uni baliqchiga aylantiradi. U azaldan baliqchi va savdogarlarga homiylik qilgan, shuning uchun omad timsoli hisoblangan. Ebisuni qarmoq bilan tasvirlashadi va u qo‘ltig‘ida katta baliqni ushlab turadi. U baxt va quvonch taratib turadi. Bayram kunlarida Omad ramzi bo‘lib bambuk shohlari hisoblanadi va ular bayram kunlarida Yaponiyaning barcha joylarida sotiladi.Bambuk sotuvchilari: "Bu shohlarni sotib oling va sizning biznesingiz gullaydi” deb xaridorlarni chaqiradilar. Eng yirik paradlar bu kunlari Kioto, Fukuoko va Osakoda o‘tkazilib, millionga yaqin odamlar ko‘chaga chiqadilar.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.