11-yanvar Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni 

4 578

"Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni”- birinchi marta 1997-yildan boshlab Yovvoyi tabiatni qo‘riqlash markazi va Butunjahon fondi tashabbusi bilan nishonlana boshlandi. 11-yanvar kuni  bu voqea uchun tanlanganligining sababi shundaki – bu kuni 1916-yil  Rossiyada birinchi davlat qo‘riqxonasi - Barguzinskiy tashkil qilingan. Ko‘p asrlardan beri qo‘riqlanib kelinayotgan tabiiy  maydonlar Rus davlatida bo‘lgan, lekin  birinchi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan qo‘riqxona aynan 11-yanvar 1916-yilda tashkil etilgan. Bayramning maqsadi Baykaldagi turli hayvonlarni va barguzinskiy sobolini ko‘paytirishni saqlab qolishdir.Hozirgi kunda Rossiyada 100 dan ortiq qo‘riqxonalar bor,  umumiy maydoni 33 million gektar va 35 ta milliy bog‘lar umumiy maydoni 7 million gektar bo‘lib, ularda  o‘simlik va hayvonot olamining 80% qo‘riqlanadi.

1960-yil 11-yanvar - kosmonavtlarni tayyorlash Markazi tashkil etilgan kun
 Moskva ostonasidagi Shelkovskiy tumanidagi jozibador o’rmon dahasida, poytaxtdan 40 km yaqinida kosmonavtlarni tayyorlash Markazi tashkil etilgan. 1968-yilda markazga Yuriy Gagarin nomi berilib, Yulduzli shaharcha nomini oldi. Hozirgi kunda xohlovchilar  kosmonavtlarni tayyorlash Markaziga sayohatga kelishlari mumkin. Bu yerda ko’rish mumkin: "Mir” orbital stansiyasini, dunyodagi eng katta sentrifuga SF-18 va gidrolaboratoriya GL, unda vaznsizlik holatida ish sharoitlari modellashtiriladi. Markazda Xalқaro kosmik stansiya trenajyorlari, "Soyuz” kemasi bilan tanishish va planetariyni ko’rish mumkin.

Kosmonavt (kosmos va yunoncha nautes – dengizda suzuvchi), astronavt-kosmik kemada kosmosga parvoz qilib, kosmik texnikani sinovchi va ishlatuvchi, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan kishi; kosmosga inson parvoz qilganidan (1961) so‘ng paydo bo‘lgan kasb. AQSh da astronavt deb ataladi. Kosmonavtda muayyan xususiyatlar (uchuvchilik qobiliyatining yuqoriligi, har xil shoshilinch vaziyatlarda tez qaror qabul qila olishlik, shovqinlar, titrashlar, tezlik va tezlanishlarning uyg‘unlashgan ta’siriga, vaznsizlikka chidamlilik, amaliy va ilmiy kuzatuvlarni o‘tkazish hamda natijalarni qayd qilib bora olishlik, jismoniy va ruhiy jihatdan barkamol bo‘lish, falokat va halokatli vaziyatlarda shoshib qolmay, yonidagilarga yordam qo‘lini cho‘zish va boshqa) mujassam bo‘lishi lozim. Shuning uchun kosmonavtlikka nomzodlar dastlab, asosan, harbiy uchuvchilar, sinovchi-uchuvchilar orasidan tanlab olingan. Keyinchalik kosmik kemalar ekipajlari tarkibiga maxsus tayyorgarlik va bilimga ega bo‘lgan olimlar va muhandislar ham kiritila boshladi. Hozir (2003) ularning qatoriga maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan sayyohlar ham qo‘shilmoqda.

Kosmonavtika rivojlanishida o‘zbekistonlik olimlarning ham hissasi bor. O‘zbekistonda "Koinot” ilmiy ishlab chiqarish boshqarmasi faoliyat ko‘rsatmoqda (1980-yildan), O‘zbekiston Respublikasi Kosmonavtika federatsiyasi tuzilgan (1977-yildan), iqtidorli maktab o‘quvchilarining Xalqaro aerokosmik maktabi ishlab turibdi (1990-yildan, uning tashkilotchisi va rahbari akademik Sh.Vohidov). 

11-yanvar – Xalqaro "raxmat” kuni
Xalqaro "raxmat” kuni, chin ko‘ngildan tabriklaymiz. 11yanvarni yilning eng "xushmuomala” sanasi deb atash mumkin, chunki bu kun Xalqaro raxmat kunidir (International Thank You Day).Yaxshi xulq-atvorning mazmunini, kundalik hayotdagi o‘rnini yaxshi tushunamiz, lekin ko‘pincha minnatdorlik so‘zlarini ularning ma’nosini bilmagan holda aytamiz. Vaholanki, minnatdorlik so‘zlari sehrli  xususiyatga ega, ularning yordamida insonlar bir-birlariga quvonch ulashadilar, xurmatlarini izhoretib o‘zaro ijobiy hissiyotlarini izhor etadilar, negaki bularsiz bizning hayotimiz zerikarli bo‘ladi. Bejiz ko‘plab turistik yo‘lko‘rsatkichlarda va turistlarga nasihatlarda ko‘pincha ko‘rsatiladi,  ya’ni "raxmat” so‘zi hattoki o‘sha davlat tilida aytilgan bo‘lsa-da, xizmat ko‘rsatish sifatini va tezligi ,hamda dam olish sifatini oshiradi. "Raxmat” so‘zining rus tilidagi ma’nosi XVI asrda ko‘p aytiladigan "xudo qutqar” so‘zi ma’nosidan olingan. Bundan shu ma’no kelib chiqadiki, turli xalqlarning tilida aytilgan "raxmat” so‘zi o‘sha xalqning madaniyatini yaqqol namoyon etadi. Eng asosiysi bu so‘z chin dildan va yurakdan aytilishidir. Bekorga azaldan xalqda dono naql bor: asabiylashgan paytda minnatdorlik so‘zini aytma.  

11-yanvar – Tailandda «Bolalar kuni» bayrami
Tailandda «Bolalar kuni» bayrami yanvar oyining ikkinchi shanbasi kunida -  11-yanvar ( 2014-yil uchun sana) nishonlanadi.  1-iyunda nishonlanadigan  Xalqaro bolalar kunidan tashqari, Tailandda "Bolalar kuni” yanvar oyining ikkinchi shanba kunida nishonlanadi. Tailandda bolalar mamlakatning eng qimmat  boyligi  hisoblanadi. Bolalar – millat kelajagi, agar bolalar zakovatli bo‘lib ulg‘aysa, mamlakat ham rivojlanadi,  degan fikrni tayliklar bildiradilar. Bu bayramni joriy qilishdan maqsad - har bir taylik  ongida bolalarning  mamlakatda eng muhim rol o‘ynashini ko‘rsatishdir. Birinchi marta  bu bayram "Milliy bolalar kuni” bayrami sifatida 1955-yil oktabr oyining birinchi dushanba kunida nishonlangan. 1963-yilgacha  bu bayram oktyabrda o‘tkazilgan, keyinchalik yanvar oyining  ikkinchi shanba kuniga ko‘chirilgan. Tailandda ham , barcha rivojlangan mamlakatlardagi singari, bolalarga bo‘lgan munosabat -  g‘oyatda zavqlantiruvchi, so‘z bilan ta’riflanmaydigan darajada. Shuning uchun bu bayram doimo quvonch va shodlik keltiradi. Ko‘pchilik tashkilotlar bu kuni barcha yoshdagi bolalar uchun bayram tadbirlarini tashkil qiladilar. Deyarli hamma o‘yin-kulgular va tomoshalar  barcha kira oladigan tekin yoki yarim narxlarda bo‘ladi. Tailandda barcha bayramlar qaysi sanaga bag‘ishlanganligiga qarab, yorqin karnaval, tantanali yurishlar  yoki festival tariqasida o‘tkaziladi. "Bolalar kuni”  bayrami Tailandning barcha ko‘chalari bo‘ylab yoyilib, ertaklar mamlakatiga aylanadi. Bundan tashqari bu kuni butun mamlakat bo‘yicha  bolalar uchun hayriya konsertlari, maktab jamoalarining chiqishlari, karnavallar, mushakbozlik va ko‘chalarda yarmarkalar tashkil qilinadi.

1922-yil 11-yanvarda Torontoda birinchi marta insulin ishlatildi.
 Insulin – hayvon va odamning oqsil tabiatli garmoni. Me’da osti bezining Langergans orolchalarida ishlab chiqariladi. Kanadalik olimlardan F.Banting bilan Ch.Best birinchi bo‘lib ajratib olishgan (1921-22). Molekulyar massa 6000. insulin molekulasi disulfid bog‘lari bilan birikkan ikkita polipeptid zanjirdan tuzilgan bo‘lib, 51 aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan. Insulinda aminokislotalar qoldig‘ining ketma-ket joylashuvini ingliz biokimyogari F.Sanger aniqladi (1945-56). Bu insulinni kimyoviy yo‘l bilan sintez qilishga imkon berdi. Insulin kimyoviy va gen injenerligi yo‘li bilan sintez qilingan. Insulin aminokislotalar tartibi birinchi bo‘lib aniqlangan oqsil moddadir.

Insulin glikogenning parchalanishi va jigarda glyukoza sintezlanishini to‘xtatib, qondagi qand miqdorini kamaytiradi. Ayni vaqtda, hujayra membranalarining glyukoza o‘tkazuvchanligini oshiradi, natijada, to‘qimalarga glyukoza o‘tishiga imkon tug‘iladi. Organizmda insulin yetishmasligi qandli diabetga sabab bo‘ladi. Uni davolashda qo‘llaniladigan insulin preparatlari (so‘yilgan qoramolning me’da osti bezidan tayyorlanadi): amorf rux-insulin suspenziyasi, protamin-rux-insulin eritmasi, protamin-insulin suspenziyasi va boshqalar. Insulinga qaraganda ancha uzoq ta’sir etadi. Darmonsizlik, ishtaha yo‘qolishi va boshqa ba’zi kasalliklarda oz-ozdan insulin in’eksiya qilish buyuriladi. Intoksikatsiyalar (masalan, homiladorlarning tinmay qusishi), shizofreniya va jigar kasalliklarini davolashda ham buyuriladi. Insulin ovqat yeyishdan 30-60 minut ilgari teri osti yoki muskul orasiga yuboriladi. U oqsil bo‘lganidan hazm shiralari ta’sirida yemirilib ketadi, shuning uchun uni ichish naf bermaydi. 6-8 soatdan keyin takror in’eksiya qilinadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.