1999-yil 13-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi tashkil etilgan kun. 

2 636

O‘zbekiston Respublikasi davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi chegara qo‘shinlariga mutasaddilik qiladi. Davlat chegaralari orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni o‘tkazish belgilangan o‘tkazish punktlari orqali amalga oshiriladi. Davlat chegaralari orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona nazorati va nazoratning boshqa turlarini amalga oshiruvchi hududlar belgilanadi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qo‘shimcha rejim qoidalari joriy etildi. Davlat chegaralari rejimini ta’minlash uchun chegara oldi mintaqasi belgilanadi. Chegara oldi zonasi – davlat chegaralari tutash hududning bir qismi bo‘lib, u bevosita davlat chegaralari tutash tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul hududi doirasida belgilanadi. Chegara oldi mintaqasi – chegara oldi zonasining davlat chegarasi chizig‘iga bevosita tutash qismi bo‘lib, u bevosita davlat chegaralari bo‘ylab, uning quruqlik uchastkalarida yoki chegara bo‘yi daryolari, ko‘llari va boshqa suv havzalari qirg‘og‘i bo‘ylab o‘tkaziladi. Davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash bo‘yicha maxsus vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitadir. Davlat chegaralari rejimiga rioya etilishiga doir masalalarni hal qilish, chegara nizolarini tartibga solish maqsadida davlat chegaralarining muayyan uchastkalariga mazkur qo‘mitaning raisi O‘zbekiston Respublikasining chegara vakillarini tayinlaydi.

13-yanvar – Yaponiyada "Balog‘atga  yetganlar  kuni” bayrami.
Yaponiyada balog‘at yoshi  kunida qizlar juda chiroyli va xushchaqchaq bo‘ladilar. "Men yaxshi ish topib, xizmat pillapoyasidan ko‘tarilishni istayman”, "Men oilaviy tadbirkorlikni davom ettiraman va otamning firmasini gullashi uchun harakat qilaman”, "Men omadli turmush qurib katta uyda yashashni istayman”, "Men ko‘p pul ishlab topib, dunyo bo‘ylab sayohat qilishni va turli xalqlar madaniyatini o‘rganishni istayman” ... Bu o‘smir yigit va qizlarning,  balog‘at yoshiga yetganlarga bag‘ishlangan marosim qatnashuvchilariga "Ulg‘aygandan so‘ng nimaga erishmoqchisiz?” savoliga berilgan  javoblarining ayrimlaridir. Yaponiyada balog‘atga 20 yoshda  yetishadi va har yili yanvarning ikkinchi dushanba kunida Balog‘atga yetganlar kuni nishonlanadi. Yaponiyalik yigit- qizlarga 20 yoshida ulg‘ayganlarning huquq va majburiyatlari beriladi: bu yoshdan ular saylovlarda qatnasha oladilar, qonun oldida batamom javobgarlikka egalar, ularga nisbatan mehnatga oid qonun chiqarishga ruxsat etiladi. Balog‘atga yetganlar kunida shu yili 20 yoshga to‘lgan va to‘layotganlarning  hammasi maxsus tashkil etilgan marosimda tabrik va qutlovlar qabul qiladilar. Qoidaga ko‘ra, qizlar furisode deb nomlangan yengi uzun, yorqin rangli kimono kiyadilar. Yigitlar odatda  bayramona qora kostyum kiyadilar, garchi oxirgi yillarda ko‘pchilik  erkaklar kimonosini afzal ko‘rishmoqda. Bu kuni ibodatxonada yozilgan va ilingan istaklar albatta amalga oshadi. Odatda shahar hokimliklari  balog‘atga yetganlar uchun tantanali marosim va kechalar uyushtiradilar, bayram sababchilariga esdalik sovg‘alari berishadi. Har bir ishtirokchiga mahalliy ma’muriyat boshlig‘idan yoki o‘quv muassasasi tomonidan alohida taklifnoma yuboriladi. 20 yoshli fuqarolar ro‘yxatini hokimiyat soliq boshqarmasidan oladi, chunki har bir yaponiyalik yashashi uchun soliq to‘lashiga majbur. Soliqdan bosh tortuvchilar taklifnoma olmaydi va marosimga  kiritilmaydi. Balog‘atga yetganlar kuni rasmiy ravishda 1948-yildan bayramona kun deb hisoblangan. Bundan oldin katta hayotga qadam qo‘yish marosimi oshkora ravishda emas, balki oila davrasida nishonlanar edi. Dastlab balog‘atga yetganlar kuni 15-yanvarda nishonlanar edi va o‘z-o‘zidan bayramona dam olish haftaning o‘rtasiga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan faqat bir kun – bu juda kam, bundan tashqari, yoshlar orasida shunday udum bor, ular balog‘atga yegan kuni qadrdon shahriga,ota uyiga  qaytib bayramni yaqinlari va bolalikdagi do‘stlari bilan nishonlashadi. 1998-yilda chiqarilgan qonunga binoan, bayram 2000-yildan boshlab belgilangan sana yanvar oyining ikkinchi dushanbasida ko‘chirildi. Yoshlar qonuniy 3 kun bayram qilishga  ega bo‘ldilar va barcha yaponlar bu kunni "baxtli dushanba” deb atay boshladilar. 

13-yanvar – Shimoliy Hindistonda Lori bayrami kuni
Lori – bu qishning yakuni va ko‘klamning boshlanishidir. Bu bayram har yili 13 yanvar kuni Shimoliy Hindistonda nishonlanadi. Bayram munosabati bilan qattiq qish yakuni ramzi sifatida  alangalar yoqiladi. Alanga  Agni – olov  xudosi bilan bog‘liq. Alanga atrofida  udum – parikrama bajariladi, alanga atrofida soat bo‘ylab aylanishib,shunday  jumlani qaytaradilar: «Farovonlik keladi  va muhtojlik quviladi». Parikramadan keyin prasad – xudoga ularning sovg‘alari taqdim etiladi. Lori bayramini kirib kelishini oila a’zolari davrasida ham nishonlanadi, ro‘za tutilib, bir –birlariga sovg‘alar ulashadilar. Kechki paytda bayram ziyofati tashkil qilinadi. Alanga atrofida butun tun davomida raqslar va qo‘shiqlar ijro etiladi. Bayram kuni tongida bolalar eshikdan eshikka yurishib, qo‘shiq kuylashadi. Uy egalari ularga shirinliklar olib chiqadilar. Bu udum –Dulxa Bxatti deb nomlangan. Loridan keyingi kun – Magi deb nomlanib, Maga oyining kelishini bildiradi. Bu kuni Gang daryosida yuvinish marosimi amalga oshirilsa, yaxshilikka deb hisoblanadi. Bayram munosabati bilan turli shirinliklar, shu jumladan shirin guruch  tayyorlanadi. Lori bayrami kunida an’anaviy pendjab raqsi Bxangra ijro etiladi. Raqsda faqat erkaklar ishtirok etadilar.
13-yanvar-Rossiyada nashr qilish kuni.
13-yanvarda - Rossiyada nashr qilish kuni, chunki aynan shu kuni Rossiyada Buyuk Pyotrning farmoniga ko'ra 1703 yilda "Vedomost” birinchi rossiya gazetasi dunyo yuzini ko'rdi. Bu birinchi son "Xarbiy va boshqa ishlar vedomosti, bilim va xotiraga oid, Moskva davlati va boshqa atrofidagi davlatlar ” deb nomlangan edi. Gazeta faqatgina Moskvada emas, balki Sankt-Peterburgda ham, shu bilan birga, o'zining oldingi nomini o'zgartirmagan holda, "vedomostlar” so'zi doimgidek bo'lgan – "Rossiya vedomostlari”, "Vedomostlar”, "Moskva vedomostlari” nomi bilan chiqqan. Imperator Pyotr1 farmoniga ko'ra 1870-yilning 1-yanvarida pochta bo'limlarida davomiy rus va xorijiy nashrlarga obuna qabul qilishga ruxsat etildi. Bu Rossiyadagi shunga o'xshash farmoyishlar orasida birinchisi,ya'ni davomiy nashrlarga obuna bo'lishga ruxsati edi.1914 yilda esa rossiyaliklar 3000dan ortiq davomiy nashrlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. O'sha paytlardayoq 200dan ortiq jamiyat siyosatiga oid kundalik gazetalar mavjud edi.

 1719-yilda esa birinchi rossiyalik muxbir Yakov Sinyavich paydo bo'ldi. Muxbir tahririyat ishchisi bo'lib, Rossiyada bo'lib o'tayotgan hodisalarni yoritishga yordam beradigan ma'lumotlarni yozishi kerak edi, chunki ma'lumotlar soni xizmatdagilarning bergan xabari va xorijiy gazetalardan olingan ma'lumotlar etarli emas edi. Odamlarni qiziqtirish kerak edi, nashriyot a'zolarining ishini esa mutlaqo yangi darajaga ko'tarishdan iborat edi. 1728-yilda gazetani Fanlar akademiyasi bosib chiqara boshladi, nomini o'zgartirib, endi "Sankt-Peterburg vedomostlari” nomi bilan tiraji 4ming nusxada chop etila boshladi.

13-yanvar Shotlandiyada "Kelt musiqa festivali” kuni
Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida Kelt madaniyati festivali bo‘lib o‘tadi. U Rossiyada ham bor, tarixiy hisoblangan Nijniy Novgorod, Viborg, Novosibirsk shuningdek, Krasnodardek quyoshli shaharda ham bo‘lib o‘tadi. O‘zining vatanida bayram 13dan 30yanvargacha nishonlanadi, "Celtik Connections” nomi bilan Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tadi. 19 kun va tun davomida har bir kishi barcha voqeaning to‘liqligi va yorqinligini his etish mumkin,chunki aynan shu paytda 200ga yaqin tadbirlar o‘tkazilib turadi. Ular orasida xilma-xil konsertlar, sahnalarga Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, AQSh va Ispaniyalik artistlar chiqishadi; maxsus an’anaviy musiqa asboblarida chalishni o‘rganishni xohlovchilar uchun master klasslar yaratiladi; havaskorlar uchun  malaka oshirish, bilimni orttirish uchun dam olishga qaratilgan ilmiy va bilimlarni oshiruvchi  konferensiyalar ishlab chiqiladi va albatta, Kelt madaniyati tabiatini  to‘ldiruvchi  milliy liboslar namoyishisiz o‘tmaydi. Agarda kimda-kim festivalda qatnasha olmasa, hafa bo‘lmasligi kerak, chunki bu bayram munosabati bilan ko‘pchilikka mashhur VVS radiosi boshlovchisi Yan Andersen bilan "Tok-shou va debatlar” dasturi  efirga uzatiladi va u taniqli musiqachilardan intervyular oladi. Lekin eng yirik  bayram Fransuz provinsiyasidagi Bretanida bo‘lib o‘tadi va u 10 kun davom etadi. Ulkanligi shundaki, bu yerga konsert dasturlari bilan gall, skott, erin, gaell, brittlar avlodlari to‘planishadi. Britaniyaliklar buni hammasini g‘oyat  hurmatlagan holda "Kelt assambleyasi” deb atashadi. Hamma buni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi kerak, eng asosiysi, volinkaning ovozi qalbning nozik tubigacha yetib boradi.  

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.