16-sentyabr Xalqaro ozon qatlamini himoyalash kuni.
1994-yilda BMT Bosh Assambleyasi 16-sentyabrni Xalqaro ozon qatlamini himoyalash kuni deb e'lon qildi. Bu kun ozon qatlamini yemiruvchi moddalar to'g'risidagi Monreal’ protokoli (bayonnomasi) ning imzolanishi sharafiga belgilangan.
Xalqaro ozon qatlamini himoyalash kunining shiori, "Osmonni asra, o'zingni himoya qil – ozon qatlamini himoya qil”. 1987-yil 16-sentyabrda 36 davlat ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni ishlab chiqarishni kamaytirish va butunlay to'xtatishlari kerakligi to'g'risida hujjat imzolashdi. Davlatlarga Monreal’ protokolida (bayonnomasida) keltirilgan maqsad va vazifalarga tayangan holda faoliyat yuritishni targ'ib qilish taklif etildi.
Ozon qatlami bu yerni quyosh nuri halokatini ta'siridan asrab sayyorada hayotni saqlab qolishga yordam beradi. Agar ushbu qatlam yupqalashsa yerdagi barcha tirik jonzotlarga biosferaga xavf tug'iladi. Insonga ultrafiolet nurlarning tushishidan teri saratoni, ko'rlik va boshqa kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
80-yillarda olimlarning aniqlashlariga ko'ra, Antarktidada ozonning umumiy qismi ikki marta kamaygandi. Ozon qatlami yupqalashishiga xlor oksidi ta'sir qiladi. U zavodlarda ishlatiladi.
16-sentabr Meksika davlatining mustaqillik kuni
Rasmiy nomi – Meksika Qo’shma Shtatlari. Poytaxti – Mexiko. Hududi – 1958 201 km.kv. Davlat tili – ispan. Aholining asosiy qismi xristian dinining katolik mazhabiga e’tiqod qiladi. Pul birligi – meksika pesosi. Geografik joylashuvi va tabiati. Shimoliy Amerikaning janubiy qismida joylashgan davlat. Shimol va sharqda – AQSh (chegara uzunligi – 3141 km), janubda – Gvatemala (962 km) va Beliz (250 km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi – 4353 km. G’arbda Tinch okeani, sharqda Karib dengizi va Meksika ko’rfazi bilan tutashib ketgan. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 9330 km. Mamlakatning katta qismini vulqonlar faoliyati natijasida vujudga kelgan, o’rtacha 1000 m dan 2400 metrgacha bo’lgan balandligidagi Sharqiy S’erra-Madre, G’arbiy Se’rra-Madre va Janubiy Se’rra-Madre tog’liklar egallagan. Bu yerda Sitlal’tepetl’ (5699 m), Popokatepetl’ (5452 m), Orisaba (5747 m) kabi harakatdagi vulqonlar ham bor. Ushbu region seysmik faol hudud hisoblanadi. Mamlakat sharqida Yukatan yarimorolida ulkan qirg’oq bo’yi tekisliklari mavjud. Meksikaning g’arbiy hududlari Quyi Kaliforniya yarimorolida joylashgan. Asosiy daryosi – Rio-Bravo-del’-Norte. Meksikada neft, tabiiy gaz, kumush, toshko’mir, oltin, mis, qo’rg’oshin, rux konlari bor. Shudgor qilinadigan yerlar mamlakat hududining 12%, o’tloq va yaylovlar 39%, o’rmon va changalzorlar 24% ini tashkil etadi. Iqlimi – shimoliy qismi subtropik kontinental, qolgan hududlar tropik mintaqada joylashgan. Meksika 1810-yilning 16-sentyabrida Ispaniyadan mustaqillika erishdi. Asosiy savdo hamkori: AQSh. Temir yo’llarining umumiy uzunligi-2680 km, avtomobil yo’llari-210000 km, ichki suv yo’llari-2900 km. Eng muhim portlari: Monsonil’o, S’yudad-Madero, Sameno-Krus,Tuspon.
16-santyabr Yangi Gvineya davlatining mustaqillik kuni
Rasmiy nomi - Papua – Yangi Gvineya Mustaqil Davlati. Poytaxti – Port-Morsbi. Hududi – 462840 km.kv. Davlat tili ingliz, tok-pisin va xirimotu, shuningdek, papuas va melaneziya tili oilasiga kiradigan 700 dan ortiq mahalliy tillar mavjud. Aholining asosiy qismi xristian dinining protestant va katolik mazhablariga e’tiqod qiladi. Pul birligi – kina. Geografik joylashuvi va tabiati. Tinch okeanining janubi-sharqida – Yangi Gvineya orolining sharqiy qismi va Solomon orollari (Bugenvil’ va Buka orollari) hamda Luiziada va Bismark arxipelagidagi davlat. Indoneziya (820 km) bilan chegaradosh. Papua-Yangi Gvineya qirg’oqlarini sharqdan Solomon dengizi, janubdan – Korall dengizi, Torres bo’g’ozi va Papua ko’rfazi, shimolda – Bismark dengizi qamrab olgan. Qirg’oq chizig’i uzunligi – 5152 km. Mamlakat hududi asosan sohilbo’yi tekisliklari, tog’lar va tog’oldi pasttekisliklaridan iborat. Eng baland nuqtasi – Vil’gel’m cho’qqisi (4508 m). Asosiy qazilma boyliklari – oltin, kumush, mis, tabiiy gaz, boshqa tabiiy resurslardan – yog’och (hududning 71%i o’rmonlardan iborat) mavjud. Iqlimi – nam subekvatorial. O’simlik dunyosi juda boy, yerda o’simliklarning 6872 turi mavjud. Hayvonot dunyosi xaltali hayvonlardan iborat. Davlat tuzilishi - unitary davlat, Britaniya Hamdo’stligi a’zosi. Mamlakat 19 provintsiya va 1 poytaxt okrugidan iborat. Papua-Yangi Gvineya 1975-yil 16-sentyabrda davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan bo’lib (ilgari BMT homiyligidagi Avstraliya umumiy boshqaruvi ostida bo’lgan), shu kun uning milliy bayrami sifatida nishonlanadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.