O`zbekiston Respublikasida Mudofaa vazirligi tizimidagi qism va bo`linmalar, ppIchki ishlar vazirligining ichki va qorovul qo`shinlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiylashtirilgan qismlari, Chegara qo`shinlaridan tashkil topgan.
Chegara qo`shinlari (ba`zi davlatlarda chegara qo`riqchilari, chegara soqchilari) — davlatning quruqlikdagi, dengiz va daryo (ko`l)dagi chegaralarini himoya qilishga mo`ljallangan qo`shinlar. Chegara qo`shinlari davlatlar va ular orasida chegara ayirish yuzaga kelgan qad. davrlardayoq ma`lum shaklda mavjud bo`lgan. Ba`zi davlatlar uz chegaralarida mudofaa devorlari barpo etgan (q. Buyuk Xitoy devori, Kanpir devor va b.). Mazkur mudofaa devorlarining har joy bir joyida qo`shin (chegara garnizoni) turadigan qo`rg`onlar qurilgan. Bu qo`shinlar viloyat darvozalarini qo`rikdash, inshootlarni kuzatish, dushman hujum qilgan takdirda mamlakat ichkarisiga bu haqda xabar berish singari vazifalarni bajarganlar. O`zbekiston Respublikasida Chegara qo`shinlari mamlakat chegarasining daxleizligini ta`minlaydi, davlat chegarasining qonunsiz buzilishiga qarshi kurashadi. Chegara qo`shinlari zamonaviy harbiy texnika vositalari bilan qurollantirilgan. Chegara qo`shinlarini, asosan, chegarachilar harbiy o`quv yurtlari zobit kadrlar bilan ta`minlab turadi. Chegara qo`shinlariga O`zbekiston Respublikasi davlat chegaralarini himoya qilish qo`mitasi mutasaddilik qiladi.
24-mart Butunjahon Sil kasalligiga qarshi kurash kuni
Sil, tuberkulyoz — turli a`zolar, asosan, o`pkada o`ziga xos yallig`li o`zgarishlar ro`y berishi bilan tavsiflanadigan yuqumli surunkali kasallik. Odamlarda uchraydigan SILni ftiziatriya o`rganadi. Nemis mikrobiologi Robert Kox (1882 y.) Sil qo`zg`atuvchisini aniqladi (bu qo`zg`atuvchi uning sharafiga Kox tayoqchasi deb nomlandi). SIL kasalligi qadimdan ma`lum. Kasallik belgilari Gippokrat, Ibn Sino asarlarida ham ta`riflangan.
SIL bilan odamlardan tashqari, uy hayvonlari (asosan, qoramol), uy parrandalari (tovuq, kurka) kasallanadi.
Odamlarda kasallikning asosiy manbai o`pka Sili bilan og`rib, mikobakteriyalar aralash balg`am tashlab yuradigan bemorlardir. SIL hammadan ko`p havotomchi yo`li bilan tarqaladi: yo`talganda, aksirganda mikobakteriyali balg`am va shilliq zarralari havoga tarqalib atrofidagi buyumlargatushadi. SIL mikobakteriyasi, asosan, nafas yo`llari orqali kiradi. U boshqa mikroblarga nisbatan tashqi muhitning turli ta`sirlariga juda chidamli bo`lib, o`zining yashash va ko`payish xususiyatlarini uzoq muddat davomida saklab qoladi. Quruq hoddagi SIL mikobakteriyasiga 36° haroratda ta`sir etilsa, u 180 kungacha, +70° qizdirilsa 7 soat davomida, oqar suvlarda 150 kun, ko`cha changida 10 kun ichida hayot kechirish va ko`payish xususiyatlarini yo`qotmaydi. Ayniqsa, quyosh nuri tushmaydigan zax yerlarda uzoq muddat saqlanib qoladi. SIL mikobakteriyalarining atrofmuhitda uzoq vaqt saqlanishi SIL kasalligining idishtovoq, kiyimkechak, o`rinko`rpa va boshqa orqali yuqish ehtimolini tug`diradi. SILning ochiq va yashirin shakli farq qilinadi. SILning ochiq shaklida bemor balg`amida SIL mikobakteriyalari topiladi; bemor gigiyena qoidalariga rioya qilmasa, boshqalarga kasal yuqtiruvchi bo`lib qolishi mumkin. SILningyashirin shaklidamikobakteriyalar balg`amda topilmaydi, bunday bemorlar atrofidagilar uchun yuqumli bo`lmaydi. SIL bilan og`rigan bemor barcha gigiyena qoidalariga rioya qilsa, amalda atrofdagilar uchun xavfli bo`lmaydi. SIL mikobakteriyalari faqat o`pkani emas, balki organizmda soch va tirnoqdan boshqa bo`g`imlar, suyaklar, miya pardalari, buyraklar va boshqa a`zolarni zararlaydi. SIL kasalligiga aksari yosh bolalar (chunki ularda hali immunitet sust rivojlangan bo`ladi), balog`atga yetish davridagi o`smirlar (nervendokrin boshqaruvining beqarorligi tufayli), shuningdek, organizmning infeksiyaga chidami susaygan yoshi katta odamlar chalinadi. O`pka Siliga xos belgilar kasallik shakliga, yoshga va boshqalarga bog`liq.
Birlamchi SILda kasallik alomatlari yaqqol namoyon bo`lmaydi. Biroq teri ostiga tuberkulin yuborib o`tkaziladigan Mantu sinamasi musbat chiqsa va bemorda kasallikning umumiy belgilari (rang ketishi, quvvatsizlik, uyqu va ishtaha buzilishi, tez toliqish, gavda haroratining ko`tarilishi, tunda terlash) paydo bo`lsa, buSilin toksikatsiyasidan darak beradi. Yosh bolalarda kasallik maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga qaraganda og`irroq o`tadi, aksari asoratlar kuzatiladi. SIL intoksikatsiyasi bolalarda ro`yrost namoyon bo`ladi; bolaning rangi siniqadi, injiq bo`lib qoladi, ishtahasi yo`qolib, teztez shamollab turadi. Vrachga o`z vaqtida borib, bolani to`g`ri parvarish qilinsa, odatda, butunlay sog`ayib ketadi.
Ikkilamchi SIL — o`pka Silining hammadan ko`p uchraydigan shakli. U o`pkada va limfa tugunlarida sakdanib qolgan infeksiya "qo`ri"dan kelib chiqadi; noxush sharoitlarda SIL qo`zg`atuvchisi faollashib, jarayonni zo`raytiradi (faol shakli). S mikobakteriyasi bor bemor bilan uzoq vaqt muloqotda bo`lganda SIL qaytalanishi ham mumkin. Bunga organizmning zaiflanishi, sifatsiz ovqatlanish, stresslar, zararli odatlar (chekish, ichkilikbozlik, giyohvandlik), surunkali kasalliklar, o`pkaning nospetsifik kasalliklari, qandli diabet, gastrit, me`daichak yaralari, SPID, shuningdek, homiladorlik va gug`ruqdan keyin organizm himoya qobiliyatining kamayishi va boshqa sabab bo`ladi. Odatda, ikkilamchi SIL yoshlikda va o`rta yoshda paydo bo`ladi, o`z vaqtida davo qilinmasa, kasallik astasekin, lekin to`xtamay rivojlanadi. Aksari o`pkaning yuqori bo`laklarida mayda o`choqlar paydo bo`ladi (SIL ning o`choqli shakli), ba`zan yiringli infiltratlar (SILning yallig`langan shakli) kuzatiladi.
Kasallik ba`zan uzoq vaqtgacha hech qanday alomatlarsiz kechadi, biroq, o`pka Sili rivojlanganda, ya`ni SIL mikobakteriyalari ko`payishi boshlanganda organizmda zaharlanish alomatlari paydo bo`ladi: holsizlik, tez charchash, tunda terlash, ozib kegish va boshqa, borabora bemorda yo`tal zo`rayadi, hansiraydi, nimjon bo`lib qoladi. Zo`r berib davolanish kasallik rivojlanishining oldini oladi. O`pkadan tashqaridagi SIL (hiqildoq, ichak, buyrak, teri, suyak, bo`g`im va boshqalar) o`pka Siliga karaganda ancha kam uchraydi. SILni barvaqt aniklash kasallikni to`lato`kis davolash imkonini beradi.
Davosi. Davolash, asosan, kasalxona sharoitida, vrach nazorati ostida olib boriladi. SILga qarshi ishlatiladigan zamonaviy doridarmonlardan kasallikning turi va og`irengilligiga qarab tayinlanadi. Odatda, bu dorilar uzoq vaqt davomida (bir necha oylab) qo`llanadi. SILni davolashda foydalaniladigan kimyoterapevtik dorilar ma`lum bir guruxlarga bo`linadi: izoniazid va uning analoglari, rifampitsin; etambutol, protionamid (etionamid, tizamid (pirazinamid), streptomitsin, kanamitsin, florimitsin va boshqa
Oldini olish ijtimoiy, sanitariya, kimyoviy va maxsus tadbirlarni o`z ichiga oladi. Aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirish moddiy hayot sharoitini yaxshilash, aholining umumiy madaniyatini oshirish va sanitariya bilimlarini targ`ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Vrach buyurgan kun tartibiga amal qilish, to`lato`kis ovqatlanish, iloji boricha ochiq havoda bo`lish, xonani botbot shamollatib turish lozim. SIL bilan og`rigan bemorlarni kasallikning ilk bosqichlarida aniqlash maqsadida aholini ommaviy tekshirish, ya`ni flyuorografiya tekshiruvidan (kamida 2 yilda 1 marta) o`tkazish ijobiy natija beradi. SIL ni bolalarda barvaqt aniklash uchun bolalar poliklinikalarida, bog`chalarida, maktablarda tuberkulin sinamasi o`tkaziladi. O`zbekistonda barcha yangi tug`ilgan chaqaloqlar vrachning moneligi bo`lmasa, SILga qarshi vaksinatsiya qilinadi; vaqtvaqti bilan (7,12 yoshda) revaksinatsiya o`tkaziladi.