10-aprel Xalqaro qarshilik ko’rsatish harakati kuni 

1 909

 
10-aprel Xalqaro qarshilik ko’rsatish harakati kuni
Xalqaro qarshilik ko’rsatish  harakati kuni xar yili 10-aprel kunida nishonlanadi. Bu kun ikkinchi Jahon urushi paytida uchinchi Reyx qo’shinlari bosib olgan yerlarida  fashistlarga qarshilik ko’rsatganlarga bag’ishlanadi. Qarshilik ko’rsatish harakati nemis qo’shinlari bosib olingan yerlardagi  aholisidan iborat bo’lib, okkupantlarga qarshi kurashning turli usullari bilan farqlanadi. Eng tarqalganlari: fashistlarga qarshi agitatsiya va propaganda,  yashirin adabiyotlar chop etish, ish tashlashlar, transport va okkupantlar uchun mahsulot tayyorlaydigan korxonalarda sabotaj va qo’poruvchilik ishlar tashkillashtirish, sotqinlar va okkupantlar rahbariyatiga qurolli tajovuz, antifashist koalitsiya armiyasi uchun razvedka ma'lumotlar yig’ish, partizan urushi. Qarshilik ko’rsatish harakatining oliy usuli umumxalq qurolli isyon bo’lib qolgan. Qarshilik ko’rsatish harakati ko’plab davlatlarda bo’lgan, ayrim davlatlarda (Yugoslaviya, Polsha, Chexoslovakiya, Fransiya, Belgiya, Italiya, Albaniya, Vyetnam, Fillipin) fashist bosqinchilarga qarshi milliy-ozodlik urushiga aylanib ketdi. Har bir davlatda qarshilik ko’rsatish harakati milliyligi bilan ajralib tursada, bu baynalminal xarakati edi, chunki, kurashayotgan xalqni maqsadi-fashizmni yakson qilish, Vatanini bosqinchlardan ozod qilish bo’ldi. Qarshilik ko’rsatish xarakati ishtirokchilari    o’z faoliyati bilan antigitler koalitsiyasining g’alabasi va urush yakuniga o’z hissalarini qo’shdilar. 

10-aprel O’zbekistonda Al-Xorazmiyga bag’ishlangan pochta markasi tayyorlandi.
«O’zbekiston pochtasi» kompaniyasi Al-Xorazmiy haykali tasvirlangan pochta markalarini tayyorladi. marka 2014 yil 10 apreldan O’zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi tomonidan muomalaga chiqarilgan. Standart pochta markasida ilm-fanga bebaho hissa qo’shgan davlat arbobi, olim Al-Xorazmiy haykali tasvirlangan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.