16-yanvar –Tailandda “O‘qituvchilar kuni” bayrami 

2 329

16-yanvar –Tailandda "O‘qituvchilar kuni” bayrami (1957 yildan nishonlanadi)
Tailandda  16-yanvar - "O‘qituvchilar kuni” bayramida barcha o‘quvchilar o‘qituvchilarini tabriklaydilar. 1956-yilda Tailand feldmarshali premer-ministri P.Pibulsongkram g‘oyasi bo‘yicha ta’lim sohasidagi kasbiy bayram – "O‘qituvchilar kuni” joriy etildi.  Tailandning barcha o‘qituvchilariga tabrik so‘zida Pibulsongkram shunday degan: "O‘qituvchilar bizning hayotimizga nur olib kiruvchi insonlardir. Ularning albatta bayram kuni bo‘lishi kerak, bu kuni o‘quvchilar ustozlarini tabriklab, ularga minnatdorchilik bildiradilar. O‘qituvchilar - har bir insonning hayotida uning ota-onasidan keyin turadigan  muhim va qadrli  o‘rinni egallaydigan zotlardir”. Shundan so‘ng, 1956-yil 21-noyabrda mamlakatda har yili 16-yanvar - "O‘qituvchilar kuni” bayramini nishonlash qonuniy joriy qilindi. Birinchi marta bu kasbiy bayram 1957-yil 16-yanvarda nishonlangan. Shundan buyon,  barcha ta’lim sohasiga aloqasi bo‘lganlar  bu bayramni nishonlaydilar. "O‘qituvchilar kuni” – haqiqatan ham umumxalq, sevimli va ehtiroslarga boy bayramdir. Bu kuni o‘quvchilar murabbiylariga gullar va sovg‘alar taqdim etadilar, ularni  sharaflab qo‘shiqlar kuylaydilar, ular uchun sho‘x bayramlar tashkil qiladilar. 

16-yanvar Vestminster universiteti tashkil etilgan kun
Xalqaro Vestminster Universiteti, Toshkent Xalqaro vestminster universiteti (Istiqbol ko'chasi.,12) – 2002 yil 16-yanvarda tashkil etilgan. Biznesni boshqarish, iqtisodiyot, biznesda axborot texnologiyalari, xuquq yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar, xalqaro biznes va menejment yo'nalishi bo'yicha magistrlar tayyorlaydi. O'quv jarayoni ingliz tilida bo'lib, unga mahalliy va chet ellik o'qituvchilar jalb etilgan. Talabalar bilimi o'qish jarayonidagi bosqichma-bosqich imtihon, test, yozma ishlar va seminar mashg'ulotlaridagi taqdimotlar orqali baholanadi. Mashg'ulotlar interfaol shaklda o'tkaziladi. O'quv materiali suhbat va muhokama, guruh va individual taqdim qilish orqali o'zlashtiriladi. Universitetda 5 kompyuter sinfi, kutubxona (15 ming asar) bor. Universitetga kirgan talabalar ayni vaqtda Londondagi Vestminster universitetining talabalari sifatida tan olinadi va uning tasdiqlangan dasturlari asosida ta'lim oladi. O'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar mazkur Britaniya oliy o'quv yurtining bakalavr va magistr darajasidagi diplomini qo'lga kiritadi. 2008/09 o'quv yili universitetda 730 talaba tahsil oldi. 48 o'qituvchi, jumladan, 1fan doktori va 6fan nomzodi ishladi. Universitet tashkil etilgandan beri 406 malakali mutaxassis tayyorlandi. Universitet binosi me'morchiligi uslubida klassik an'analariga rioya qilib qurilgan (1912-16; me'mor G.A.Svarichevskiy). Bu binoda dastlab, 2-ayollar gimnaziyasi, keyinchalik O'rta Osiyo universiteti (hozirgi O'zbekiston milliy universiteti) kutubxonasi, aviatsiya texnikumi joylashgan. 

 
16-yanvar – Xalqaro  "Bitlz” kuni.
2001 yildan YuNESKO  qaroriga  ko‘ra  Xalqaro "Bitlz” kuni nishonlanadi (The Beatles). Bugungi kunda haqiqiy musiqa shinavandalarning quloqchinlar (naushniki) va ovoz kuchaytirgich (kolonka)laridan ushbu qo‘shiqlar : "Yesterday”, "Yellow Submarine” , "Let lt Be” va shu tariqa hamma zamon va xalqlar  musiqa ixlosmandlarining Liverpullik afsonaviy to‘rtligi  qo‘shiqlari yangrashi kerak. Bu sana bekorga tanlanmagan. 1957 yil 16 yanvarda Liverpulda  "The Cavern” klubi ochilgan, aynan shu yerda xech kimga hali ma’lum bo‘lmagan yosh musiqachilar  Djon Lennon, Pol Makkartni, Djordj Xarrisonlar  mashhurlik sari o‘z yo‘llarini boshlashgan. 2 yil o‘tgach ular qatoriga  Ringo Starr  kelib qo‘shilgan. Keyinchalik 16-yanvarda  "Bitlz” tarixida yana bir muhim sana bo‘lib o‘tdi, bu kuni 1964-yilda "Sashbox” jurnali "I Want  To  Hold  Your  Hand”  qo‘shig‘iga o‘tkazilgan amerika xit-paradida birinchi o‘ringa loyiq topildi, shundan so‘ng bu ohangni 10 kun ichida millionlab muxlislar qalbiga yetib bordi. The Beatles rasman 8 yil faoliyat ko‘rsatdi. Bu orada yigitlar muxislar ixtiyoriga 13 ta albom sovg‘a qildilar va ulardagi har bir qo‘shiq dunyo bo‘ylab xit qo‘shiqqa aylandi. Ular amerika klassik rok-n-roll (Elvis Persli ijodi) dan ilhomlanib o‘zining yo‘naliga ega bo‘lishdi. Shundan boshlab duyoda "bitlomaniya” oqimi yuzaga keldi. Guruh dunyo musiqa san’ati rivojiga o‘zining betakiror ulushini qo‘shib, "Rolling Stone” jurnali ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning eng buyuk xonandalari orasidan birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lgan. 

Isroilda "Daraxtlarning yangi yili" bayrami kuni
16-yanvar (2014-yil uchun sana) kuni - Isroilda Tu bi - shvat kuni deb nomlangan bo‘lib, odatda yomg‘irlar mavsumi tugaydi va tabiat yangilanadi. Tu bi-shvat – bu yahudiy taqvim bo‘yicha shvat oyning 15-kunidir. Bu kuni mevali daraxtlarning hosilidan bir qismi ibodatxonaga taqdim etilgan. Tu bi-shvat bayrami donishmandlar tomonidan hosilning bir qismini ajratish maqsadida o‘ylab topilgan. Gullab turgan bodom daraxti - bayramning ramzi hisoblangan. Daraxtlarni himoya qilish maqsadida, qonun tomonidan  daraxtlarning hosilga kirgunga  qadar birinchi uch yil davomida mevalarini ishlatish man qilingan. Daraxtlarning yoshini bilish uchun esa, uning tug‘ilgan kunini aniq belgilab qo‘yish kerak. Bayramni nishonlashning asosiy sabablari  bo‘lgan. Urush davrida yahudiylar  o‘z ajdodlari yerlarini tashlab ketishgan.Davlatning yo‘qolishi natijasida bayramlar ham tugatilgan.  Urush davrida ko‘plab  daraxtzorlar va o‘rmonlar qirilib ketgan, yerlar sahroga aylangan. Bayramning rivojlanish tarixida yangi davr boshlangan. Muhojirlar, o‘z ajdodlari yerlariga qaytishgach, sahroga aylangan yerlarni   gullayotgan bog‘larga aylantirish kerakligini ular anglab yetganlar. 1860 yil shvat oyining 15 kunida yozuvchi va tarixchi, maktab rahbari -Zeev Yavis  o‘z o‘quvchilari  bilan daraxt ko‘chatlarini ekishga chiqishgan. Shundan so‘ng, mamlakatda Tu bi- shvat kunida daraxt ekish an’anasi joriy qilingan. Gulab turgan bodom daraxti -  bayramning timsoli sifatida muhojirlarning ko‘chib kelish paytidan boshlangan. Yahudiylar «Daraxtlarning yangi yili»  bayramini nishonlab,  mevali daraxtlar haqida shunday fikrlarni bildiradilar: Daraxtlarni nafaqat kesish, balki shohlarini ham sindirish mumkin emas, chunki ular odamlarga mevalar beradilar. Insonlarning daraxtlar bilan umumiy jihatlari ko‘p. Inson,  xuddi daraxtga o‘xshab o‘z ildizlari bilan kuchlidir.Ildizlar ko‘rinmasada, insonlarga va daraxtlarga kuch beradi.Daraxtning shohlari – xuddi inson hayoti kabi, mevalari esa - farzandlari singari. Bayram kuni bolalar va kattalar ommaviy daraxt ekish marosimida qatnashadilar.  Bayram kunida Isroilda undiriladigan mevalardan va boshoqli o‘simliklardan iste’mol qilinadi. Bular – bug‘doy, javdar, uzum, anjir, anor va boshqalardir. Mevalarni iste’mol qilish udumida mevalarning kelib chiqishiga, ularning  yesa bo‘ladigan va bo‘lmaydigan qismlariga e’tibor qaratilib, ketma-ketlikda  iste’mol qilinadi. An’anaga ko‘ra, stolga yetti, o‘n besh yoki ellik xil mevalardan qo‘yiladi. Hozirgi kunda bayram yangi ma’noga ega bo‘ldi, Bayram haftaligi davomida insonlarni tabiatni  asrab - avaylashga undash  maqsadida  ekskursiyalar tashkil qilinadi. Bu bayram tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari  uchun  kata ahamiyat kasb etadi.

 
16-yanvar – "Muz quyuvchilar” kuni.
Bu kuni hamma muz quyuvchilar, ya’ni katta muz sahna ishchilari,  ko‘cha chetlarida bolalarga muz sirpanchiqlari quyuvchi  havaskorlar o‘zlarining  kasb bayramlarini nishonlaydilar. Aynan shu kuni 1901-yilda tug‘ilgan amerikalik muhandis resurfeyser-sirpanchiqlarda muzni qayta tiklaydigan kombaynni (ixtirodan oldin qo‘lda qilinar edi) yaratgan  Frenk Zambonining aynan tavallud kunida nishonlanadi. Barcha muz sahnalarda asosiy nazar sportchilarga qaratiladi. Ammo  sportchilarning namunali chiqishi uchun  ularning mahoratigina emas, balki musobaqa  o‘tish sharoitlari va aynan muz ham katta ahamiyatga egadir. Figuristlarning chiqishi  yaxshi ko‘rinishi uchun muz qatlamining tekisligi va silliqliga ahamiyatli, bunda muz qoplovchilarning mehnati katta. Ammo bu insonlar doim chekkada turadilar va ular tomoshabinlar olqishini  orqadan eshitadilar. Ko‘pinchi muz qoplovchi kasbini avvalgi sportchilar egallashadi, chunki ular bu ishning nozik qirralarini yaxshi bilishadi. Ba’zida mutaxassisligini o‘zgartirgan muhandis va quruvchilar  ishlashadi. Muz qoplovchilarning ish rejasi juda murakkab. Musobaqalar  o‘tkazilishi paytida muz ertalabki soat yettilarda, birinchi mashqlarga tayyor bo‘lishi kerak. Katta musobaqalar paytida muz qoplovchilar navbatma-navbat tongdan tungacha ishlaydilar. "Muz qaynatish” ishi juda murakkab bo‘lib, u yetti kun davom etadi. Oldin  sahna tubidagi beton plitalar  uy haroratidan 0ga, sekin-asta minusga  tushiriladi. Bu ish  bir necha kun davom etadi. Beton tozalanib, yuvilgandan so‘ng shlang yordamida quyish boshlanadi. 1,5-2 santimetr qalinlikka kelganda muz bo‘yaladi. Figuristlarning mashq qilishi uchun muz kulrang bo‘lishi kerak. Shuning uchun oldin oq rangli, keyin kulrang bo‘yoqqa bo‘yaladi. Bo‘yoqdan keyin yana suv quyiladi, so‘ngra yondiriladi, plitaning harorati ko‘tariladi, maxsus kombayn yurgizilib muz qatlamdan ortiqcha tuz va havo pufakchalari chiqishi uchun  bosiladi. Keyin muzning oxirgi qatlami yotqiziladi.  Xokkey va figurali uchish uchun tayyorlanadigan muz qatlami bir xil bo‘ladi. Bugungi kunda sportchilar, ularning murabbiylari va muz ustida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarning ishqibozlari muz qoplovchilarni kasb bayramlari bilan tabriklab, ularni sportdagi g‘alabalariga qo‘shayotgan hissalari  uchun minnatdorchiliklarini bildirishlari kerak.  

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.